Oedogonium Oedogonium chuchuk suvlarda keng tarqalgan suvo‘tlardan biri. Tallomi tarmoqlanmagan, avval sub-stratga birikkan, keyin mus-taqil bo‘ladigan iplardan iborat. Hujayralarisilindr shaklida. Hujayraning ko‘p qismini shira bilan to‘lgan vakuola egallaydi. Sitoplaz-mada maxsus bo‘yoq bilan bo‘yamasa ham aniq ko‘rinadigan yadro, ko‘p pirenoidli elaksimon xloroplast bor.
Ipning bazi bir hujayralari halqachalar hosil qilib bo‘linaboshlaydi, boshqalari bu paytda bo‘linmaydi. Hujayraning bo‘linishi davrida uning ichki devorida halkasimon yo‘g‘onlanish – juva ko‘rinish hosil bo‘ladi. Hujayradagi yadro mitoz usulida bo‘linadi, telofazaning oxirida ko‘ndalang devor fikoplast tipida rivojlanadi. Juva kattalanib hujayra devorida halqasimon teshik hosil qiladi. Bitta hujayrada bunday halqasimon hosila bir necha bo‘lishi mumkin.
Oedogonium ko‘payishi tallomni bo‘laklarga bo‘linib ketishi bilan sodir bo‘ladi. Jinssiz ko‘payish stefanokont (xivchinlari hujayraning oldida tojsimon joylanishi) zoosporalar yordamida amalga oshadi. Zoosporalardagi xivchinlarni soni 120 ga yaqin bo‘lib ular fibroz xalqa bilan o‘zaro birikkan. Zoosporangiyning borlig‘i yashil tusdagi bitta katta zoosporalni hosil bo‘lishiga sarflanadi. Zoosporalar malum muddat davomida suvda suzganidan keyin oldi tomoni bilan substratga o‘tiradi, xivchinlarini tashlab yuboradi, po‘st bilan o‘raladi unib yangi ipni hosil qiladi. Ayrim sharoitlarda jinssiz ko‘payish aplanosporalar yordamida amalga oshadi.
Oedogonium jinsiy ko‘payishi oogam tarzda o‘tadi. Oogoniy katta shar yoki shishgan ellips ko‘rinishiga ega, unda bitta tuxum hujayra hosil bo‘ladi. Anteridiy kalta disksimon hujayralardan iborat, har birida ikkitadan stefanokont xloroplastlari bo‘lmagan spermatozoid hosil bo‘ladi. Spermatozoidni tosh shaklida joylashgan 30 xivchini bor.
Oedogonium turkumida bir uyli va ikki uyli (makrandriy va nannandriy) turlar bor. Bir uyli turlarda anteridiy va oogoniy bitta ipda ikki uylilarda turlilarida shakllanadi. Ikki uyli turlarning ichida pakana gametofit yuzaga keladiganlari-nannandriylar bor. Ular maxsus androsporadan shakllanadi, ko‘rinishidan spnrmatozoidlarga o‘xshaydi, ularning xloroplastlari bo‘ladi. Androsporalar bittadan androsporangiylarda oogoniy joylashgan iplarda yoki aloxida ipda joylashadi. Androsporalar oogoniyga keladi va unib ikki-uch hujayrali gametofitga aylanadi. Uning yuqorigi hujayralari anteridiy xizmatini bajaradi.
Etilgan oogoniyda teshik yoki tirqish hosil bo‘lib undan spermatozoid o‘tadi. Urug‘lanish ro‘y berganidan keyin qalinpo‘stli oospora hosil bo‘ladi, u tinim davrini o‘taganidan keyin to‘rtta gaploid zoosporaga aylanadi. Uni hosil bo‘lishidan oldin oosporani yadrosi meyoz tarzda bo‘linadi. Har bir zoospora substratga o‘tirib yangi Oedogonium ipini hosil qiladi.