Tovarlarning raqobatbardoshligini baholashga uslubiy yondashuvlar



Download 129,97 Kb.
bet3/8
Sana22.07.2022
Hajmi129,97 Kb.
#836838
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-мавзу 6-соат TOVARLARNING RAQOBATBARDOSHLIGINI BAHOLASHGA USLUBIY YONDASHUVLAR

Tovarning ucu darajasi 3
Tovar – bu ehtiyojni yoki hohishni qondira oladigan va bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir. Bular fizik ob’ektlar, xizmatlar, shaxslar, joylar, korxonalar va g‘oyalar bo‘lishi mumkin.
Xizmat – bu sotuvga taklif etiladigan, foydalilik yoki ehtiyojlarni qondirish usullari bo‘lib, u har qanday turdagi foydali faoliyatdir.
Servis xizmati deganda tovarni sotish va uni ishlatish (foydalanish) davrida ko‘rsatiladigan xizmatlar kompleksi tushuniladi.
Ishlab chiqaruvchi tovarni yaratishda, uning uch turli darajasini e’tiborga olgan holda baholashi kerak. Bu tovarning uch darajali klassik modeli deb nomlanib, AQSH marketologi Filipp Kotler tomonidan tavsiya etilgan.
Maqsadli tovar (1-daraja) – bu qandaydir muammoni echish usuli yoki asosiy foyda bo‘lib, shu tufayli iste’molchi tovarni sotib oladi.
Real bajarilgan tovar (2-daraja) – bu maqsadli tovarni sotib olishni foydaliligini belgilovchi sifat darajasi, tavsifnomalar to‘plami, tashqi bezatilishi (dizayni), marka nomi, o‘rash, upakovka qilish va boshqa xususiyatlar yig‘indisidir.
Yordamchi kuch berilgan tovar (3-daraja) – bu iste’molchiga qo‘shimcha xizmatlar va ustunlikni, maqsadli hamda real bajarilgan tovar asosida yaratilishidir. Ammo XX – asrning oxirida marketolog olimlar bu klassik modelga 4 – darajani, ya’ni tovarni prestijligi, modasi, raqobatchilar tovariga nisbatan ustunligi va boshqa xususiyatlarni qo‘shib to‘liq tovar yoki brend deb nomlashni tavsiya etdilar.
Mahsulotlarning raqobatbardoshligini baholash jarayonida quyidagi tamoyillarga rioya qilish kerak:

  1. bozor sub'ektlarining maqsadlari va vositalarining qarama-qarshiligi;

  2. bozorning turli segmentlarining xususiyatlarini hisobga olish;

  3. tadqiqot davomida bozor kon'yunkturasining kvazibarqarorligi;

  4. bozor sub'ektlarining asosan oqilona xulq-atvori.

Mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishda maqsad va vositalarning qarama-qarshiligi tamoyili mahsulot raqobatbardoshligini iqtisodiy kategoriya sifatida ikki tomonlama jihatdan ko'rib chiqilishi kerakligini anglatadi, ya'ni raqobatbardoshlikni baholash va boshqarish jarayonida maqsadlari o’zaro bog'liq va qarama-qarshi bo’lgan bozor munosabatlarining ikkala sub'ektining (iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilar) manfaatlarini hisobga olish kerak: ishlab chiqaruvchi uchun xarajatlar darajasiga ta'sir qiluvchi parametrlar, iste'molchi uchun esa mahsulotning iste'mol xususiyatlariga ta’sir qiluvchi xususiyatlar muhimdir.
Iste'molchi uchun mahsulotni sotib olishdan maqsad uning sifatini – aniq ehtiyojlarni qondirish qobiliyatini olishdir. Ushbu ehtiyojlarni qondiradigan omillarning qiymati iste'mol bahosi sifatida ifodalanishi mumkin. Har bir iste'molchi muayyan mahsulotni tanlab, iste'mol xossalari darajasi va uni sotib olish va undan foydalanish xarajatlari o'rtasidagi maqbul nisbatga erishishga, ya'ni birlik xarajatlariga maksimal iste'mol samarasini olishga intiladi.
Ishlab chiqaruvchining nuqtai nazari bo'yicha, mahsulotning foydaliligi xarajat va narx omillari bilan belgilanadi. Uzoq muddatli istiqbolda har qanday ishlab chiqaruvchi harakatlarining maqsadi mahsulot sotish narxi va uni ishlab chiqarish xarajatlari o'rtasidagi maksimal farqga erishishdir. Shu nuqtai nazardan, ishlab chiqaruvchi uchun asosiy vazifa iste'molchining ongida ushbu mahsulotning yuqori darajadagi foydaliligi haqida fikrni shakllantirishdir.
Bozorning turli segmentlarining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish tamoyili bozor munosabatlarining boy amaliyotiga asoslanadi, bu bozorda iste'molchilar yagona, monolitik jamoa bo'lib chiqmasligini ko'rsatdi. Ular bir xil xususiyatlarga ega bo'lgan bir xil mahsulotga ham turlicha munosabatda bo'lishadi. Xaridni amalga oshirishda iste'molchi bozorda taklif etilgan bir qator o'xshash mahsulotlar orasidan kerakli mahsulotni tanlash jarayonini amalga oshiradi va o’zining ehtiyojlarini yuqori darajada qondiradigan mahsulotni sotib oladi. Shu bilan birga, iste'molchi mahsulot parametrlarining o'z ehtiyojlari va moliyaviy imkoniyatlariga muvofiqligi darajasini aniqlaydi.
Har bir alohida xaridorning ehtiyojlari keng miqyosli omillar majmuasi ta'siri ostida shakllanishi sababli, bir xil mahsulotni turli iste'molchilar tomonidan baholash mos kelmasligi mumkin. Shunga ko'ra, iste’molchi tanlovining qonuniyatlarini belgilaydigan ularning afzal ko’rishlari ham turlicha bo’ladi. Har bir iste'molchi tomonidan muayyan turdagi mahsulotning raqobatbardoshligi darajasi alohida individual baholanadi. Shuning uchun muayyan bozor bilan bog'liq bo'lmagan mahsulotning mutlaq raqobatbardoshligi g'oyasi noto'g'ri.
Iste'molchilarning ma'lum bir mahsulotni ehtiyojni qondirish darajasiga yaqin guruhdan sotib olish motiviga ta'sir qiluvchi muayyan omillar guruhlariga bo'lgan reaktsiyasining xususiyatlarini ko'rib chiqish mijozlarning afzalliklarini o’zgartiris kontseptsiyasini, tovar raqobatbardoshligi omillarini idrok etishni shakllantirish imkonini beradi. Bu "Raqobatbardoshlik darajalari piramidasi" deyiladi (4.5-rasm).


Download 129,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish