Hujayralari ko‘p cho‘zilmagan, ustidan yumoloq ko‘rinadi. Har bir hujayrada ikkitadan xloroplast bor. Matashish davrida aloxida hujayralarga bo‘linib ketadi, bitta-ikkita o‘simta hosil qilib unadi.
Koleoxetofitsa – Coleochaetophyceae sinfi
Sinf Coleochaetae (grek. koleas-po‘st, g‘ilof, chaetae-o‘simta, tuk) turkumi bilan nomlangan, bitta koleoxetalar - Coleachaetales tartibidan iborat. Tallomi plazmodesmali tarmoqlangan, uchi uzunligi hujayranikidan 100 martacha uzun rangsiz tuklar - iplarga ega. Harakatlanadigan hujayralari tangachalar bilan qoplangan. Mitoz ochiq ro‘y beradi,sentriolali.sitokinez fragmoplast hosil qilish bilan amalga oshadi. Jinsiy jarayon oogam tarzda sodir bo‘ladi. Bu tartibga 2 turkum va 20 ga yaqin turlar mansub. CHuchuk suv havzalaridagi yuksak o‘simliklar va suvo‘tlarda epifit holda uchraydi.
Coleochaetae tallomi yassi psevdoparenxima disk ko‘rinishidagi shoxlangan iplardan tuzulgan.
Ayrim turlari disk ko‘rinishni hosil qilmaydi, qisman tallom yopqichiqsimon shaklda ham bo‘ladi. Turkumning hamma vakillarida tallomdan yuqoriga yo‘nalgan tikansimon tuklari bor.
Coleochaetae tallomidagi hujayralarda 1-2 ta katta pirenoidli xloroplast mavjud. Tilakoidlari granalarga jamlangan. Peroksisomalari xuddi yuksak o‘simliklardagi kabi xloroplastlar bilan bog‘langan.
Ko‘payishi vegetativ, jinssiz ikki xivchinli zoosporalar, aplanosporalar hosil qilib va oogamiya tarzida jinsiy amalga oshadi. Spermatozoid va zoosporalari tangachalar bilan qoplangan, xivchinlari subapikal chiqadi. Zoosporalari hujayrada bittadan hosil bo‘ladi, u noksimon ko‘rinishga ega. Zoosporogenez kunning yorug‘lik davrini uzunligi, yoritilganligiga qaramay harorat orqali boshqariladi. Aplanosporalari qalin po‘stli, hujayrada kamdan-kam bittadan hosil bo‘ladi.
Koleoxetofitsa suvo‘tlar
Jinsiy ko‘payishda bir uyli va ikki uyli turlari ham bor. Butilkasimon anteridiy tarmoqlangan ipning oxirida hosil bo‘ladi. Spermatozoidlarning yuzaga kelishi embriofitlardagi rivojlinishni eslatadi. Spermatozoidlari rangsiz, anteridiyda bittadan hosil bo‘ladi. Ooganiy tagi yumoloq kolbasimon ko‘rinishli uzun bo‘yin – trixoginali, sharsiomn, tuxum shaklidagi trixoginasi bo‘lmaydiganlari ham bor.
Oogoniy etilgan sari bo‘yincha shilimshiqlanib unda spermatozoid o‘tadigan teshik hosil bo‘ladi. Urug‘lanishdan hosil bo‘lgan zigota oogoniyda qoladi, qalin po‘st bilan o‘ralib ancha kattalashadi. Hujayraning devorida yuksak o‘simliklarning gul changini po‘stidagi sporopolleninga yaqin modda to‘planadi. Zigotaning atrofidagi hujayralar rivojlanib shoxlangan ipni hosil qiladi, o‘zaro chalkashib oogoniy atrofida psevdoparenximatoz tallomini hosil qiladi. O‘ramali oogoniy qo‘ng‘irlashib spermokarp hosil qiladi. Bu Coleochaetae uchun qishlash davri hisoblanadi. Zigotani unishi reduktsion bo‘linish bilan boshlanadi,natijada 8-32 ikki xivchinli gaploid zoosporalar hosil bo‘ladi, ular spermokarp va zigotaning devori emirilganidan keyin tashqariga chiqadi. Zoosporalar biroz muddat suvda suzganidan keyin substratga o‘tiradi va unib yangi tallomga aylanadi.
Coleochaetae chuchuk suvlardagi turli substratlarda epifit holda uchraydi. Ularning orasida po‘stlog‘i yo‘q hara suvo‘tlarning hujayrasida endofit holdagilari ham bor.
Harafitsa – CHarophyceae sinfi
Sinf CHara (grek. chara-suvda bo‘lish mazza) turkumi bilan nomlangan u bitta CHarales tartibidan iborat.
Haralar – murakkablashgan geterotrixal tallomli tuzulishga ega. Tallomi bo‘g‘imli bo‘lib bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlari bor. Tallom apikal o‘sadi. Mitoz ochiq,sentriolasi yo‘q.sitokinez fragmoplastli, plazmodesmalari yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |