Dj = M+O`f+B
bunda; Dj-didaktik jarayon, M-talabaning o`qishga bo`lgan mo-tivatsiyasi; O`f-talabaning o`quv faoliyati; B-o`quv faoliyatning boshqarilishi.
Pedagogik texnologiyalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Avtoritar texnologiyada pedagog o`quv-tarbiya jarayonining yagona sub`ekti hisoblanib, talaba bor yo`g`i “ob`ekt”, bo`ysunuvchi shaxs. Bu texnologiya talaba tashabbuskorligini va mustaqilligini chegaralab qo`yishi jarayonning qat`iyatliligi bilan ajralib turadi.
2. Didaktikotsentrik texnologiyada ham “sub`ekt” nisbati o`qituvchi va talaba faoliyatida ustunlikka ega bo`lish bilan birga didaktik vositalar asosida bilim va ko`nikmalarni shakllantirishga e`tibor qaratiladi. Bu erda talaba shaxsiga, uning namoyon bo`li-shiga mutlaqo e`tibor qaratilmaydi, ta`lim-tarbiyadan ustuvor hisoblanadi. Didaktotsentrik texnologiyalar texnokratik tavsifga ega, u vositaning maqsadi texnikaning inson qadriyatlari ustidan ustunligi qoidasiga bo`ysunadi.
3. Shaxsga yo`naltirilgan texnologiyalar aynan shaxs manfaatini qanoatlantiradi, mamlakatimizda belgilangan ta`lim-tarbiya tizimining bosh maqsadi – mustaqil fikrlovchi shaxslarni shakllantirishga keng imkoniyatlar yaratadi, milliy ta`lim modeli tuzilmasiga mos keladi. Uning asosida talaba shaxsi nafaqat sub`ekt, balki ustuvorli ob`ektga aylanadi, rivojlanish uchun daxlsiz, ziddiyatsiz sharoitlar ta`minlanadi. O`qituvchi va talabaning teng hamkorligi butun o`qitish davrida kuzatiladi: mavzu maqsadini ishlab chiqish, mazmunini saralash, jarayonni boshqarish, baholash ijodiy harakatga aylanadi. Demak, o`zida aniq o`rnatilgan didaktik masalalarni va ularni echish texnologiyalarini mujassamlashtirgan pedagogik tizim shaxsga yo`naltirilgan ta`lim hisoblanadi. Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim barcha turdagi ta`limlarni yo`naltirish bo`yicha integratsiyalashni ta-qozo etadi. Integral pedagogik texnologiyalar o`z navbatida talabalarning mustaqil fikrlashini ta`minlashga kafolat beradi.
Ta`lim texnologiyasi aniq pedagogik g`oya asosida ishlab chiqilib, uning negizini quyidagilar tashkil etadi: (1) muallifning aniqlangan metodologik, falsafiy yo`nalishi; (2) pedagogik, psixologik va ijtimoiy fanlar hamda pedagogik amaliyot-kontseptual asoslari.
Ta`lim tizimi boshqa barcha horijiy mamlakatlar singari falsafa, psixologiya va pedagogikada insonparvarlik yo`nalishidagi printsiplar asosida tuziladi.
Pedagogikada bu yo`nalishning asosiy farq qiladigan jihati shundaki, bunda ta`lim oluvchining o`zligi, uning shaxsi, mustaqil tanqidiy fikrlashini ongli rivojlanishiga aniq yo`naltirilgan, ularning xususiyat va imkoniyatlarini hisobga olgan har bir ta`lim oluvchining mustaqil bilish faoliyatiga e`tiborida hisoblanadi.
Ta`limni texnologiyalashtirish g`oyasi yangilik emas. Bundan 400 yil avval chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ta`limni texnologiyalashtirish g`oyasini ilgari surgan.
U ta`limni “texnikaviy” qilishga undagan, ya`ni hamma narsa, nimaga o`qitilsa, muvaffaqiyatga ega bo`lsin. Natijaga olib keluvchi, o`quv jarayonini, u “didaktik mashina” deb atagan.
Bunday didaktik mashina uchun: aniq qo`yilgan maqsadlar; bu maqsadlarga erishish uchun, aniq moslashtirilgan vositalar; bu vositalar bilan qanday foydalanish uchun, aniq qoidalarni topish muhimligini yozgan.
Ta`lim nazariyasi va amaliyotida o`quv jarayoniga texnologik xususiyatni berish uchun 50-yillarda birinchi urinishlar qilib ko`rilgan. Ular o`z ifodasini an`anaviy o`qitish uchun majmuali texnik vositalarni yaratishda topgan.
Hozirgi vaqtda pedagogik texnologiya «o`qitishning texnik vositalari yoki komp`yuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmaydi, balki bu ta`lim samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish, ishlab chiqish hamda usul va materiallarni qo`llash, shuningdek qo`llanilayotgan usullarni baholash yo`li orqali ta`lim jarayonining asoslari va uni maqbullashtirish yo`llarini ishlab chiqishni aniqlash maqsadidagi tadqiqotdir».
Barcha ta`lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiya yo`liga o`tkazish, maktab amaliyoti pedagogik jarayonini ixtiyoriy qurish va uni amalga oshirishdan keskin burilishi quyidagilarni anglatadi:
uning har bir qism va bosqichlarining izchil asoslanganligi (ta`lim jarayonini tartiblashtirish - batafsil aniqlangan va asoslangan, ishlarni ma`lum tartibidan tashkil topgan qismlar - muloqot, axborot va boshqaruvning yo`l va vositalarini bo`lish orqali mumkin qadar rasmiyatchilik nuqtai nazaridan rasmiylashtirilgan);
yakuniy natijani haqqoniy tashxis qila olishga yo`naltirilganligini;
ta`lim jarayoniga mavjud sharoit va belgilangan vaqt ichida qo`yilgan ta`limiy maqsad hamda ijobiy natijaga erishishni ta`minlaydigan ishlab chiqarish-texnologik jarayonining mukammal, aniq yo`lga qo`yilgan, izchil, muvofiqlashgan xususiyatini berish;
uning samaradorligi va inson imkoniyatlari (kuch, vaqt)ni maqbullashtirish maqsadi bilan butun ta`lim jarayonini boshqaruvchanligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |