Tuzuvchi:_________ Kurbanova X.N.
Usbu o’quv qo’lanmamToshkent Turizm va servis kolleji Ilmiy Pedagogik Kengashiningm 2021 yil __ ______№__- sonli qaroriga asosan nashrga tavsiya etildi.
Toshkent turizm va servis kolleji "Oshpaz" kаfedrаsi maxsus fanlari o’qituvchisi Kurbanova X. N. tomonidan tayyorlangan “Umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya va gigiena” faniga oid “O`quv qo’llanma” siga
TAQRIZ
Jamiyatning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli, respublikamiz mustaqilligi va bozor iqtisodiyotiga mos ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini shakllantirish – ijtimoiy faol, ijodkor, jamiyatda mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’shuvchi mutaxassislarni tayyorlashni taqazo etmoqda. Ma’lumki mustaqillik yillarida respublikamizda bir qator islohatlar amalga oshirimoqda. Yuqorida qayd etilgan hujjatlarning asosiy maqsadi ijtimoiy faol, ijodkor, mustaqil fikr yurita oladigan, mustahkam fuqarolik pozisiyasiga ega bo’lgan, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’sha oladigan komil insonlarni tayyorlashdan iborat.
Sanitariya gigiyena fani kasb-hunar kollejlari bo’lajak o o’z mutaxassislik fani bo’yicha ohpazlar yetarli nazariy bilim, yetarli amaliy ko’nikma va malakani egallashida muhim o’rin tutadi.
Sanitariya gigiyena o‘qituvchisining talabalarni mehnat tarbiyasi va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ish metodini aniqlovchi tamoyil bo‘lib politexnik tamoyil hisoblanadi. Sanitariya gigiyena o‘qituvchisi o‘z darslarida avvalambor o‘z faniga talabalarni qiziqtira olishi zarur, aks holda u hozirgi ishlab chiqarishning ilmiy asoslari haqida, novator va ijodkorlar haqida har qancha chiroyli so‘zlab bersa ham talabada mehnatga ijodiy munosabat shakllanmaydi. Ta’lim muassasasida ishlayotgan oshpazlik yo`nalishi o‘qituvchilarining yana bir muhim vazifasi shundan iboratki, u o‘z darslarida talabalarning kelgusidagi mehnat faoliyatlariga qanchalik zarur ekanligini aniq misollar orqali ko‘rsatib bera olishi va bularni tajribalar orqali namoyish etib berishi kerak bo‘ladi. O‘qituvchi shu yo‘l bilan talabalarni Sanitariya gigiyena faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish bilan birga o‘z kasbiga muhabbat tuyg‘usini ham uyg‘ota oladi. Sanitariya gigiyena o‘qitishni shunday tashkil etish kerakki, bunda texnika taraqqiyotini belgilovchi faktor Sanitariya gigiyenaning qonunlari ekanligiga talabalarda ishonch hosil bo‘lsin.
Fanning insonparvarlik mohiyatini ochish, ya’ni yutuqlaridan xalq farovonligi yo‘lida foydalanish talabalarning politexnik saviyasini, hamda kasbga yo‘naltirish bo‘yicha qiladigan ishlarining samaradorligini oshiradi.
Toshkent turizm va servis kolleji maxsus fanlar o`qituvchisi Kurbanova Xurshida Nasimovna tomonidan tayyorlangan “ Umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya va gigiyena” fanidan o`quv qo‘llanma yuqoridagi talablardan kelib chiqqan holda yaratilgan .
Do'stlaringiz bilan baham: |