Mesostigma
Mesostigma xivchinlari ko‘p burchakli tangachalar bilan qoplangan. SHunday tangachalar boshqa harofitlarning tanasi yoki xivchinlarida ham bor. Mesos-tigma hujayrasidagi ko‘p bur-chakli tangachalarning ustida oval shaklida kattaroq tanga-chalar va eng yuqorigi qavatida savatsimon tangachalar boshqa harofitlar va prazinofitsa suv-o‘tlarda uchramaydi.
Mesostigma hujayrasida bir nechta pirenoidlari bo‘lgan yassiyaproq shakldagi xloroplasti bor. Pigmentlari Bryopsis turkumli suvo‘tlaridagi kabi. Ko‘zcha xloroplastda joylashgan, u ikki yoki uch qavat globulalardan iborat. Bu harofitlar orasida aniqlangan yagona holat. Katta peroksisoma xlaroplast bilan xivchinlarning bazal tanasini orasida joylashgan.
Ko‘payishi hujayrani teng ikkiga bo‘linishi bilan amalga oshadi.
Xlorokibofitsa – CHlorokybophyceae sinfi
Sinf CHlorokybos (grek. CHloros – yashil, kybos – kub) – turkum nomi bilan atalgan, bitta xlorokibolar – CHlorokybales tartibidan iborat.
Tartib bitta sartsinoid tallomli CHlorokybos turkumidan iborat. Tallom yumaloq yoki ellips shaklidagi qalin qavatli shi-limshiq bilan qoplangan hu-jayralar guruhidan iborat. Hujayrada bittadan peroksi-soma va kosasimon ikkita turlicha ko‘rinishdagi xloro-plast bor.
Jinssiz ko‘pyganda Chlorokybos hujayralarida bittadan ikki xivchinli zoosporalar hosil bo‘ladi. Xivchinlari hujayrada lateral joylashgan (bu harofitlarni yashil suvo‘tlarning boshqa guruhlaridan farqlaydi). Jinsiy ko‘payishi malum emas.
Xlorokibolar chuchuk suvlarda va er sharoitda tarqalgan.
Klebsormidofitsa – Klebsormidiophyceae sinfi
Sinf Klebsormidium (G.A.Klebs – nemis algologi; grek - hormidium – kichkina zanjir) turkum nomi bilan atalgan, bitta klebsormidiyalar – Klebsormidoales tartibdan iborat.
Klebsormidium tallomi shoxlangan, substratga birikmagan tashqi ko‘rinishidan ulotrikslarga o‘xshagan (ilgari ulotrikslarga kiritilgan edi) ipsimon suvo‘t. Ipi bitta yoki bir nechta hujayralarga oson bo‘linib ketadi. Xloroplasti yassi yaproq shaklida, bitta pirenoidli. Hujayrada bitta xloroplastga taqalib turgan katta peroksisoma bor. Mitoz ochiq,sentriolali.sitokinez membranani ichiga botib kirishi bilan sodir bo‘ladi. Ko‘payishi vegetativ, jinssiz (ikki xivchinli zoosporalar, aplanosporalar yordamida), bitta turi uchun geterogamiya tarzda o‘tadigan jinsiy jarayon ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |