Raqobat va tovarning raqobatbardoshligi haqida tushuncha Raqobat - bu erkin tadbirkorlikning ajralmas bir bulagidir.
Xozirgi bozor iktisodietiga utish sharoitida mamlakatimizni iktisodiy saloxiyatini mustaxkamlash va rivojlanishda, dune bozorida ildam katnashishda tovarlar sifatini kutarib, ularni raqobatbardosh tovarlarga aylantirish eng dolzarb muammolardan biridir.
Bozor iktisodieti sharoitida raqobat aloxida faollikkka ega buladi.
Xar bir xaridor uziga yekkan tovarni sotib oladi, istehmolchilar esa rakiblar tovariga nisbatan kuprok ijtimoiy extiejlariga mos keluvchilarini tanlashadi. SHuning uchun raqobatbardoshlik (tanlangan bozorda tovarni sotish imkoniyati)ni fakat rakiblar tovarni solishtirish orkali aniklash mumkin. Raqobatbardoshlik nisbiy tushuncha, anik bozorga va unga kirish vaktiga boglikdir. Tovar raqobatbardoshligini urganish murakkab va uz ichiga kuyidagi boskichlarni oladi:
-tovarni sotish bozorni urganish;
-rakiblar xakida mahlumotlar yigish;
-istehmolchilar talablarini urganish;
-raqobatbardoshligini oshirish buyicha tadbirlar ishlab chikish;
-ishlab chikarish va bozorga sinov sotishlari bilan chikish xakidagi karor.
Bu masalalarni xal kilish korxonada tovar raqobatbardoshligi darajasini baxolashning uzluksiz tizimini yaratishni talab kiladi.
Xar kanday tovar bozorga chikishi bilanok uz raqobat kobiliyatini yukota boshlaydi, bu jaraenni sekinlatish mumkin, bu iktisodiy foyda va oldingi buyum raqobat kobiliyatini tula yukotish paytigacha bozorga yangi tovar bilan chikish imkoniyatini beradi.
Raqobat suzi lotinchadan olingan bulib, maksadga erishish uchun kurashni bildiradi. Bozorda rakiblarning maksadi xaridorni tovarni xarid kilishga jalb kilishdan iborat.
Tovar raqobatbardoshligini asosiy sharti kuyidagi kurinishga ega bulgan xuddi shunday tovarga nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan iborat:
K= R/S max
bu yerda: R-tovarning foydali samarasi;
S-tovarni xarid kilish va foydalanishga oid xarajatlar;
(sotib olish xarajatlari);
Tovarning raqobatbardoshliligini baxolash kuyidagi boskichlarni uz ichiga oladi:
-bozorni taxlil kilib, uzimizning tovarimizga uxshash namunasini topib olish;
-bizning tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy kursatkichlarni belgilash;
-uzimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniklash.
Raqobatning asosiy kuroli bulib, talabni shakllantirish va sotishni ragbatlantirish vositalari xizmat kiladi. Asosiy axborotni xaridorlar tovar ishlab chikaruvchilardan olishadi. Xaridorlarni asosan tovarning istehmol kiymati kiziktiradi. Raqobat asosan kuyidagi kurinishlarda bulishi mumkin: tovarlarning xizmatlari buyicha, bir xil extiejni kondirishga karatilgan raqobat, bir xil tovarni xar xil firmalar ishlab chikarish orkali buladigan raqobat; yeki bir xil firma tomonidan xar xil modifikatsiyada tovar ishlab chikarish. Narxlar orkali raqobatlashish eng keng tarkalgan.
Xozirgi davrda raqobat uziga xos kiyofa kasb etmokda. Narxlar soxasida raqobat ishlab chikarishni xarajatlar eng kam buladigan mamlakatlarda yulga kuyishni talab kiladi.
Narx bilan raqobat utmishda erkin bozor raqobati bulgan, bozorda bir xil tovarlar xar xil narxlar bilan sotilgan davrlarda paydo bulgandi. Ishlab chikaruvchi narxni pasaytirish bilan uz tovarini ajratib kursatishga, unga ehtiborni karatishga va pirovard natijada uzi istagan bozor xissasini egallashga erishgan. Xozirgi zamon bozor sharoitlarida narx bilan ochik raqobat amal kilmaydi, chunki ishlab chikaruvchilardan biri narxni pasaytirishi bilan uning rakibi xam shu ishni kiladi, bu esa firmaning bozordagi mavkeini uzgartirmaydi, balki, umuman tarmokdagi foydaning pasayishiga, asosiy fondlarni yangilash va kengaytirish uchun investitsiyalarning kamayishiga olib keladi. Natijada kutilgan zafar va rakiblarni surib chikarish urniga kutilmagan xonavayronlik va sinish yuz beradi. SHu sababli sanoat monopoliyalari narxlarni iloji boricha uzokrok ushlab turishga, tannarxni xamda marketing xarajatlarini tobora pasaytirib, foydani kupaytirishga intiladi. Fan-texnika tarakkiyoti yutuklari tufayli raqobatning narx bilan boglik bulmagan usullaridan foydalanishning kulay sharoitlari yuzaga keldi.
Narxsiz raqobatda tovarning narxi emas, balki uning yukori sifat, past istehmol narxi, zamonaviy dizayn, servis xizmati, ishlab chikargan firma shuxrati raqobat kurashining asosiy omiliga aylanadi.
Narxni pasaytirib bozorni egallash strategiyasini urganishda kuyidagi savollarga javob topiladi:
-boshka tovarlarni raqobatbardoshligini belgilovchi omillar kaysilar?
-raqobatchi-firmalarning reklama vositalari va sotishni ragbatlantirish usullari kanday?
-kaysi savdo belgilari ishlatilmokda?
-raqobatchilar tovarlarining uramasi-bezaklari, dizaynida nimalar kuzga tashlanmokda?
-tovarni kafolatli va undan keyingi ishlatish davrlarida kanday servis taklif kilinmokda?
-milliy savdo tarmoklari orkali tovar sotilmokdami yeki firma uz shaxobchasini ochganmi?
-raqobatchilar kullaetgan tovar xarakati (transport, zaxiralar xajmi, omborlari va ularning joylanishi. Natijada raqobatchi shundjay xarakat kilishyapti? Boshkacha yuli yukmi? Degan savollarga javob topiladi. P.S.Zavg’yalov fikricha «Raqobatbardoshlik deganda, tovarning bozorda xaridorgirligini tahminlaydigan istehmol va kiymat tavsiflari majmuini, yahni uxshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bulgan sharoitlarda xuddi shu tovarni pulga ayirboshlanish kobiliyatini tushunmok lozim».
Xaridorning xarajatlari ikki kismdan tashkil topadi, uning bir kismini xarid xarajatlari (tovar narxi), ikkinchi kismini uni istehmol etish bilan boglik xarajatlar tashkil etadi. Raqobatbardoshlik keng tushuncha bulib, unga kuplab omillar tahsir etadi.
Firmaning raqobatbardoshligi darajasini baxolashda tarmok bozorida raqobat kurashi jadalligini belgilaydigan omillar taxlil uchun asos sifatida xizmat kiladi. Bu omillarga kuyidagilar kiradi:
1. Raqobatchi firmalar soni, va ularni kiesiy kuvvati;
2. Rakiblar xarakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi;
3. Bozordagi talab xajmini urganish;
4. Maxsulotni tabakalashuvi darajasi;
5. Istehmolchining bir ishlab chikaruvchidan boshkasiga kuchish xarakatlari;
6. Bozordan chikib ketish tusiklari va ularning darajasi.
7. Bozorga kirib kelish va uning darajasi.
8. Yendosh tarmok bozorlaridagi vaziyat.
9. Rakiblar strategiyasidagi farklar.
10. Ushbu bozorda raqobat uchun aloxida sabablarning bulishi, raqobat darajasi bozorning aloxida bir jalb etuvchanlik yeki aksincha bezdiruvchanlik xususiyatlari bilan xam belgilanadi.
J.J.Lamben raqobatli afzalliklarni ikkita keng kategoriyalarga guruxlaydi – tashki va ichki raqobatli afzalliklar, yahni firma va tovarni raqobatdoshligini tavsiflovchi raqobatli afzalliklardir. Tashki raqobatli afzallik tovarni «bozor kuchini ifodalaydi, yahni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yukorirok sotish narxlarini kabul kilishga majbur kila oladi va mavjud tovarlardan norozi bulgan xaridorlarning istaklarini aniklash va kondirishdagi afzalliklarga tayanadi. Ichki raqobatli afzallik firmaning ishlab chikarish xarajatlari, raqobatchidan kura kamrok tannarxga erishishga imkon beruvchi va ishlab chikaruvchi uchun kiymat xosil kiluvchi tovarga asoslangan xamda sotish narxlarining bozor yoki raqobat tomoindan pasaytirilishiga kuprok darajada bardoshli kiluvchi yukorirok unumdorlik okibatidir»».
Tovarni jalb etuvchanligi va raqobatbardoshligini ifodalovchi omillar klassifikatsiyasi sxemasini zanjir kurinishida kursatish mumkin: narx – sifat – servis – marketing muxiti.
Raqobatbardoshlik sifat va kiymat omillari bilan boglikdir. Ular sifat, iktisodiyot va marketing kursatkichlari yordami bilan tulik tavsiflanishi mumkin.