4-MAVZU: ZARARLI ODATLAR VA ULARGA QARSHI KURASH
REJA:
Kashandalik illati va uning organizmga ta’siri
Ichkilikbozlikhaqida
Giyohvandlikning oqibatlari
Insoniyat tarixida o‘tkir spirtli ichimlik ishlab chiqarila bosh-langandan buyon, uni domiga tushib qolishga nisbatan qarshi kurashib kelinmoqda.
qadim zamonlardan buyon "kayf beruvchi" bu sirli ichimliklaraing xilma-xil turlari kashf etib kelingan. Ular may, sharob,qimiz, boda, spirt, aroq, konyak, balzam, pivo, vino va boshqa shunga o‘xshash turlaridan iborat bo‘lib, inson umrining egovi hisoblanadi. Bularning barchasining tarkibida etil spirti mavjud bo‘lib, ichilganda kishining xushini ma’lum muddatga ravshanlashtiradi, sarxush qiladi. Bunday holatning tez-tez takrorlanishi kishining alkogol domiga tushib qolishiga sabab bo‘ladi.
Kishilik jamiyatida inson "kayf beruvchi" bu ichimlikni yaratibdiki, uni ichib keladi. Ammo hozirgi davrda hatto, o‘smir yoshlar, ayollar o‘rtasida ham ichkilikbozlikka, giyohvandlikka, kashandalikka ruju qo‘yish hollari paydo bo‘lmoqda.
Tamaki giyohi jahon miqyosida maxsus ravishda ekiladi va ko‘paytiriladi. Tamaki giyohidan turii xildagi sigaretlar, takasidan moxorkalar, shuningdek undan nos ham tayyorlanadi. Tamaki giyohidan tayyorlangan moddalarni chekish inson salomatligi uchun o‘ta zararlidir. Kashandalar aksariyati o‘pka raki, asab, bo‘g‘ma kasalliklariga duchor bo‘ladilar. Tamaki tutuni oshqozon, gatsrit, o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kabi kasalliklarni, qonning buzilishini ham keltirib chiqaradi, ovoz pardalarini dag‘allashtiradi. Bundan tashqari kashandalik tarn bilish, xid sezish qobilyatlarini ham susaytiradi. CHekuvchi mutaxassislar, shu qatorda oshpaz va qandolatchilar professional ta’m bilish, hid bilish qobiliyatlarini yo‘qotadilar. CHekuvchi ofitsantlar o‘z atrofini tamaki nidi bilan zaharlab, mijozlarga
xizmat ko‘rsatish madaniyatini pasaytirib yuboradilar. Kashandalik tufayli ishchining ko‘p vaqti besamar ketadi, tamaki tutunidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati pasayadi, buning oqibatida korxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichi pasayadi.
Spirtli ichimliklarning kishini jismoniy va aqliy rivqjlanishiga zarari katta. Uni keragidan ortiq itse’mol qilgan kishi na oilasi uchun, na jamiyat uchun foyda keltiradi, balki ularni har ikkalasini ham izdan chiqaradi.
Ichimlik itse’mol qilish ham turli xilda bo‘ladi.
Birinchisi: ovqat bilan ozgina miqdorda ichish. Bu bosqichda kishi uchun xursandchilik hosil bo‘lmaydi. Ammo chanqashlik bartaraf bo‘lib, ovqat yaxshi hazm bo‘ladi.
Ikkinchisi: bunda xushhollik kayfiyati paydo bo‘ladi. Biroq bosh og‘irlashib, sezgilar buzilishi darajasiga bormaydi.
Uchunchisi: bunda til sutslashadi, aql xiralashadi, bo‘g‘inlar qaltiraydi, oyoqda to‘g‘ri turolmaydi. Ichimlik ichgan odam or-nomus, urf-odat va mulozamatlarga yomon munosabatda, shuningdek rahm-shafqat degan tushunchalardan uzoqda bo‘ladi. Bunday kishilar o‘ta surbet, parishonxotir, nafosatsiz, didsiz jonli bir maxluqqa aylanib qoladilar. Alkogol qonga tez so‘rilib, asab sistemasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Buning oqibatida ishchi mehnat qilish qoidalarini buzadi. Bu esa o‘z navbatida baxtsiz xodisalarga olib kelib, kishi oilasiga hamda jamiyatga katta zarar keltiradi.
Giyohvandlik ham ichkilikbozdek inson salomatligining kushandasidir.
Giyohvandlik asosan uchga bo‘linadi: ko‘knor giyohi, nasha giyohi, tamaki giyohi.
Bu giyohlarni itse’mol qiluvchilar jismoniy va aqliy tomondan zaif, turli jinoyatlar(odam o‘ldirish, o‘g‘rilik qilish, qaroqchilik) qilishdan qaytmaydigan, bir umr farzand ko‘rmaydigan bo‘lib qoladilar. Narkotik moddalarning qaysi turini itse’mol qilishidan qat’iy nazar, hammasi ham naslga yomon ta’sir etadi, giyohvand ayol yoki erkakning farzandlari tug‘ma nogiron, mayib-majruh, aqli zaif, jismoniy rivojlanmaydigan bo‘lib tug‘iladi. Narkotik moddalarga o‘rganib qolgan kishi organizmi uni vaqtida qabul qilmasa, moddalarga kuchli ehtiyoj sezadi. Bunda kishining bosh og‘irig‘i, yurak bezovtaligi, qo‘l -oyoqning qaltirashi, ter bosishi, lohaslik kabi holatlar paydo bo‘ladi. Bunday holatdan qutilish , ozgina bo‘lsada narkotik moddalarni qo‘lga kiritish uchun har qanday og‘ir jinoyatlardan ham qaytarmaydi. Bunday kishilar atrof muhitdan ham, oila va jamiyat mutsahkamligi, rivojlanishi uchun ham xaflidir.
Giyohvandlikka qarshi kurashda tashkilot jamoasi, oila, jamiyat birgalikda harakat qilishi zarur. Bunda har bir insonni yoshligidan boshlab sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |