Tuban o‘simliklar



Download 29,26 Mb.
bet47/160
Sana20.02.2022
Hajmi29,26 Mb.
#461178
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   160
Bog'liq
тубан ўсимлик

G‘amlangan mahsulot. Evglenalarning ko‘pchiligida g‘am-langan mahsulot bu paramilon (v‑1‑3‑ bog‘langan glyukan); ayrimlari leykozin va lipidlar g‘amlaydi. Paramilon shar, ellips, halqa, tayoqcha shaklida, ayrim turlarda mayda, ko‘p, boshqalarida katta (paramiliya) hujayrada bittadan bir nechagacha bo‘ladi. Paramilon hujayrada ko‘payib ketsa metoboliya sekinlashadi, harakat pasayadi.
Qisqaruvchi vakuola tanasining oldingi tomonida sferik shaklda va atrofida mayda vakuolalar qurshovida bo‘ladi. Qisqar-gandagisi bo‘shliqqa tushadi.
Mitoxondriylar. Evglenalarning hujayrasida mitoxondriylar o‘zaro to‘r ko‘rinishini ham hosil qiladi. Anaerob sharoitdagi evglenalarda mitoxondriylar bo‘lmaydi.
Hayotiy davrasi. Evglenalar hujayrani teng ikkiga, oldingi tomonidan orqaga bo‘lanishi bilan amalga oshadi. Evglenada tanglik holati sodir bo‘lsa, qalin po‘stlisista hosil qiladi. Uni hosil bo‘lishi xivchinni yo‘qolishi, paramilon donalarini ko‘payishi, shilliq tanalar sonini ortishi kabi holatlar tasirida ham ro‘y beradi.sistalar oziq tarkibidagi azot, fosfor nisbatini kamayishi, oziq moddalarni ozligi tufayli ham hosil bo‘ladi.
Evglenalarning ko‘pchiligida jinsiy ko‘payish malum emas. Jinsiy ko‘payishni yo‘qligi ularni jinsiy ko‘payish ro‘y bergungacha umumiy yo‘nalish evolyutsiyasidan ilgarirok ajralganligi tufayli ro‘y bergan deb hisoblanadi. Boshqa nuqtai‑nazar bo‘yicha evglenalar jinsiy ko‘payadigan ajdodlardan chiqib kelgan, birok keyinchalik uni yo‘qotgan.
evglenalar asosan chuchuk, sekin oqadagan, organik modda-larga boy suv havzalarida tarqalgan. Ularni bizning sharoitimizda hovuz, ko‘lmak, sholipoyalar, ariqlar, oqova suvlarni tozalaydagan inshoatlarning qurilmalarida uchratish mumkin. Tuproqda ularning rangsiz turlari ko‘proq uchraydi. Evglenalar suvning rN 4,5‑8,8 gacha, harorat 0 dan 300 S gacha, maksimal darajada rivojlanishi kuzga to‘g‘ri keladi.
Evglenalar orasida fotoavtotroflar, geterotroflar va miksotroflar mavjud. Jami evglenalardan 3/8 qismi fotosintezni amalga oshiradi, qolganlari – fagotrof va osmatroflar. Fotosintezlovchi evglenalar ham hatto geterotroflik qilaoladi. Geterotroflarning ko‘pchi-ligi ‑ saprotroflar, suvda erigan oziq moddalarni shimadi.
Evglenalar – turli tipdagi suv havzalarning biotsenozidan muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Temir, organik kislotalarning davra bo‘lib aylanishida faol ishtirok etadi. Ular bilan ayrim umurtqasiz hayvonlarning lichinkalari oziqlanadi.
Miksotrof oziqlanadiganlari tabiiy suv havzalari, oqova suvlarni tozalashda ishtirok etadi. Sanitar gidrobiologiyada evglenalarning suvda mavjudligiga qarab bioligik indikator sifatida qaraladi. Evglenalardan bioligik tadqiqotlar olib borishda va boshqa bir qator maqsadlarda foydalaniladi.
Filogeniyasi. Bu jihatdan evglenalar yaxshi o‘rganilgan guruh hisoblanadi. Evglenalarning evolyutsiyasida geterotroflik birlamchi ekanligi xaqidagi fikrlar ko‘p. Fotosintezlovchi evglenalar qo‘sh xivchinli fagotrof geterotroflardan chiqib kelgan deb taxminlanadi. Bu nuqtai‑nazar molekulyar biologiya malumotlari bilan, fototrof evglenalarda yashirinsitosima, xivchin apparatini tuzilishi bilan isbotlangan.
Evglenalarni boshqa guruh orga-nizmlar bilan qiyoslab yaqinlashtirish ijobiy natija bermagan. Evglenalarning evolyutsiyasi boshqa guruh suvo‘tlardan ajralib qolganini ko‘pchilik muta-xassislarda shubha yo‘q.

Download 29,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish