Toshkent turizm va servis kolleji "tasdiqlayman"



Download 465,6 Kb.
bet11/33
Sana31.12.2021
Hajmi465,6 Kb.
#210411
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
Bog'liq
Sanitariya va gigiyena o'quv qo'llanma 5 10 03 2021

Tayanch iboralar:

alkagol,giyohvand, kashandalik, tamaki giyohi, mahorka, o‘pka raki, ko‘knor giyohi, nasha giyohi



Savol va topshiriqlar:

  1. Ichkilik itse’mol qilish turlarini farqlab bering

  2. Ichkilikbozlikning kishi organizmiga zarari haqida so‘zlab bering

  3. Giyohvandlik turlarini sanang va ularning oqibati haqida qanday tushunchada ekanligingizni so‘zlab bering


5-MAVZU: KASALLANISH VA ULARNING OLDINI OLISH.
REJA:

  1. Kasb kasalligi

  2. Oziqa infeksiyalari

Kasb kasalligi kishi organizmida ish sharoitining zararli ta’sirlari natijasida kelib chiqqan kasallikdir.

Sanoat sanitariyasi me’yorlarining buzilishi oqibatida ishlab chiqarish joylaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta’siridan ishchi kasbiy zaharlanishi yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaharlanish ishchining nafas olish, ovqat hazm qilish yoki terisi orqali zaharlovchi moddalar ta’sir qilishi oqibatida kelib chiqishi mumkin. Kasbiy zaharlanish bir smenada yuz bersa, uni o‘tkir zaharlanish, agar uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig‘ilishi natijasida yuz bersa, surunkali zaharlanish deyiladi. Surunkali zaharlanish kasb kasalliklariga olib keladi. Kasb kasalliklariga qoniqarsiz ish sharoitlarida ishlash natijasida kelib chiqadigan hamma kasalliklar kiradi. Kasb kasalligiga olib keladigan sabablarga ish o‘rnining to‘liq yoritilmaganligi , sanitariya - gigienik qoidalariga rioya qilmaslik, texnika-xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslikni ham misol qilish mumkin.

Sanitariya-gigiena talablariga rioya qilmaslik natijasida oziq-ovqatlardan turli kasalliklar, zaharlanishlar kelib chiqishi mumkin.

Kasalliklar chaqiruvchi mikroorganizmlar taomlarga tushishi, ularning ko‘payishi turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu eng avvalo, ovqatlanish tarmog‘i xodimlarining sanitariya-gigena talablariga rioya qilmasligi natijasida yuzaga keladi.

Ovqatlanishdan turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Bu hoi oziq-ovqat mahsulotiga va tayyor taomlarga zararli va har xil zaharlovchi moddalar tushishi natijasida yuz beradi.

Oziqa infeksiyalari odamga sil, sibir yarasi, bursellez, yashur, tulerimiya bilan kasallangan hayvonlardan olingan mahsulotlardan yuqadi.

O‘pka sili - yuqumli kasallik bo‘lib, undan odam, hayvon va qushlar kasallanadi. Odamda sil kasalligi mikrobakteriyasini odam va qoramollarda uchrovchi tiplari (Mycobacterium hominis, Mycobacterium bovis) qo‘zg‘atadi. Odamda uchraydigan qoramol sili kasalligi asosan kasallangan hayvonlar orqali yuqadi.

O‘pka silini qo‘zg‘atuvchi Mykobakterium tuberkulozi -Mykobakteriokkeae oilasining Mykobakterium oilasiga kiradi. Sil tayoqchalarining bir necha turlari, ya’ni - odam, qoramol va qushlarda uchraydigani mavjud. Sil qo‘zg‘atuvchi 1982 yil Kox tomonidan aniqlangan. Bular kislotaga bardoshli ingichka, uzun 115x-4,0,03-0.5 mm. kattalikdagi tayoqchalardir. Mikro-bakteriyalarning bu guruhiga aktinomisetlar ham kiradi. Mykobakterium tuberkulosis ularda kuchli rivojlangan polimorfizm mavjud. 37-38 °C da va pH-5,8 - 7,0 muhitli sharoitda yaxshi rivojlanadi. Barcha qo‘zg‘atuvchilar aerob (virus tashuvchi) bo‘lib, harakatsiz, spora va kapsula hosil qilmaydi, grammusbat (bo‘yaluvchan)dir. O‘pka sili tayoqchasi tashqi muhit ta’siriga o‘ta chidamli, jumladan, balg‘amda tirik sil tayoqchalari bir necha haftagacha saqlanadi. U oziq-ovqat mahsulotlarida uzoq vaqt saqlanishi mumkin, muzlagan go‘shtda 1 yilgacha, yog‘da 3 oy, pishloqda 2 oy, sut-qatiq mahsulotlarida 20 kungacha saqlanadi. qaynatilganda 10 soniyada, 70 °C da bir necha daqiqa, 60 °C 20 daqiqada halok bo‘ladi.

Sibir yarasining qo‘zg‘atuvchisi - Bakillus antivirus oilasiga kiradi. U o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, odamga kasallangan hayvon orqali yuqishi mumkin. Sibir yarasi odamlarga bevosita kontakt yo‘li bilan hayvonlar terisidan qilingan yoqalar, qalpoqlar orqali yoki oziq-ovqat mahsulotlari orqali o‘tadi. Uning o‘pka, teri va ichakda uchraydigan turi ko‘pincha kasallangan hayvonlar suti, go‘shti va boshqalarini itse’mol qilish orqali yuqadi.

Sibir yarasi qo‘zg‘atuvchisi - spora hosil qiluvchi yirik tayoqcha bo‘lib, juftlashgan yoki uzun-qisqa zanjir shaklida joylashgandir. " Sporalar" markazida joylashib, oval shaklida bo‘ladi. Tanasida virulentik (yuqtiruvchanlik) xususiyatiga ega bo‘lgan kapsulalar hosil bo‘ladi. Bu mikrob tashqi muhit omillariga o‘ta chidamli bo‘lib, sporalari tuproqda, terida va hayvon junida uzoq vaqt saqlanadi, quritilganda sporalari 30 yilgacha saqlanadi. Rivojlanishi uchun optimal harorat 37 °C bo‘lib, qaynatilganda 15-20 daqiqada, avtoklavda(130 °C) 5-10 daqiqada nobud bo‘ladi.

Bursellez qo‘zg‘atuvchisi - Brusella melitensis. O‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, odam va hayvonlarni kasallantiradi. Inson uchun yuquvchanrog‘i Bursella melitensis bo‘lib, u mayda hayvonlar kasalligini qo‘zg‘atuvchisidir. Bursella odamga kasal hayvonlarni parvarish qilganda va kasallangan hayvonlardan olingan sut mahsulotlarini itse’mol qilganda yuqadi. Bursellez qo‘zg‘atuvchilari juda ham mayda, sharsimon, yakka, ba’zan juft holda uchrovchi bakteriyalardir.

Bursellez spora hosil qilmaydi, aksincha bo‘yalmaydigan mayin kapsulalar hosil qiladi. Rivojlanishining optimal harorati 37 °C. Bursellalar tashqi muhitga chidamli: changda 2 oy, suvda 72 sutkagacha, oziq-ovqat mahsulotlarida, yog‘da 2-3 oygacha, brinzada - 45soatgacha, muzlatilgan go‘shtda 2 oygacha saqlanishi mumkin. YUqori haroratga chidamsiz. Aralashma 60 °C gacha qizdirilsa, ular 20-30 daqiqada, 80-90 °C 5 daqiqada, qaynatilganda bir necha soniyada nobud bo‘ladi.

YAshur qo‘zg‘atuvchilari o‘tkir yuqumli kasalliklarni chaqiradi. YAshur kasalligi bilan qoramol, cho‘chqa va echkilar kasallanadi. Insonga bu kasallik sut yoki hayvon bilan muloqatda bo‘lganda yuqadi. YAshur virusi qizdirishga chidamsiz bo‘lib, 60-70 °C da 5-15 daqiqada, qaynatilganda o‘sha zahoti o‘ladi. YAshur virusi pats haroratga chidamli, masalan, yog‘da 25 kungacha, muzlatilgan go‘shtda 145 kungacha, quritilgan xashakda 3-6 oygacha saqlanadi. YAshur kasalligiga duchor bo‘lganlikda gumon qilingan hayvon go‘shtlari sanitar-veterinariya talablariga asosan realizatsiya qilinadi.

Tuleremiya qo‘zg‘atuvchisi - Frankiella melitensis uy hayvoni va kemiruvchilarda og‘ir yuqumli kasalliklarni chiqaradi. Tuleremiya kasalligi bilan odam ham og‘riydi. U kasallangan hayvon go‘shtini itse’mol qilganda, ularning terisini ishlaganda va kemiruvchilar zararlagan suvlarni itse’mol qilganda yuqadi.

qo‘zg‘atuvchi -mayda, qo‘zg‘almas, spora hosil qilmaydigan tayoqcha. Tuleremiya qo‘zg‘atuvchisi tashqi muhitda barqaror, ochiq suv havzalarida 38 kun, 100 °C haroratda tez o‘ladi.

Sut va qaymoqda 8-10 °C da 1 haftagacha, muzlatilgan sutda va go‘shtda 3 oygacha, tuzlangan go‘shtda 31 kun, nordon sut va tvorogda 2 kungacha saqlanadi. Oziqdan zararlanmaslikning asosiy choralari suv havzalarini, oziq-ovqatlarni, tayyor mahsulotlarni kemiruvchilardan saqlashdir.

Zooantroponozlarga odamlarga oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuquvchi hayvon kasalliklari kiradi. Ular bilan zararlanishdan saqlanish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini kemiruvchilardan saqlash va qaytarish yoki bug‘latish kerak bo‘ladi. Zooantroponozlarning profilaktikasi aholini sanitariya qoidalari bilan tanishtirib borish katta ahamiyatga ega.




Download 465,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish