Transport tizimlari



Download 7,65 Mb.
bet4/32
Sana20.06.2022
Hajmi7,65 Mb.
#679847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Behzod B.Orginal

Mashina-traktor parklari.
- Mashina-traktor parkining yoki qishloq xo‘jalik korxonasining ta’mirlash-xizmat qilish bazasining ob’ektlaridan biridir, bu yerda texnika va undan yechilgan tarkibiy qismlarni saqlash tashkil qilinadi, yangi texnikani butkul yig‘ish, hisobdan chiqarilgan texnikani qismlarga ajratish va nuqsonlash, mashina-traktor agregatlarini butlash va sozlash, oddiy qishloq xo‘jalik mashinalarini saqlashga qo‘yishdan oldin ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.[3]
- Mashina-traktor parki ta’mirlash-xizmat qilish bazasining maydonida joylashadi, qishloq xo‘jalik mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘limlaridan, foydalanilayotgan mashinalarning qisqa muddatli saqlash joylaridan devor bilan ajratib qo‘yiladi; yopiladigan darvozasi bo‘lishi kerak.
-Mashina-traktor parki O`z DST 932: 1999 "Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan texnika. Saqlash qoidalari" Davlat standarti, 816-01-31 sonli "Markaziy qo‘rg‘oncha, xo‘jaliklar ta’mirlash-texnik bazalari" nomli namunaviy loyiha yechimlari , mashina-traktor parkidagi va qishloq xo‘jalik korxonasidagi texnikaning soni va ishlash sharoitini hisobga olgan holda tashkil qilinadi.
-Mashina-traktor parkida quyidagi ishlar bajariladi:
mashinalarni saqlashga qabul qilish, mashinalarni saqlashga tayyorlash (tozalash, yuvish, omborda saqlanishi lozim bo‘lgan tarkibiy qismlarni yechish, mashinaning uzel, agregat va ishchi organlarini konservatsiyalash);
mashinalarni va ularning uzel va agregatlarini saqlash joylarga qo‘yish;
saqlashga tayyorlashda mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish;
saqlash davomida mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish;
saqlashdan chiqarilib, foydalanishga topshirilayotganda mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish;
yangi olingan qishloq xo‘jalik mashinalarini qabul qilish, yig‘ish, sinab ko‘rish, dastlabki rostlash va chiniqtirish;
mashinalarni va agregatlarni butlash, rostlash va texnologik sozlash;
murakkab bo‘lmagan qishloq xo‘jalik mashinalari va moslamalarini tuzatish;
traktor, kombayin va boshqa qishloq xo‘jalik mashinalarini tuzatishga topshirish va tuzatilgan mashinalarni saqlashga qabul qilish;
butlangan mashinalarni foydalanishga berish;
hisobdan chiqarilgan traktorlarni, kombayinlarni va boshqa qishloq xo‘jalik mashinalarini qismlarga ajratish va nuqsonlash;
uzel, agregat va detallardan almashish fondini tashkil qilish;
mashinalarni saqlashga qo‘yishda ishlatiladigan har xil tagliklar va nostandart uskunalar yasash.
Mashina- traktor parkining qishloq xo‘jalik texnikasi uch xil usulda saqlashga qo‘yiladi: ochiq, yopiq va aralashgan.
Eng yaxshi usul bu yopiq saqlashdir, bunda mashinalar, agregatlar, uzel va detallar garajlarda, omborxonalarda, maxsus va bu maqsad uchun moslashtirilgan binolarda joylashtiriladi. Bu erda ular iqlim va atmosfera ta’sirlariga kamroq uchraydi. Avvalambor yopiq joylarda atmosfera ta’siridan tez ishdan chiqadigan, ularni tayyorlashga va xizmat ko‘rsatishga katta xarajat talab etiladigan gerbitsid va zaharli dorilar solish mashinalari va moslamalarini, murakkab va qimmat o‘rim-yig‘im kombayinlarini, traktorlarni va boshqa mashinalarni saqlash lozim. Yopiq saqlash usulda detal, uzel va agregatlarni mashinalardan yechmasdan qoldirsa bo‘ladi.[3]
Ochiq saqlash usuli asosan omoch, borona, kultivator, xaskash va shunga o‘xshash mashinalarni qisqa muddatli saqlash uchun tavsiya etiladi. Bu usul mashinalardan hech bir uzel va detallarni yechmasdan ochiq maydonchalardan saqlash bilan ta’riflanadi.
Aralashgan holda saqlash usuli yopiq va ochiq saqlash usullarini mujassamlashtirgan. Murakkab mashinalar (kombayinlar, quvvatli traktorlar, o‘g‘it solish mashinalari) yopiq joylarda saqlanadi, boshqalari qattiqqoplamali maxsus jihozlangan maydonchalarda saqlanadi. Ba’zi bir hollarda murakkab mashinalarni ochiq maydonchalarda, bostirmalar ostida saqlashga ruxsat etiladi (2-ilova), faqat bu holda mashinalardan ochiq atmosferada tez yemiriladigan uzel va agregatlar: akkumulyator batareyasi, ponasimon tasmalar, rezina va gazmoldan tayyorlangan detallar, vtulkarolikni zanjirlar va shunga o‘xshashlar yechiladi va maxsus jihozlangan omborga saqlashga topshiriladi. mashinalar albatta konservatsiya, germetizatsiya qilinishi va tagliklarga o‘rnatilishi shart.
Ushbu nizom agrosanoat kompleksida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt maqomidagi faoliyat ko‘rsatuvchi barcha qishloq xo‘jalik korxonalari fermer va dehqon xo‘jaliklari, shirkatlar va boshqalar) uchun ham, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, taalluqlidir.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt maqomidagi faoliyat ko‘rsatuvchi mashina saroylari amaldagi qonunchilik asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan Nizomiga ega bo‘lishi lozim.
Mashina- traktor parkining faoliyati bo‘yicha javobgarlik mashina - traktor parkining mudiriga yuklatiladi.

Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish