O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta mahsus ta'lim vazirligi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Ikkinchi oily ta’lim bot 19/1 yo'nalishi mustaqil ishi mavzu: Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish usullari



Download 70,99 Kb.
bet1/10
Sana09.07.2022
Hajmi70,99 Kb.
#767277
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish usullari


O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta mahsus ta'lim vazirligi
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Ikkinchi oily ta’lim
BOT 19/1 yo'nalishi


MUSTAQIL ISHI
MAVZU: Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish usullari
BAJARDI: Musayeva Dilsora Eshmuratovna
CHIRCHIQ-2021


Mavzu: Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish usullari
REJA:
Kirish

  1. O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari va rivojlanishi.

  2. Sinf rahbarning o’quv-tarbiviy ishlarni tashkil etish metodikasi

  3. O’quv faoliyati samarodorligni oshirish bo„yicha trening mashg„ulotlari Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati


Kirish


Hozirgi kundagi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot nafaqat ishlab chiqarish-ning ko„p sonli tarmoqlariga, balki madaniy, ijtimoiy-gumanitar bilim-lar, ta‟lim sohasiga ham zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Ma‟lumki, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da “...o„quv-tar-biyaviy jarayonni ilg„or pedagogik texnologiyalar bilan ta‟minlash1 ta‟-kidlanib,uzluksiz ta‟lim sifatini oshirish va takomillashtirishning ikkin-chi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifati-da belgilangan edi.
Shu ma‟noda mustaqil O„zbekiston Respublikasi taraqqiyotida xalq-ning boy ma‟naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga hamda ho-zirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilm- fani, texnikasi va texnologiya-sining so„nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta‟lim-tarbiya tizimi-ni, shuningdek, milliy pedagogika va zamonaviy pedagogik texnologiya-larning nazariy va metodik asoslarini yaratish hamda amaliyotga tatbiq etish zaruriyati milliy ta‟lim tizimini isloh qilish, uning salohiyatini ja-hon miqyosiga olib chiqish, ta‟lim bozorini yaratish va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash vazifasidan kelib chiqadi.
Binobarin, pedagogik texnologiyalar raqobatbardosh kadrlar tayyor-lovchi oliy va o„rta maxsus o„quv yurtlari hamda pedagog-o„qituvchiga qo„yiladigan zamon talablari, pedagog o„qituvchining kasbiy mahorati, o„quvchilarning ongi, bilimi, dunyoqarashini o„stirish, faolliklarini oshirish orqali ta‟lim samaradorligiga erishish bilan bog„liq masalalar majmuyini ifodalaydi. Bir-biriga bog„liq bo„lgan talablarning bu majmuyi pedagog-o„qi-tuvchining umumlashtirilgan modelini va unga asosan, quyidagi asosiy ta-lablarni ifodalaydi:

  • ta‟lim berish mahorati;

  • tarbiyalay olish mahorati;

  • ta‟lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat qila olish mahorati.

Demak, pedagog-o„qituvchi o„z oldiga qo„yilgan mas‟uliyatli va dolzarb vazifalarni bajarish hamda ta‟lim-tarbiya jarayoniga bo„lgan yangicha qarash-larni shakllantirish uchun quyidagi xislatlarga ega bo„lishi kerak:

  • zamonaviy ilmiy, madaniy va texnologik taraqqiyotning mohiyati-ni chuqur tushuna bilishi;

  • dunyo va inson haqidagi bilimlar tizimini chuqur va keng nuqtayi nazardan anglashi;

  • kompyuterli ta‟lim va o„qitishning boshqa texnik vositalarini ta‟-lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishi;




  • internet tarmog„i to„g„risida tushunchaga ega bo„lishi va undagi axborot texnologiyasi mazmunini teran tahlil qila bilishi;

  • pedagogik mehnatning samaradorligini tahlil etish usullarini bilishi;

  • umuminsoniy hamda milliy madaniyat va qadriyatlar, milliy g„oya va milliy mafkura hamda iqtisodiy, ma‟naviy-ma‟rifiy islohotlar mohi-yatini to„liq tushunib yetishi;

  • pedagogik texnologiyalar mohiyati va tamoyillari hamda uning an‟a-naviy o„qitish jarayonidagi afzalliklarini bilishi, shaxs manfaati va ta‟lim ustuvorligini ta‟minlash uchun pedagogik innovatsiyalarni qo„llay olishi;

  • o„quvchilarga o„z fani bo„yicha ta‟lim berishda pedagogik texnologiyalar-ni qo„llay olishi, o„quv jarayonini faollashtirish hamda o„quv materiallarini o„zlashtirishning yuqori darajasiga erishish va o„quvchilarni mustaqil fikrlashga va o„z fikrini erkin bayon etishga o„rgatishi;

  • o„z fanining mohir ustasi va fidoyi bo„lishiga erishishi;

  • o„quvchilarning barkamol inson bo„lishi uchun ularga o„zining izla-nishlari, ijodkorligi hamda betinim mehnatlari orqali ta‟lim-tarbiya beri-shi va hokazo.

Yuqorida bayon etilgan fikrlar shunday xulosalarga kelishimizga im-kon beradi:

  • birinchidan, har qanday kasbda faoliyat samaradorligi va muvaffa-qiyati kasb sohiblarining tayyorgarligi, mahorati, malakasi, o„z omilkor-ligini takomillashtirish ustida nechog„li qunt va izchillik bilan ishlashiga bog„liq;

  • ikkinchidan, har tomonlama yetuk pedagog-o„qituvchi bo„lish uchun boshqalarning aql- idrokini o„stirish, ma‟rifat ziyosidan bahramand qilish, komil inson qilib yetishtirish uchun, eng avvalo, pedagog-tarbiyachining o„zi o„z bilimdonligi, zukkoligi bilan ibrat bo„lmasdan, ma‟naviyatini boyi-tish va kasb mahoratini takomillashtirish ustida izlanmay turib, el ardoqla-gan, o„quvchilar hurmatiga sazovor bo„lgan sevimli tarbiyachi-ustoz, yuksak mahoratli pedagog bo„lishi mumkin emas. Tarbiyachi- ustoz, pedagog-o„qi-tuvchi jamiyatning yosh avlod ta‟lim-tarbiyasiga qo„ygan ijtimoiy buyurt-masining asosiy ishtirokchisidir;

  • uchinchidan, eng muhim vazifa – bu o„quvchilarni o„z faniga qiziqtirish. Buning uchun pedagog-o„qituvchi, avvalo, o„zining shogirdlari bo„lmish tala-balar hurmatini qozona oluvchi pedagogik mahoratga ega bo„lishi zarur. Tala-ba pedagog-o„qituvchisiga mehr qo„ysagina, uning faniga qiziqadi va qunt bilan o„rganadi. Zero pedagog-o„qituvchi o„z maqsadiga erishishda o„quvchilar-ning faolligi, ularga do„stona munosabati, uning ortidan ergashish kabi xusu-siyatlarga ega bo„lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Agar pedagog-o„qituvchi shu ishning uddasidan chiqa olsa, dars jarayonida qo„llanilayotgan pedagogik texnologiyalar o„qituvchi va o„quvchi hayotiga yengillik olib kelishi, o„quvchining qiziqib o„qishiga imkon berishi va jamiyat taraqqiyotining rivojlanishiga ijobiy ta‟sir ko„rsatishini kafolatlashi shubhasizdir.

Ana shularni nazarda tutgan holda kurs ishmizning mavzusi “O„quv faoliyati samaradorligini oshirish borasida sinf rahbari olib boradigan ishlarning mazmuni” deb nomlanadi.




      1. Download 70,99 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish