Mavzu. TOVARLARNING RAQOBATBARDOSHLIGINI BAHOLASHGA USLUBIY YONDASHUVLAR
1. Mahsulotning raqobatdoshligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar tarkibi.
2. Mahsulotning «spiral» raqobatbardoshligi
3. Raqobatbardoshlikni baholash usullari. Rozenberg modeli va ideal nuqtali model
Tayanch iboralar: tovarlarning raqobatdoshligi, mahsulotning ikki darajali kontsepsiyasi, mahsulotning uch darajali kontsepsiyasi, raqobatbardoshlik piramidasi, brend, brend raqobatbardoshligi, Rosenberg modeli, іdeal nuqtali model, ѕavdo darajasiga qarab raqobatbardoshlikni baholash, integral ko’rsatkich.
1. Mahsulotning raqobatdoshligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar tarkibi
Tovar raqobatbardoshligi deganda o’rinbosar tovarlarga ko’ra sifat xarakteristikalari, uni sotib olish va iste'mol qilish xarajatlarining yuqori nisbati tushuniladi. Xarajat birligiga umumiy foydali samara qolgan tovarlardan yuqori bo'lgan va ayni paytda har bir mezon qiymati iste’molchi tomonidan qabul qilinishi mumkin bo'lgan tovarlar raqobatbardosh hisoblanadi.
Past sifatli mahsulot tegishli narxda raqobatbardosh bo'lishi mumkin, ammo hech qanday xususiyati bo'lmasa, u umuman jozibadorligini yo’qotadi.
Mahsulotga har bir alohida iste'molchi tomonidan ilgari surilgan talablardan tashqari, barcha tovarlar uchun bajarilishi kerak bo'lgan umumiy talablar mavjud. Bu amaldagi xalqaro va milliy standartlar, qonunlar va hujjatlar, texnik reglamentlar, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar standartlari, patent hujjatlari bilan belgilanadigan normativ parametrlardir. Agar ushbu talablardan kamida bittasi bajarilmasa, mahsulot bozorga chiqarilmasligi mumkin. Tovarlarning raqobatbardoshligini baholashning dastlabki bosqichida quyidagilarni aniqlash kerak:
uning barcha xususiyatlarini, shu jumladan, faqat iste'mol qilish (ekspluatatsiya) jarayonida aniqlanishi mumkin bo'lgan xususiyatlarini;
tovarlarning hayot davri bosqichiga, korxonaning rivojlanish strategiyasi va rejalariga bog'liq bo'lgan raqobatbardoshlikni baholash maqsadlarini;
bozorning maqsadli segmentini; agar ular bir nechta bo'lsa, unda tovarlarning raqobatbardoshligini baholash har bir segment uchun alohida amalga oshirilishi kerak.
Bozorda tovarning raqobatbardoshligi bu nafaqat uning yuqori sifati va texnik darajasi, balki bozor maydonida va zamonda mahsulotning mohirona manevrlash, eng muhimi, bozor va mijozlarning muayyan guruhlari talablarini maksimal darajada hisobga olishdir. Raqobatbardoshlik mahsulotning sifat, iqtisodiy, texnik, estetik, ergonomik xususiyatlar hamda sotishning boshqa shartlari (yetkazib berish muddati, savdo nallari, xizmat ko'rsatish, reklama) bo'yicha bozor sharoitlari bilan ko’p jihatli ta'minlanishini o'z ichiga oladi1
Tovar raqobatbardoshligini raqobatli bozorda tijoriy jihatdan foydali sotish imkoniyati sifatida aniqlashning yo’li bu - tovarni o'xshash raqobatchi-analoglari bilan taqqoslashdir. Boshqacha qilib aytganda, raqobatbardoshlik – muayyan (maqsadli) bozor bilan aniq bog'liq bo'lgan nisbiy tushunchadir. Shuningdek, raqobatbardoshlik parametrlarining tuzilishi baholashning talab qilinadigan aniqligi, tadqiqot maqsadi va boshqa tashqi omillarga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |