6-MAVZU: SHAXSIY GIGIENA
REJA:
Restoranda shaxsiy gigiena talablari.
Ish kiyimiga qo‘ilgan talablar
Shaxsiy gigiena—umumiy ovqatlanish korxona xodimlari amal qilishi shart bo‘lgan sanitariya qoidalaridir. Ushbu qoidalarga amal qilish ovqatlarai yuqumli kasalliklar va ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi mikroblar bilan zararlanishning oldini oladi.
Ishchi xodimlarning shaxsiy gigienasi umumiy ovqatlanish korxonalaridagi madaniy xizmat ko‘rsatish saviyasini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir.
SHaxsiy gigiena qoidalariga ko‘ra sanitariya kiyimlariga, korxona sanitariya tartibiga, umumiy ovqatlanish korxonalari ishchilarining tibbiy saviyasiga bir qator gigienik talablar qo‘yilgandir.
Tananing tozaligi muhim gigienik talablardan hisoblanadi. Teri inson hayotida muhim vazifani bajaradi. U nafas olish va moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etadi. Odam terlaganda teridagi chang va mikroblar bilan ifloslanadi, natijada teri o‘z vazifasini yomon bajaradi.
SHuning uchun barcha xodimlar, ayniqsa, oshpazlar, qandolatchilar, ofitsiantlar badanlarini toza tutishlari zarur. Har kuni ish boshlashdan oldin qo‘lni tirsagigacha yaxshilab sovun bilan yuvishi shart. YUqoridagi kasblarda ishlovchi erkaklarning sochlari kaltalatilgan,soqol mo‘ylovlari tozalab qirilgan bo‘lishi shart. Ofitsiantlarning sochlari silliq taralgan bo‘lishi, kosmetik vositalardan me’yorida foydalanishlari, kuchli hid taratuvchi atirlardan foydalanmasliklari zarur.
qo‘lni tozaligi — umumiy ovqatlanish korxonalari xodimlarining qo‘li hamma vaqt ovqat tayyorlash bilan band bo‘lganligi uchun ularni tozaligi muhim ahamiyatga ega. Ularning qo‘li quyidagi talablarga qa’tiy javob berishi kerak: tirnoqlari kalta qilib olingan va ichi toza bo‘lishi shart. Xizmat paytida turli taqinchoqlar va soat taqib yurish ma’n etiladi. Ofitsiantlar bundan tashqari tirnoqlariga ishlab chiqarish manikyuri qilishlari kerak.
Oshpazlar, qandolatchilar, ofitsiantlarning tirnoqlari orasida turli (salmonellalar, dezinteriya tayoqchasi) mikroblar, gijja qurtlari tuxumi bo‘lishi mumkin. SHuning uchun ular ish boshlashdan oldin, hojatxonaga kirgandan so‘ng, xom ashyolarni tozalab bo‘lgandan keyin qo‘lini yuvib dezinfeksiyalab, undan keyin tayyor ovqatlarai qayta ishlashga o‘tishlari mumkin. Boshqa barcha hollarda ovqat tayyorlash jarayonida har bir ishlab chiqarish turidan so‘ng, ofitsiantlar esa ovqat qoldiqlarini foydalanilgan idish tovoqlarini yigishtirib olganidan keyin qo‘llarini yaxshilab sovunlab yuvishlari shart.
Qo‘lni yuvishda iroqi sovunlardan, dezinfeksiyalovchi xususiyatga ega, tarkibida 3-5% geksoxlorofen bo‘lgan 70% li ho‘jalik sovuni va boshqalardan foydalanish mumkin.
Qo‘l barmoqlari zararlangan bo‘lsa, yarani perikis vodorod yoki brilyant yashili bilan artib, seril doka bilan bog‘lab, ustidan rezina g‘ilof kiygizilishi kerak. qo‘llarida yiringli yaralari bo‘lgan xodimlar ishga qo‘yilmaydi.
Ofitsiantlar ishgacha va ish vaqtida kuchli hidli, sarimsoqli va piyozli ovqatlarni itse’mol qilmasliklari kerak. Og‘izni eleksirlar bilan chayish tavsiya etiladi.
Oshpazlar va qandolatchilarning sanitariya kiyimlari oziq-ovqatlarni ifloslanishdan ya’ni, organizmdan tushadigan bakteriya va mikroblardan saqlaydi.
Sanitariya kiyimlariga kurtka yoki xalat, qalpoqcha yoki doka ro‘mol, fartuk, sochiq, terni artish uchun ro‘molcha, shim yoki maxsus poyafzallar kiradi. Sanitariya kiyimlari ixcham, chiroyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘lib, sochlarni to‘liq berkitishi kerak. Sanitariya kiyimlari alohida xonalarda saqlanib, haftada uch marta almashtirilishi shart.
Namligi yuqori bo‘lgan xonalarda ishlovchi xodimlar suv shimmaydigan fartuk va poyafzallar bilan ta’minlanadi. Restoran va kafe ofitsiantlarining ishchi kiyimi o‘zlariga mos zamonaviy, milliy an’analarni hisobga olgan holda tikiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |