Mashq: «Quyoshli doira»
qism. Guruhning har bir ishtirokchisi qog„ozga Quyosh rasmini chizadi. Markazda o„z rasmini yoki ismini ifodalaydi. Quyosh nurlari orasida o„zining sifatlaridan ko„proq yozadi.
qism. Ilk o„spirinlar bir-birlaridan Quyosh rasmini kiyimlariga to„g„nag„ich bilan mahkamlab qo„yishni so„raydilar.
qism. Musiqa ostida ilk o„spirinlar xona bo„ylab ohista harakatlanadilar, bir-birlariga yaqinlashib, Quyosh nurlariga o„z xislatlarini yozadilar. Agar Quyosh nuri yetishmasa, yana chizadilar. Mashq bajarib bo„lingach, har bir ishtirokchi o„z varag„ini oladi va saqlab qo„yadi. Trener yakunlaydi «Bolalar, sizlarda qiyinchilik tug„ilgan bo„lsa, Quyoshingizni oling, u sizning qalbingizda yana iliqlik uyg„otadi.
Xulosa
Shunday qilib, sinf rahbari o„quv faoliyati samardorligni amalaga oshirishda o„z ishida muvaffaqiyatga erishmog„i uchun, u tarbiyaning asosiy yo„nalishlarini yaxshi bilishi va tarbiyaviy ishlar vazifalari hamda mazmunini belgilab olishda, shuningdek, bu ishlarni amalga oshirish shakl va uslublarini tanlab olishda bu jihatlariga doimo amal qilishi darkor.
O„quvchilarga tarbiya berishning umumiy rejasida sinf rahbarining shu sinfda dars beradigan barcha o„qituvchilar bilan hamkorlikda olib boradigan tarbiyaviy ishlari markaziy o„rinni egallaydi.
Har bir o„qituvchi o„quvchilarni o„qitibgina qolmasdan, balki ularga ta‟lim ham beradi, ularning dunyoqarashini va ma‟naviy qiyofasini shakllantiradi. U tarbiya berish vazifasini asosan ta‟lim berish jarayonida, darsda hal etadi. Shu bilan birga, u darsdan (sinfdan) tashqari tarbiyaviy ishlarni yo„lga qo„yishda ham ishtirok etadi. Masalan, o„qituvchilar o„quvchilarga ma‟naviy-ma‟rifiy tarbiya berishda sinf rahbarlariga yordam beradilar, o„quvchilar madaniy dunyoqarashini boyitishda, ularga estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi berishda ko„maklashadilar.
Har qaysi sinfda muayyan o„qituvchilar jamoasi ish olib boradiki, bu jamoa o„quvchilarga qo„yiladigan yagona talabga amal qilishi, ular bilan yakka tartibda ish olib borishni amalga oshirishi kerak. U sinfida dars beradigan o„qituvchilar olib boradigan o„quv-tarbiya ishlarining xususiyatlarini o„rganadi, ularning o„quvchilarga qo„yadigan talablari hamda o„quvchilar bilan o„zaro aloqalarini o„rganadi, ayrim o„quvchilar xulq-atvori haqida, ularga ta‟sir ko„rsatish uslublari haqida o„qituvchilar bilan fikrlashib turadi. Sinf rahbari barcha tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlarni faqat yolg„iz o„zi emas, balki maktab direktori va uning o„rinbosarlari rahbarligida, o„z sinfida dars beradigan boshqa o„qituvchilar bilan mustahkam hamkorlikda olib boradi. O„qituvchilar unga o„quvchilar va ota-onalar majlislarini o„tkazishda, sinfda ijtimoiy- foydali ishlarni tashkil etishda, sayohatlarga tayyorlanish va ularni o„tkazishda, kitobxonlar konferensiyalari, disputlar, fan va texnikaga bag„ishlangan kechalar o„tkazishda yordam beradilar. Sinf rahbari ish rejani tuzib chiqib, direktorga tasdiqlatadi, o„quvchilarga beriladigan ta‟lim va tarbiya birligini ta‟minlashning aniq yo„llarini belgilab chiqadi. O„qituvchilarning sinflar bo„yicha bo„ladigan kengashlarida sinfda va sinfdan tashqarida o„tkaziladigan tarbiyaviy ishlarni yo„lga qo„yish masalalari kelishib olinadi.
Sinf rahbari o„z ishida «Kamalak» bolalar tashkiloti va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatiga tayanadi. U sinfdagi «Kamalak» bolalar tashkiloti va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatiga ularning tarbiya berish imkoniyatlaridan to„la foydalanishda ko„maklashadi, ularning tarbiyaviy ishlarini rejalashtiradi va uni amalga oshirishlarida ularga yordam ko„rsatadi.
Shuningdek, sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining muvaffaqiyatli bo„lishi uning o„quvchilar ota-onalari bilan mustahkam hamkorligiga ham bog„liqdir. Bu hamkorlik maktab tarbiyasi bilan oila tarbiyasi birligini ta‟minlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |