Mashina -traktor parkiga bo‘lgan talablar.
- Mashina- traktor parki tarkibiga:
texnikani saqlash uchun imoratlar (garajlar, omborlar, bostirmalar) va qattiqqoplamali qiyalab tekislangan maydonlar;
mashina va agregatlarni rostlash va butlash maydoni;
yukko‘targich mexanizmi bilan jihozlangan yuklash-tushirish maydoni;
mashinadan yechiladigan almashinuvi ishchi organlari, akkumulyatorlar, vtulka-rolikni zanjirlar, rezina va gazmoldan tayyorlangan detallar saqlash uchun stellajlar qo‘yilgan omborlar;
mashina- traktor parkidan ajratib qo‘yish tavsiya qilinadigan, hisobdan chiqarilgan texnika qismlarga ajratish va nuqsonlash maydoni;
temir-tersak chiqindisi saqlash maydoni;
korroziyaga qarshi qoplamalar (himoyalash moyi, saqlovchi tarkiblar va lakbo‘yoqqoplamalar) qoplovchi asbob-uskuna bilan jihozlangan konservatsiya posti;
yukko‘taruvchi asbob-uskuna (qo‘zg‘aluvchi kranlar, garaj domkrati), mashina saqlashga qo‘yish uchun moslama va tagliklar;
yong‘inga qarshi asbob-uskuna va anjomlar (shchitlar, qum yashiklar, yong‘inga qarshi rezervuarlar);
ishchi va zaxira (yong‘inga qarshi) darvozalari bo‘lgan hudud;
hujjatlarni rasmiylashtiradigan ko‘makchi xona;
mashinalarni sirtqi yuvish va tozalash maydoni (saqlash zonasidan tashqarida) kiradi.[4]
Mashina-traktor parki hukmronlik qiluvchi shamollarni hisobga olgan holda joylashtiriladi. Mashina va jihozlarni saqlash zonalari qum va qor ko‘chki uyumlaridan, yong‘inga qarshi va mehnat xavfsizligi qoidalarini hisobga olgan holda himoyalangan bo‘lishi zarur, shuning uchun yopiq imoratlar, omborlar, bostirmalar joyning perimetri bo‘yicha joylashishi kerak.
Mashinalarni saqlash uchun ochiq maydonlar saroyining suv toshmaydigan joylarida uyushtiriladi, ularning perimetri bo‘yicha oqova suv chiqib ketadigan ariq bo‘lishi kerak.
Qattiq qoplamali maydonlar sathi yomg‘ir, qor va muz suvlari oqib ketishi uchun asosiy oqova ariq tomonga 2.....3 oS lik nishab bo‘lishi zarur. Qattiqqoplamasifatidaasfalt,asfaltobeton,beton,shag‘al foydalaniladi. Qoplama yangi bo‘lmasdan, qo‘zg‘alayotgan va saqlashda turgan mashinalarning og‘irligiga dosh beradigan, texnikani bir yoki ikki qator qilib joylashtirish mumkin.
Ochiq maydonlardagi mashinalar o‘rtasidagi eng qisqa masofa 0,7 m. dan, mashina qatorlari orasidagi masofa 6 m. dan kam bo‘lmasligi kerak. Maydonlar kengligi mashinalarni o‘lchami va o‘rnatish usuliga qarab aniqlanadi. Odatda, uzunchoq er bo‘lagining kengligi bir qatorlik joylashtirishda - 2....3 m, ikki qatorlik joylashtirishda 4....6. m. Qattiqqoplamali maydonlarda tirkama mashinalarning ishchi organlarni joylashtirish maqsadga muvofiqdir.
Saqlash joylarining soni va turi mashina saroyida saqlash zarur bo‘lgan texnikaning mavjudligiga qarab aniqlanadi.
Mashina-traktor parkining maydoni ko‘kalamzorlashtirilgan, elektr quvvati va suv bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.[4]
Do'stlaringiz bilan baham: |