Stigonemalar.
1-Stigonema turfaceum(Engl. Bot.) Cooke; 2-Mastigocladus.
|
Mastigokladus –Mastigocladus tallomi geterotsit, murakkab tarzda shoxlangan, u xaqiqiy va soxta qo‘rinishda ham bo‘ladi. Asosiy ipdagi hujayralar malum darajada shar shaklida, shoxlanganlarida cho‘ziksilindrsimon. SHilliq o‘ramsi yupqa. Getorotsistalari interkalyar joylashgan, sporalari aniqlanmagan. Bu turkumning suvo‘tlari ko‘pincha issiq buloqlarda, bizning respublikamizda uning bir necha turi aniqlangan, ular orasida M.laminosus boshqalaridan ko‘p uchiraydi.
EUKARIOTLAR
EVGLENOBIONTLAR OLAMI ‑ eUGLENOBIONTES
Evglenobiotlar olamiga ham avtotrof ham geterotrof, ulardagi mitoxondriy ko‘p hollarda disksimon‑yassi tuzulgan organizmlar mansub. Odatda bir hujayrali monad, ameboidlari ham kam emas, ular orasida koloniya tuzilishiga ega bo‘lganlari ham uchraydi. xivchinlari silliq yoki qoplamali. Hujayrasining qoplami plazmo-lemma yoki pellikuladan iborat. Hujayrada odamda peroksisiomalar bor. YAdrosi bitta, mitoz yopiq tarzda o‘tadi, ko‘payishi uzunasiga teng qismga bo‘linish bilan ro‘y beradi.
Evglena suvo‘tlar bo‘limi ‑ euglenophyta (Euglenophycota, euglenophycinees, euglenozoa). Bo‘limni nomi uning xarakterli turkumiga – euglena (grekcha eu‑yaxshi (aniq), glene‑ ko‘z) bog‘-lab nomlangan. Evglena suvo‘tlar quyidagi eng muhim belgilarga ega.
1. Ko‘pchilik vakillari bir hujayrali monad, ayrimlari kolo-niyaga jamlangan.
2. Xivchinlari halqumdan chiqadi, ular ko‘pincha 1‑2 ta (kamdan kam qo‘proq). Xivchin yuzasida ingichka tuklar bor.
3. Xloroplast uch qavat membrana bilan (dinofitalardagiday) o‘ralgan, lamellalari uch tilakoidli. Xloroplastidagi DNK mayda dona holida. Xloroplastida xlorofil a va b bor (xlorofil s yo‘q). Ko‘pincha pigmentlardan muhimlari v‑karotin, neoksantin va diadinoksantin. Xloroplastlari pirenoidsiz bo‘lishi mumkin.
4. Ko‘zchasitoplazmasida xloroplastdan narida karotinli bir qator globulalardan iborat. Har bir globulaning o‘zini membranasi bor.
5. G‘amlangan polisaxarid - paramilon, donalar holidasitop-lazmada hosil bo‘ladi.
6. Evglenalarning ko‘pchiligida xloroplasti yo‘q. Bunday geterotraflar saprotrof ham, fagotrof ham bo‘lishi mumkin.
7. Mitoxondriylari disksimon kristli.
8. Hujayra po‘sti – pellikula, asosan 80% oqsildan iborat, sellyuloza yo‘q. 9. Mitoz yopik, yadrocha saklanadi.
10. Ko‘payishi hujayrani oddiy uzunasiga bo‘linish bilan ro‘y beradi. CHuchuk suv havzalari va dengizlarda tarqalgan.
Tana shakli. Evglenalarning shakli urchuqdan oval, yassi yaprok ninasimongacha. Tanasining oldi yumaloklashgan, orqa qismi ingichkalashgan. Hujayra spiral buralgan ham bo‘dadi, uzunligi 5 dan 500 mkm gacha undan uzunrok ham bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |