O`qitishning tashkiliy qismi:
– o`quv –moddiy baza;
– poligrafik va texnikaviy baza;
– pedagog va talaba (o`qituvchi).
O`qitishning mazmunli qismi:
– makro va mikro maqsadlar;
– o`quv materiali mazmuni.
Jarayonli qismi – texnologik jarayon:
– o`quv jarayoni;
– talabaning biluv faoliyati metodlari va shakllari;
– materialni o`zlashtirish jarayonini boshqarish bo`yicha o`qi-tuvchi faoliyati.
O`qitishning tashxis qismi - o`lchash va baholash:
– bilim va ko`nikmalarni o`lchash etaloni;
– o`lchash instrumenti(shkala);
– baholash.
Korrektsiya qismi – tuzatish:
– teskari aloqa;
– yakuniy natijani ta`minlash;
– qo`shimcha didaktik jarayonni tashkil etish.
Bir qarashda bu qismlar har qanday o`quv jarayoni uchun umu-miylik kasb etadigandek tuyuladi, biroq pedagogik texnologiyalar quyidagi metodologik talablarga – texnologiyalanuvchanlik mezon-lariga javob beradi.
1. Kontseptuallik – loyihalanayotgan pedagogik texnologiyalar muayyan ilmiy kontseptsiya – falsafiy, psixologik, didaktik va bosh-qaga tegishli bo`lgan hamda ta`lim maqsadiga erishish ijtimoiy-pedagogik jihatdan asoslanishi lozim.
2. Tizimlilik – pedagogik texnologiyalar pedagogik tizimning barcha jihatlarini – mantiqiy jarayonni, unsurlarining o`zaro aloqasini, yaxlitligini o`zida aksi ettirishi lozim.
3. Boshqaruvchanlik – o`qitish jarayoni maqsadini tashxislash, rejalashtirish, loyihalash imkoniyatlarini, natijalarini kor-rektsiyalash uchun bosqichma-bosqich tashxislash, vosita va usullar o`rnini muntazam alamashtirishni taqozo etadi.
4. Samaradorlik – zamonaviy pedagogik texnologiyalar raqobat sharoitida mavjud bo`ladi va natijalar bo`yicha samarali, sarf (kuch, mehnat, vaqt – mualliflar) bo`yicha eng maqbul bo`lishi, o`qi-tishning ma`lum andozasiga erishishni kafolatlashi lozim.
5. Takroriylik - loyihalangan pedagogik texnologiyalarning qo`llanish doirasini boshqa ta`limiy muassasalarga, boshqa sub`-ektlarga ko`chirish va kengaytirishni taqozo etadi.
Bu mezonlarga tayangan holda pedagogik texnologiyalarga quyi-dagicha ta`rif beramiz: “Pedagogik texnologiya o`qituvchining o`qitish vositalari yordamida o`quvchi-talabalarga muayyan sharoitda va ma`lum ketma-ketlikda ta`sir etishi va aks ta`sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini tezkor shakl-lantirishni kafolatlaydigan jarayondir”.
Biz bu erda “muayyan sharoit” deganda talabalarga qo`yilgan tashqi shart-sharoitlar yig`indisi – o`qitish shakllarini, ma`lum “ketma-ketlik” deganda esa o`qituvchi tomonidan qo`llanilayotgan faol o`qitish metodlarini nazarda tutamiz. Aslida bu ta`rif aso-sida ishlab chiqarishga xos bo`lgan texnologik jarayon yotadi. Uning maqsadi – berilgan (loyihalangan) namunada mahsulot olishdir. Pedagogik texnologiyalar ham oldindan belgilangan o`quv maqsadlariga erishish uchun o`qitish jarayonining barcha bog`liq unsurlari-ni tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, uning bosqichlarini ko`-rish, joriy etish sharoitlarini aniqlash, imkoniyatlarini chamalashga qaratilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda pedagogik texnologiya-larning ikki jihatini alohida qayd etish lozim:
– u oldindan loyihalanadi;
– yakuniy natijani kafolatlaydi
Bu printsiplarni izohlashga harakat qilamiz: ma`lumki, ish-lab chiqarishda har qanday mahsulot muayyan texnologik xarita yor-damida tayyorlanadi. Texnologik xarita – bu foydalanilayotgan vo-sitalar ko`rsatilgan holda harakatlar ketma-ketligining qadami, bosqichlari ifodalangan jarayon yozilmasidir. Bu jarayon ko`p hol-larda grafik shaklda beriladi, texnologik xaritada texnologik chizmalar – texnologik jarayonning shartini ifodalaydigan man-tiqiy bog`lanishlar mavjud bo`ladi.
Demak, har bir fan mavzusi uchun texnologik xarita tayyorlani-shi, unda o`qituvchi, talaba va o`quv materiallari, vositalarining o`zaro harakatlari qadam-baqadam aks etishi lozim. Bunda sub`ektning xatti-harakati ma`lum o`quv vaqti bilan ilgarilanadi. Boshqacha aytganda, o`qituvchi pedagogik jarayonga kirishishi uchun o`zida didaktik masalalarni aniq tasavvurlashi va berilgan vaqt doira-sida talabaning o`quv – bilish faoliyatini tashkil etishi va bosh-qarishini texnologik xarita – loyiha asosida amalga oshiradi.
Pedagogik texnologiyalar o`zining ta`lim amaliyotida qo`llani-lishiga ko`ra uch ierarxik darajaga ega:
1. Umumpedagogik texnologiyalar - pedagogik tizim loyihasi sifatida mavjud bo`ladi va ko`proq muayyan mintaqa, ta`lim muassa-sasi, ma`lum o`qitish bosqichidagi yaxlit ta`lim jarayonini tas-niflaydi. Bu jarayon “o`qituvchi – moddiy muhit – talaba” funktsio-nal tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi.
2. Xususiy predmetli pedagogik texnologiyalar “xususiy meto-dika” ma`nosida qo`llaniladi, ya`ni ta`lim va tarbiyaning aniq maz-munini joriy etish metodlari va vositalari yig`indisi sifatida bir predmet, sinf (aditoriya), o`qituvchi doirasida qo`llaniladi. Ular ko`p hollarda “o`qitish texnologiyalari” deb yuritiladi va ma`lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi muayyan o`quv materialini o`zlashtirish yo`lini aniq texnologiya bilan ko`rsatib beradi.
3. Lokal (modulli) texnologiyalar o`zida o`quv jarayonining alo-hida qismlari, o`quv elementlariga doir masalalarni aks ettiradi. Masalan, biror mavzuni o`rganish uchun o`nta o`quv elementining ro`y-xati tashxislanuvchan maqsad sifatida keltiriladi. O`qituvchi shu-lardan ayrimlarini pedagogik texnologiyaga murojaat qilgan holda talabalarning o`zlashtirishiga sharoit tug`diradi, qolgan o`quv unsur-lari odatdagi metodika bilan ish ko`rganligini payqash qiyin emas.
Bugun oliy ta`lim tizimida o`quv-tarbiya jarayonining ko`plab variantlari mavjud: muammoli ta`lim, algoritmli ta`lim, taba-qalashtirilgan ta`lim, komp`yuterli ta`lim, masofaviy ta`lim va hokazo. Biroq, bu texnologiyalar o`z maqsadi, mazmuni, bosqichlari, qo`llanilayotgan metod va shakllari bilan umumiy yaqinlik, o`xshash-lik kasb etadi. Shu boisdan keyingi vaqtlarda pedagogik texnolo-giyalarni tasniflashga oid urinishlarni kuzatish mumkin (G.K.Selevko, M.A.Klarin va boshqalar). Olimlar tasniflash asosida tur-licha ilmiy nazariyalarni qabul qilishyapti. Shulardan biri mav-jud ta`lim tizimini modernizatsiyalash yo`nalishlari bo`yicha tasniflash hisoblanadi (G.K.Selevko):.
1. Pedagogik munosabatlarni xalqchillashtirish va demokrat-lashtirish asosida (e.N.Il`ina, Sh.A.Amonashvili): pedagogik ham-korlik, haqchil-shaxsiy texnologiya va boshqalar.
2. O`quvchi (talaba)lar faoliyatini jadallashtirish va demok-ratlashtirish asosida o`yin texnologiyasi, muammoli ta`lim, V.F. Shatalov texnologiyasi va boshqalar.
3. O`quv jarayonini samarali tashkil etish va boshqarish asosida (S.N.Lesenkov, V.P.Bespal`ko, V.D.Shadrikov, V.K.D`yachenko): das-turli ta`lim, tabaqali ta`lim, komp`yuterli ta`lim va boshqalar. Bu texnologiyalar birmuncha ommabop hisoblanib, bugun ama-liyotga kirib ulgurganligi bilan ko`pchilikka tanish bo`lishi mum-kin. Yuqorida ta`kidlanganidek, ular zamirida an`anaviy o`qitish tizimi yotadi va uning imkoniyatlaridan foydalanish har bir peda-gog uchun mas`uliyatli vazifadir.
Ma`lumki, har qanday ta`limiy texnologiyalar asosini belgilangan vaqt doirasida amalga oshiriladigan didaktik jarayon tashkil etadi. Jarayon bu pedagogik hodisa va pedagogik faoliyat akti sifatida ta`lim tizimi holatini almashishidir. Uni pedagogika fanida qabul qilingan quyidagi ramziy tenglama yordamida ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |