Uchinchidan, bu erda gap ta`lim oluvchilarda ma`lum shaxsiy sifatlarni shakllantirish haqida emas, balki ularning o`z-o`zini rivojlantirishi va kamol toptirish uchun eng maqbul shartsharo-itlarni yaratib berish haqida ketmoqda.
Har qalay, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, “pedagogik texnologiya”lar tushunchasi ijtimoiy ongdan o`rin ola boshladi. U endilikda ilmiy va amaliy fikrlashga o`ziga xos yo`nalishlar ber-moqda. Uning regulyativ (muvofiqlashtiruvchi) ta`siri shundan ibo-ratki, pedagogika sohasidagi tadqiqotchi va amaliyotchilarni insoniy faoliyatlar sohasiga, shu jumladan, ta`lim muammosiga juda qi-ziqtirib qo`ydi, to`g`rirog`i, erkin ijodiy yondashuvni talab etmoq-da. Ta`lim jarayoniga pedagogik texnologiyalar qo`llanilganda:
– pedagogik jarayonning natijaviyligi ta`minlanadi va asos-lanadi;
– talab etilgan natijaga erishishni kafolatlash uchun fan va amaliyotning eng so`nggi yutuqlari qo`llaniladi;
– pedagogik faoliyat ekstensiv (bekorga ko`p kuch, vaqt va resurs sarflash) tarzida emas, balki ilmiy asosda tashkil etiladi;
– faoliyatni “to`g`rilash” bo`yicha tadbirlarni kamaytirish maq-sadida loyihalash va oldindan rejalashtirish ishlariga alohida e`tibor beriladi;
– ta`lim jarayonini rivojlantirish maqsadida zamonaviy ax-borot vositalaridan foydalaniladi.
Aytish mumkinki, bugungi kunda texnologiyalanuvchanlik inson faoliyatining tarkibiy qismiga aylandi. Ta`lim jarayoni-ning samarasi va uning ilmiy maqbulligi o`zining yangi sifat da-rajasiga ko`tarilmoqda.
Shunday qilib, pedagogik texnologiyalar – bu ilmiy asoslangan didaktik jarayon amalga oshiriladigan, samaradorligi va ishonchli-ligi yuqori bo`lgan hamda ta`lim natijasiga erishishni kafolat-laydigan pedagogik faoliyat. Pedagogik texnologiyani o`qitish, tarbiya, rivojlantirish texnologiyalari sifatida ham tavsiflash mumkin.
O`qitish texnologiyasi (jarayon sifatida) pedagogik tadbirlar, amallar va usullar yig`indisi bo`lib, yaxlit didaktik tizimni tash-kil etadi. Uni pedagogik amaliyotda joriy etilishi kafolatlangan ta`limiy natijaga erishishga olib keladi va unda ta`lim oluv-chilar shaxsi rivojlanishini ta`minlaydi.
O`qitish texnologiyasi (natija sifatida) didaktik jarayon-ning ilmiy loyihasi (modeli) bo`lib, pedagogik amallarni muvaf-faqiyatli amalga oshirishni ta`minlaydi.
Tarbiya texnologiyasi – bu ma`lum maqsadga yo`naltirilgan tar-biyaviy jarayon hisoblanib, ta`lim oluvchilarda ijtimoiy tajri-ba unsurlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Rivojlantirish texnologiyasi o`qitish texnologiyasi bilan uz-viy bog`liq. Psixik rivojlanish – bu insonda aqliy ko`nikmalar-ning shakllanish jarayoni. Qaerda ko`nikmalar shakllanishi jarayoni bo`lsa, o`sha erda har doim psixik rivojlanish kuzatiladi. O`qi-tishda yakuniy natija bilim, ma`lum maqsad asosida shakllanti-rilgan ko`nikma va malakalar bo`lsa, o`zlashtirilishi lozim bo`lgan o`quv materiali esa predmet mazmuni hisoblanadi. Ruhiy rivoj-lanishga ta`sir etuvchi omillar turlicha bo`ladi. Natija (psixik material) psixik ko`nikma (amal)larning shakllanganlik daraja-si hisoblanadi.
Biz quyida G.K.Selevko fikriga asoslanib, pedagogik texno-logiyalar tasnifini keltirib o`tamiz.
Qo`llanish darajasi bo`yicha: umumpedagogik, xususiy metodik (predmetlar), lokal (modul) texnologiyalar.
Falsafiy asosi bo`yicha: materialistik va idealistik, ilmiy va diniy, gumanistik va antigumanistik, antrosofik va teosofik, programmatik va ekzistentsialstik texnologiyalar, erkin va majbu-riy tarbiya va boshqalar.
Mazmuni va tuzilish xususiyati bo`yicha: ta`limiy va tarbiyaviy, dunyoviy va diniy, umumta`lim va kasbga yo`naltiruvchi, gummanitar va texnokratik texnologiyalar, monotexnologiyalar, politexnologiyalar.
Pedagogik texnologiyalarning asosiy jihatlari quyidagilar-dan iborat:
Ilmiy jihati. Pedagogik texnologiyalar pedagogika fanining asosiy sohasi bo`lib, o`qitish maqsadi, mazmuni va metodlarini o`rganadi. Pedagogik texnologiyalar yordamida o`qitish metodlari ilmiy asoslanada va pedagogik jarayonlar loyihalanadi.
Jarayonli – ifodali jihati. Aniq ta`limiy natijaga eri-shishni kafolatlaydigan pedagogik jarayonni, uning maqsadi, maz-muni, metodi va vositalari majmuini ifodalaydi.
Jarayonli – mazmunli jihati. Texnologik (pedagogik) jarayon amalga oshiriladi, barcha shaxsiy, instrumental va metodologik pedagogik vositalar ishga tushiriladi.
Pedagogik texnologiyalarning darajalari:
Lokal (mahalliy) pedagogik texnologiyalar. Didaktik va tarbiya-viy vazifalarning alohida qismlari (faoliyatning alohida tur-lari), tushunchalarni shakllantirish, shaxsda alohida sifatlarni rivojlantirish, dars texnologiyasi, yangi bilimlarni o`zlashtirish, takrorlash va bilimlarni nazorat qilish texnologiyasi va boshqalar.
Xususiy metodik pedagogik texnologiyalar xususiy metodika ma`-nosini anlatadi, ya`ni bunda o`qitish va tarbiyalashning ma`lum mazmunini jorish etish maqsadida usul va vositalar majmui bi-ror o`quv predmetni o`qitish, muayyan sinf o`quvchilari, o`qituvchi, tarbiyachi uchun ishlab chiqiladi va amalda qo`llaniladi.
Umumpedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya-lar muayyan mintaqada, o`quv muassasasida ta`limning ma`lum bos-qichidagi yaxlit ta`limiy jarayonni tavsiflaydi. Bu erda pedago-gik texnologiya pedagogik tizim sifatida qaraladi. Unda o`qitish maqsadlari, mazmuni, vositalari va metodlari, jarayon sub`ekti va ob`ektlarining faoliyati algoritmlari yig`indisi mavjud bo`ladi.
Pedagogik texnologiyalarning mohiyati va mazmunini aniqlashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar, monografiya va qo`llanmalar (V.P.Bespal`ko, V.V.Guzeev, M.V.Klarin, V.M.Monaxov, V.Yu. Pityu-kov, G.K.Selevko va boshqalar), maqolalar (T.S.Nazarova, I.Ya. D`yachen-ko va boshqalar) tahlili shundan dalolat beradiki, pedagogik texnolo-giyalar tuzilmasida quyidagi komponentlar alohida ajralib turadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |