Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet37/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

Tallomi. Kokkoid tipdagi tuzilma bir hujayrali va koloni-yalilarga xos. Ipsimon tarmoqlanmagani ostsillatoriya va nostok-larga mansub. Geterotrixial tuzilma‑ shakli va vazifalari o‘zaro farqlanadiganlar stsitonemalarga xos.
Trixomadagi barcha hujayralar morfologiyasi, fiziologiyasidan o‘xshashlarni gomotsit, ular bir xil bo‘lmasa geterotsit deyilib vegetativ hujayralardan tashqari sporalar va geterotsistalar bo‘ladi. Birinchisi ostsillatoriyalar, ikkinchisi nostoklar va stigonemalar tartiblariga xos. Trixoma soxta va haqiqiy shoxlanadi. Soxta shoxlanish nostoklarda, xaqiqiysi stigonemalarda uchraydi.
Hujayrasi. Ko‘k-yashil suvo‘tlarida hujayralari shakli va o‘lchamlarga ko‘ra turlicha. Ular shar, ellips, bochka,silindr ko‘rinishlarga ega. O‘lchamlarida eni 0,2 dan 50‑80 mkm (ko‘p hollarda 10mkm), Ularning uzunligi 0,2dan 100 mkm gacha, bazan 200 mkm bo‘ladi. Ko‘k-yashil suvo‘tlarning sistematikasida ularning o‘lchamlari turni aniqlashda zarur.
Ko‘k yashil suvo‘tlarning hujayralari hujayra po‘sti va protoplastdan iborat.
Ular prokariotlarga mansubligi tufayli membranani tuzilmalari – yadro, xloroplastlar, endoplazmatik retiku-lim, Golji apparati, lizosomalar, mitoxond-riylar, vakuola yo‘q. Ulardan tashqari memb-ranasiz tuzilmalardan mikronaylar,sentriola, mikrofilamentlar ham bo‘lmaydi.
Hujayra devori. Hujayradagi plazlolemmaning usti unga malum ko‘rinishdagi shakl beradigan, tayanch va ximoyalanish vazifalarini bajaradigan hujayra devori bilan o‘ralgan. Hujayraning devori atrof muxit bilan moddalar almashinuvini oshiradi va uning harakatida ham ishtirok etishi mumkin. Qalinligi 35‑50 nm, vegetativ hujayralarning hamda akineta va geterotsistalarda ancha yo‘g‘onroq bo‘ladi. Ko‘ndalang to‘siqlarida plazmadesmalar o‘tadigan tirqishlar bor. Ular orqali shilliq ajrashini ham taxmin qilinadi. Bu suvo‘tlar hujayra devorining tarkibida murein – peptidoglikan geteropolimeri mavjud.
Ko‘k-yashil suvo‘tlar hujayra devorining boshqa eubakte-riyalarinikiga yaqinligi: 1) lizotsim fermenti ta’sirida parchalanadi; 2) uni hosil bo‘lishiga penitsillin antibiotiki tasir qiladi.
Hujayra devori ustidan o‘rama yoki yopqich bilan o‘ralgan. Ipni atrofida naysimon tuzilma – g‘ilof bo‘lib u bir necha qavatli yoki qavatsiz bo‘ladi. SHilliq o‘rama polisaxaridlar (galaktoza, mannoza, glyugoza, ramnoza) va uran kislotalari‑glyukuron, gallakturondan iborat. Uni tarkibida 2 % ga yaqin oqsil, juda oz miqdorda yog‘ kislotalari, fosfatlar bor. SHilliq g‘ilofda gemitsellyuloza mavjudligidan xlor‑rux‑yod tasirida ko‘k ranga kiradi. SHilliq g‘ilof rangli ham bo‘ladi. Muhit pH nordon sharoitdagilarda qizil, kuchli sho‘rlangan muhitdagilarda ko‘k-yashil tusga kiradi.
Hujayra devorida mineral tuzlar ayniqsa temir, kremniy, fosfatlar, sulfidlar bo‘ladi. Ular mayda kristallar, donalar, nay kabi ko‘rinishlarga ega. Bazan kaltsiy karbonat ko‘p miqdorda to‘planishi mumkin. Natijada storomatolitlar hosil bo‘ladi.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish