3-MAVZU: ISHLAB CHIQARISHDA JAROHATLANISHNING OLDINI OLISH VA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH
REJA:
Ishlab chiqarishda jarohatlanishning asosiy sabablari
Ishlab chiqarishda jarohatlanishning oldiniolish choralari
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullari
Ishlab chiqarishda jarohatlanish degani — inson organizmi to‘qimalarining ishlab chiqarish sharoitida mexanik yoki issiqlik ta’ sirida jarohatlanishidir.
Umumiy ovqatlanish korxonalaridagi ishlab chiqarishda jarohatlanishning asosiy sabablari quyidagilardir: jihozlardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga va talablariga amal qilmaslik, ishni noto‘g‘ri tashkil etish, ishchining betobligi va juda toliqqanligi.
Ishlab chiqarishda jarohatlanishning oldini olish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
1. Barcha ishchi-xizmatchilarni texnika xavfsizligi qoidalari
bilan atroflicha tanishtirish.
2. Xavfli ish joylarida ogohlantiruvchi yozuvlarni,
yo‘riqnomalarni, rasmlarni osib qo‘yish.
Jihozlarni joylashtirishda sanitariya talablariga amal qilish va ularga erkin, bemalol yaqinlashish imkoniyatini yaratish.
Jihozlardan foydalanish qoidalariga qat’iy amal qilish.
Ishlab chiqarish binolarini bo‘sh taralar, keraksiz va foydalanilmaydigan jihozlar bilan band bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Poyafzal va kiyimlarni kiyishda sanitariya qoidalariga amal qilish.
Sex pollarini o‘z vaqtida va toza qilib yuvish.
Ovqat qaynayotgan qozonning qopqog‘ini ochishda, ularni siljitishda, issiq gaz patnislarini olishda, o‘tkir uchli va tig‘li kesuvchi asboblarni ishlatishda qonun-qoidalariga amal qilish.
Ishchi-xizmatchilardan birortasi jarohat olgan bo‘lsa, ko‘ngilsiz oqibatlarning oldini olish uchun darhol birinchi tibbiy yordam
ko‘rsatish zarur.
Buning uchun ishlab chiqarish korxonalarida maxsus bilim berilgan xodimlardan iborat bo‘lgan sanitariya postlari tashkil etiladi va zarur dori-darmonlari bo‘lgan aptechka bilan ta’minlangan bo‘ladi. Aptechkalarda shaxsiy bog‘lash paketlari, suyaklar singanda foydalaniladigan shinalar, qon to‘xtatuvchi jgutlar, 5% li yod eritmasi, navshadil spirti kabi vositalar bo‘lishi kerak. Bundan tashqari shaxsiy bog‘lash jamlamasi tarkibida serillangan bint, 2 ta paxta o‘rami va dokadan tayyorlangan yosiqcha bo‘lib, ulardan biri bintning bir uchiga mahkamlangan bo‘ladi. Ularni barchasi germetik zich qilib o‘ralgan bo‘lishi kerak. Zarurat tug‘ilganda paket yirtilib, uning ichidagilar olinadi, o‘ng qo‘l bilan bintni ushlab, chap qo‘l bilan uning uchini yaraga bosib, uni bog‘lab qo‘yiladi. Ishlab chiqarishda olingan jarohatlarda 3 turdagi qon yo‘qotish kuzatiladi: ya’ni kapillyarlardan, venalardan, shox tomirlardan.
Kapillyarlardan oqqan qonni to‘xtatish uchun yara yod eritmasi bilan artib zararsizlantirilgach, toza doka bilan bog‘lab qo‘yiladi. Vena tomiridan oqqan qonni to‘xtatish uchun esa tomirni bosib turuvchi bog‘lama qo‘yiladi. SHox tomirlardan oqqan qon xavfli bo‘lib favvora singari otilib chiqadi va uning rangi anor guli rangida bo‘ladi. Uni to‘xtatish uchun zararlangan a’zoni ehtiyotkorlik bilan ko‘tarib, jarohatning sal yuqorisidan rezina yoki matoli jgut qo‘yib va unga bog‘langan vaqt yozilgan qog‘oz qitsirib qo‘yiladi. Birinchi yordam ko‘rsatilgach unikasalxonaga jo‘ na tiladi.
Tok urgan kishiga datsavval nafas oldirish choralari ko‘riladi. Buning uchun tok urgan kishini belbog‘i, qayishi, yoqasining tugmalari echiladi. Sun’iy nafas oldirishning bir necha usullari yordamida nafas oldiriladi. Tok urgan kishini og‘zi orqali nafas oldirish uchun yordam berayotgan odam uning og‘zini so‘lakdan tozalab, og‘ziga toza ro‘molcha qo‘yib, so‘ngra puflaydi.
SHeffer usulida sun’iy nafas oldirish uchun esa, tok urgan kishi 4°rni bilan yotqizilib, yordam ko‘rsatuvchi esa qo‘li bilan uning ko‘krak qafasining patski qismini bosadi. Bunda havo majburan chiqariladi, havo olish esa erkin bo‘ladi.
Govard usulida sun’iy nafas oldirish uchun tok urgan kishi orqasi bilan yotqizilib uning ko‘krak qafasi uzluksiz bosib havo chiqariladi, nafas olish erkin bo‘ladi.
Suniy nafas oldirishning ahamiyati juda katta bo‘lib, uni imkoni boricha ertaroq boshlab, me’yorli nafas olish ritmiga binoan har daqiqada 16-18 marta bajarish kerak.
Kuyish — to‘qimalarning yuqori harorat ta’sirida zararlanishidir. Bu umumiy ovqatlanish korxonalarida ko‘p kuzatiladigan jarohatlanish turidir. qaynoq suv, issiq predmet yoki bug‘ bilan organizmning kichikroq qismi kuysa, uni sovuq suvda 5-10 daqiqa sovutib, unga yopishgan kiyimlarning parchasi ehtiyotkorlik bilan qaychi yordamida qirqib ajratib olinadi. Kuygan joy seril doka yoki oq mato bilan bog‘lab qo‘yiladi.
Keng qamrovli kuyishda, kuygan kishining kiyimlari darhol echib olinib, uni oq choyshabga o‘rab kushetkaga yotqiziladi va issiq shirin choy berib tez yordam chaqirish kerak bo‘ladi. Alangadan keng qamrovli kuyishda jabrlangan kishini olib chiqilgach, kiyimlardagi o‘tni o‘chirib, yirtib echib ohnadi, bemorni oq choyshabga o‘rab tez yordam chaqiriladi.
Elektr toki urganda organizmning kuygan qismini seril bint yoki mato bilan bog‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |