Tovarlarning raqobatbardoshligini baholashga uslubiy yondashuvlar



Download 129,97 Kb.
bet1/8
Sana22.07.2022
Hajmi129,97 Kb.
#836838
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-мавзу 6-соат TOVARLARNING RAQOBATBARDOSHLIGINI BAHOLASHGA USLUBIY YONDASHUVLAR


Mavzu. TOVARLARNING RAQOBATBARDOSHLIGINI BAHOLASHGA USLUBIY YONDASHUVLAR

1. Mahsulotning raqobatdoshligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar tarkibi.


2. Mahsulotning «spiral» raqobatbardoshligi
3. Raqobatbardoshlikni baholash usullari. Rozenberg modeli va ideal nuqtali model


Tayanch iboralar: tovarlarning raqobatdoshligi, mahsulotning ikki darajali kontsepsiyasi, mahsulotning uch darajali kontsepsiyasi, raqobatbardoshlik piramidasi, brend, brend raqobatbardoshligi, Rosenberg modeli, іdeal nuqtali model, ѕavdo darajasiga qarab raqobatbardoshlikni baholash, integral ko’rsatkich.
1. Mahsulotning raqobatdoshligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar tarkibi
Tovar raqobatbardoshligi deganda o’rinbosar tovarlarga ko’ra sifat xarakteristikalari, uni sotib olish va iste'mol qilish xarajatlarining yuqori nisbati tushuniladi. Xarajat birligiga umumiy foydali samara qolgan tovarlardan yuqori bo'lgan va ayni paytda har bir mezon qiymati iste’molchi tomonidan qabul qilinishi mumkin bo'lgan tovarlar raqobatbardosh hisoblanadi.
Past sifatli mahsulot tegishli narxda raqobatbardosh bo'lishi mumkin, ammo hech qanday xususiyati bo'lmasa, u umuman jozibadorligini yo’qotadi.
Mahsulotga har bir alohida iste'molchi tomonidan ilgari surilgan talablardan tashqari, barcha tovarlar uchun bajarilishi kerak bo'lgan umumiy talablar mavjud. Bu amaldagi xalqaro va milliy standartlar, qonunlar va hujjatlar, texnik reglamentlar, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar standartlari, patent hujjatlari bilan belgilanadigan normativ parametrlardir. Agar ushbu talablardan kamida bittasi bajarilmasa, mahsulot bozorga chiqarilmasligi mumkin. Tovarlarning raqobatbardoshligini baholashning dastlabki bosqichida quyidagilarni aniqlash kerak:

  1. uning barcha xususiyatlarini, shu jumladan, faqat iste'mol qilish (ekspluatatsiya) jarayonida aniqlanishi mumkin bo'lgan xususiyatlarini;

  2. tovarlarning hayot davri bosqichiga, korxonaning rivojlanish strategiyasi va rejalariga bog'liq bo'lgan raqobatbardoshlikni baholash maqsadlarini;

  3. bozorning maqsadli segmentini; agar ular bir nechta bo'lsa, unda tovarlarning raqobatbardoshligini baholash har bir segment uchun alohida amalga oshirilishi kerak.

Bozorda tovarning raqobatbardoshligi bu nafaqat uning yuqori sifati va texnik darajasi, balki bozor maydonida va zamonda mahsulotning mohirona manevrlash, eng muhimi, bozor va mijozlarning muayyan guruhlari talablarini maksimal darajada hisobga olishdir. Raqobatbardoshlik mahsulotning sifat, iqtisodiy, texnik, estetik, ergonomik xususiyatlar hamda sotishning boshqa shartlari (yetkazib berish muddati, savdo nallari, xizmat ko'rsatish, reklama) bo'yicha bozor sharoitlari bilan ko’p jihatli ta'minlanishini o'z ichiga oladi1
Tovar raqobatbardoshligini raqobatli bozorda tijoriy jihatdan foydali sotish imkoniyati sifatida aniqlashning yo’li bu - tovarni o'xshash raqobatchi-analoglari bilan taqqoslashdir. Boshqacha qilib aytganda, raqobatbardoshlik – muayyan (maqsadli) bozor bilan aniq bog'liq bo'lgan nisbiy tushunchadir. Shuningdek, raqobatbardoshlik parametrlarining tuzilishi baholashning talab qilinadigan aniqligi, tadqiqot maqsadi va boshqa tashqi omillarga bog’liq.

Download 129,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish