Toshkent turizm va servis kolleji "tasdiqlayman"


-MAVZU: ISH JARAYONINI RATSIONAL TASHKIL KILISH VA ISH SHAROITINI YAXSHILASH



Download 465,6 Kb.
bet6/33
Sana31.12.2021
Hajmi465,6 Kb.
#210411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Sanitariya va gigiyena o'quv qo'llanma 5 10 03 2021

2-MAVZU: ISH JARAYONINI RATSIONAL TASHKIL KILISH VA ISH SHAROITINI YAXSHILASH

REJA:


  1. Ish vaqtini to‘g‘ri taqsimlash

  2. Ish o‘rnining ahamiyati

  3. Ish sharoitini yaxshilash


Odamning ish kuni davomida mehnat qobiliyati bir xil bo‘lmaydi. SHu narsa isbotlanganki, ish kunining boshlanishida mehnat qobiliyati yuqori bo‘ladi, bir yarim soat o‘tgach u maksimal qiymatga ega bo‘ladi va bajariladigan ishning qanday tashkil etilganiga qarab u shuncha uzoq davom etadi. So‘ngra ish qobilyati pasaya borishi, yaxshi tashkil etilgan dam olishdan keyin esa yana maksimal qiymatga etadi.

Organizmning toliqishi, og‘ir zo‘riqib ishlash yoki mehnat jarayonini noto‘g‘ri tashkil qilinishi, noqulay ish holati, dam olishning noto‘g‘ri tashkil etilishi natijasida kelib chiqadi va kayfiyatni pasayishiga sabab bo‘ladi.

Mehnat faoliyatining o‘zgarishini hisobga olib, barcha ko‘p mehnat talab etadigan jarayonlarni kunning birinchi yarmida yoki tushlik ovqatdan keyin bajarish kerak. Toliqishni kamaytirish uchun ish kuni davomida ish turlarini o‘zgartirib turish maqsadga muvofiqdir.

Ish jarayonida to‘g‘ri ish holatini tanlash muhim ahamiyatga ega. Bunda jihozlarning ma’lum o‘lcham va balandliklarini tanlash katta ahamiyatga ega. Ishchi doim tik turishi kerak bo‘ladi. Ayrim jarayonlarni oshpazlar va qandolatchilar baland o‘tirgichlarda bajarishlari mumkin. To‘g‘ri tashkil etilgan ishchi o‘rni ortiqcha harakatlar qilishning oldini oladi, natijada organizmning muddatidan oldin toliqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kishining mehnat qobilyati uning professional darajasiga, ya’ni ishlab chiqarish ko‘nikmalariga ham bog‘liq.

Umumiy ovqatlanish korxonalarida ish kunini, mehnat va dam olishni to‘g‘ri tashkil etishning ahamiyati juda katta bo‘lib, tushlik, oraliq tanaffusdan to‘g‘ri foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari mehnat qobilyatini saqlash va mustahkamlashda 5 daqiqali maxsus ishlab chiqarish badantarbiya mashqlarini bajarish yaxshi natija beradi.

YUqorida qayd etilgan omillar—ishjarayonini samarali tashkil qilishda umumiy ovqatlanish sohasi ishchilarining toliqishini kamaytiradi

Umumiy ovqatlanish korxonalarida amaldagi sanitariya me’yorlariga muvofiq ishlab chiqarish joylaridagi mikroiqlim, meteorologik sharoitlarga mos (harorat, nisbiy namlik va havo haroratining o‘zgarish tezligi) hudud ob-havosi, yil fasli, bajarilayotgan ish og‘irligiga mutanosib bo‘lishi kerak.

YAngi elektr qizdirish uskunalaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarish binolarini markzlashgan va mahalliy havo so‘rish ventilyatsiyasi bilan jihozlash, issiqlik komfortini ta’minlash, sexlarda qulay havo harorati(l 8-20° C)ni yaratish, havo namligini 40-60% atrofida saqlash (bunga 0,2m/sek tezlikdagi engil havo oqimini ta’minlash orqali erishish mumkin) zarur.

Ishlab chiqarish xonalarida konditsioner sistemasidan foydalanilganda u erda havo harorati sanitariya me’yorlariga mos kelishi lozim. Mexanik yoki tabiiy shamollatish amalga oshirilganda, shuningdek oziq-ovqat ommaviy dam olish joylariga — yozgi kafe, pavilyon, bufetlarga olib borilganda ham harorat talab me’yorlarida bo‘lishi kerak.

Oshpazlar va qandolatchilar organizmiga infraqizil nurlanishining salbiy ta’sirini oldini olish uchun:

  • seksion-modul jihoz ishlatiladi;

  • plitalarning ishchi maydonlarini idishlar bilan maksimum band qilish;

  • o‘z vaqtida elektroplitalar seksiyalarini o‘chirib qo‘yish yoki pasaytirish;

  • pechlar, plita, oshpazlarning ovqat qovuriladigan ish joylari tepasida havo tortadigan mo‘rilar o‘rnatish;

  • smenalar orasidagi vaqtdan to‘g‘ri foydalanish, xodimlar dam olishini to‘g‘ri tashkil qilish;

  • havoda zararli moddalar bo‘lmasligiga erishish. Buning uchun:


Taom tayyorlash texnologik jarayoniga qat’iy rioya qilish.

  • Gaz plitalari, ko‘mir va o‘tin yoqilib ishlaydigan plitalarda yoqilg‘i to‘la yonib bo‘lishi kerak.

  • Un, qand uni va boshqa elanadigan mahsulotlar xonasi alohida bo‘lishi va tepasida havo tortadigan mo‘risi bo‘lishi shart.

  • Isitish sistemasining tuzilishi amaldagi me’yoriy hujjatlar talabiga javob berishi lozim. Hamma isitish anjomlari qaysi usulda isitilmasin chang, iflosliklardan tozalanadigan bo‘lishi shart.

  • Umumiy ovqatlanish korxonalarining ishlab chiqarish binolari ventilatsiya-shamollatish tuzimi bilan jihozlanadi.

  • Umumiy ovqatlanish korxonalarida gaz bilan ishlaydigan oshxonalar muntazam ravishda shamollatib turiladi. Hamma ishlab chiqarish, ma’muriy-xo‘jalik binolarida yoritish me’yorga mos kelishi shart.

  • Binoning ichida ham, sirtida ham elektr anjomlar bor joylar ochiq turishi, har xil narsalar, taralar bilan to‘sib tashlanmasligi, derazalar faner, karton qog‘ozlar bilan to‘silmasligi kerak.

Devorlar, to‘siqlar, jihozlar rangli bo‘yoqlarda bo‘yalishi tavsiya etiladi.

Ishlab chiqarish xonalari maxsus usul bilan yoritiladi, himoya armaturasi o‘raatiladi. YOritgich lampalarni qog‘ozlar, plitalar tepasiga osish taqiqlanadi. qandolat sexlarida bakteriyalarni (bakteritsid) o‘ldiradigan lampalar qo‘yiladi.

Umumiy ovqatlanish korxonalarida shovqin amaldagi sanitariya me’yorlariga mos kelishi zarur. Umumiy ovqatlanish korxonalari binolarining loyihasi tuzilishida, rekonsruksiya qilinishida bino ichida shovqin kam bo‘lishi e’tiborga olinishi lozim. Savdo zallarida bufetchi, kassir o‘rinlari shovqinsiz zonalarda joylashishi, xodimlarning qisqa dam olish paytlari uchun tinch joy ajratilishi maqsadga muvofiq.


Download 465,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish