Xara
Nitella
Hara ko‘rinishidan qirqbo‘g‘im yoki yuksak suv o‘simligi shoxbargni eslatadi. Uning tallomi yashil rangdaga shoxlangan buta ko‘rinishida, bo‘g‘imli mutovka ko‘rinishli, uzunligi 20-30 sm bo‘lib ayrim hollarda 2 metrgacha etadi. Ular suv havzasining tagida rangsiz rizoid bilan birikadi. Novdalari bo‘g‘imli tuzulishli, o‘zak novdadan o‘sishi cheklangan, mutovka xolida joylashgan “barg” deb ataladigan yon novdalar chiqadi. Mutovkalanadigan joy bo‘g‘im, ikkita bo‘g‘im orasi bo‘g‘imoralig‘i deyiladi. Har bir bo‘g‘im oralig‘i uzunligi bir necha santimetrgacha etadigan gigant bitta hujayradan iborat. U ko‘pyadroli, bo‘linmaydi. Har bir bo‘g‘im diskka jamlangan mayda biryadroli hujayralardan iborat. Poya bo‘g‘imidagi har bir periferik hujayradan bittadan “barg” chiqadi.
“Poya” va “barg”ni o‘sishi – uchki tarzda ro‘y beradi. Apikal hujayra ko‘ndalang devor bilan ajralib segment hujayra ajratadi. Segment hujayra bo‘linib ustki ko‘shbotiq va ostki ko‘shqavariq hosil qiladi. Ko‘shqavariq hujayra boshqa bo‘linmaydi, u o‘sib kattalashadi, nixoyat bo‘g‘imoralig‘i hujayrasiga aylanadi. Ko‘shbotiq hujayra bo‘linganida bo‘g‘im o‘rtasida ikkita qolib atrofini bir nechta hujayralar o‘raydi. Keyinchalik o‘rtadagi hujayra boshqa bo‘linmaydi, atrofidagilari bo‘linib “barg”lar hosil qiladi. “Barg” mutovkalarining asosida “poya”da tuzulishi va ko‘rinishi turlicha bo‘lgan yonbargchalar hosil bo‘ladi.
Bo‘g‘inoraliqlaridagi hujayraning uzunligi 15 sm gacha etishi mumkin, ularda shira bilan to‘lgan katta vakuola bo‘ladi.sito-plazmada ko‘plab yadro va pirenoidlarsiz yuksak o‘simliklarning xlorofill donalariga o‘xshagan xloroplastlari bo‘ladi. Haralarning-sitoplazmasi harakatlanaoladi uning harakati tezligi o‘simliklar orasidagi eng katta 1,5-2 mm\s atrofida bo‘ladi.
Bo‘g‘imoralig‘ini tashkil qilgan hujayralardagi yadro cho‘ziq shaklda u mitoz bo‘linish natijasida hosil bo‘ladi. Hujayraning po‘sti tig‘iz ikki qavatdan: ichkisellyulozali va tashqi kallozadan iborat, unda ohak to‘planadi.
Bo‘g‘imoraliqlari maxsus hujayralar bilan qoplanishi mumkin uni po‘stloq deyiladi yoki yalong‘och qolishi mumkin. Po‘stloqning hujayralar bo‘g‘imorali bo‘ylab biroz qiyshaygan holda joylashadi. Po‘stloqning rivojlanishini turli variantlari bor. Hara bo‘lgan suvda oziq moddalar juda ko‘p bo‘lganda po‘stloq yo‘qolib ketadi.
Haralarda zoosporalar yo‘q, shunga qaramay vegetativ ko‘payishning bir necha usullari bor. Avvalo novdaning asosiy qismi oson ko‘radi. Ikkinchidan vegetativ ko‘payish rizoidlarda hosil bo‘ladigan tuganaklar yordamida amalga oshadi. Uchinchidan poyaning pastki bo‘g‘imlarida hosil bo‘ladigan kraxmalga boy yulduzsimon to‘plamlar orqali ro‘y beradi. To‘rtinchidan vegetativ ko‘payish bo‘g‘inlarda chiqadigan protonemasimon o‘simtalar orqali ham amalga oshadi.
Jinsiy ko‘payishi – oogam. Anteridiy va ooganiy “barg” chiqadigan bo‘g‘imlardagi maxsus hujayralardan hosil bo‘dadi. Anteridiy yumaloq, diametri 0,5 mm gacha boradi. Anteridiy hosil bo‘lishi uchun bo‘g‘indan ajralgan hujayra ikkiga bo‘linadi. Tashqi hujayra uch yo‘nalishda tez bo‘linib sakkizta hujayradan iborat shar ko‘rinishni hosil qiladi.
o‘quv-uslubiy nashr
Do'stlaringiz bilan baham: |