Toshkent turizm va servis kolleji "tasdiqlayman"



Download 465,6 Kb.
bet15/33
Sana31.12.2021
Hajmi465,6 Kb.
#210411
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
Sanitariya va gigiyena o'quv qo'llanma 5 10 03 2021

Tayanch iboralar: infecio; bakteriya; infeksion; patogen mikrob; inkubasion;
Savol va topshiriqlar:

  1. Yuqumli kasalliklarning umumiy xususiyatlari nima deb ataladi?

  2. Infeksion kasalliklar turlariga ta’rif bering?


8-MAVZU: SANITARIYA VA GIGIYENA QOIDALARIGA RIOYA QILISH
REJA:

  1. Ish joyidagi qoidalar

  2. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish


Umumiy ovqatlanish sohasida shug‘ullanadigan hamma fuqaro va yuridik shaxslar sanitariya qoidalariga rioya qilishlari lozim.

Umumiy ovqatlanish korxonalarining barcha xonalarida chekish taqiqlanadi. SHuningdek ishlab-chiqarish xonalarida ovqatlanishga ruhsat etilmaydi, chunki ish sollari ovqat qoldiqlaridan ifloslanishi mumkin. Ular maxsus ajratilgan xonalarda yoki oshxonada xodimlar uchun ajratilgan solda ovqatlanishlari lozim.

Ish joyining ahvoli, shaxsiy gigiena talablariga javob berishi, texnologik va sanitariya talablarini bajarish bo‘yicha har bir xodim o‘z o‘rni uchun mas’uldir.

Hamma xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdan asosiy maqsad, ularning sog‘lig‘ini himoya qilish va umumiy ovqatlanish sohasida kasal odamlar bo‘lmasligiga erishish, ommaviy infeksiyalar, ovqatdan zaharlanishning oldini olishdan iborat.

Umumiy ovqatlanish tashkilotlariga ishga kiradiganlarning hammasi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart, chunki ular oziq-ovqat mahsulotlari, jihozlar, inventar, idish-tovoq, mahsulot solinadigan idishlar va hokazolar orasida bo‘ladilar va bevosita ishlaydilar. Tibbiy tekshiruv mahalliy tibbiyot muassasasi ajratgan maxsus shifoxonada yoki sanepidnazorat belgilagan jihozlangan umumiy ovqatlanish korxonasining binosida o‘tkaziladi.

Korxonaga ishga qabul qilinadigan har bir ishchi ichki kasalliklar vrachi ko‘rigidan (bakteriya tashuvchanlikka, gijja qurtlari bilan zararlanmaslikka, o‘pka sili, jinsiy kasalliklar, venerolog ko‘rigi, qon RV, maxsus mazok va boshqalar bilan og‘rimaganlikka tekshirishdan) o‘tkaziladi. Barcha ishchi-xizmatchilar yuqoridagi tekshirishlardan, (flyurografiyadan. bakteriya tashuvchanlikdan tashqari) 3 oyda bir marta o‘tkaziladi. Flyurografiya va bakteriya tashuvchanlikka bir yilda bir marta o‘tkaziladi.

Har ikki yilda bir marta sanitariya minimumi bo‘yicha gigienik tayyorgarlikdan o‘tib, sinov imtixoni topshiradilar.

Har kuni ishdan oldin ovqat tarqatuvchi ishchilar angina bilan og‘rimaganlikka, a’zolarning kesilgan, qavargan joylari yo‘qligiga, kuymaganlikka, qo‘l, oyoq, bo‘yin va yuz terisida yiringli yaralar yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun majburiy tekshirishlar o‘tkazish shart.

Umumiy ovqatlanish korxonalarida o‘pka sili, dezinteriya, terlama, sariq kasalligi, sifilis, gonoreya, terming yuqumli kasalliklari (qichima, moxov, parsha), shuningdek oila a’zolari orasida yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan kishilar bor bo‘lganda dezinfeksiya o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etmagan kishilar ishlashiga ruxsat etilmaydi.

Lekin bir necha xil kasalliklar borki, ishlab turib davolanishga ishxona imkoniyat yaratib beradi. Bordiyu, bunday kishilar davolanishdan bosh tortsa, ishdan bo‘shatiladi.

YUqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish maqsadida barcha xodimlar zardoblar bilan emlanadi.

Bu o‘tkazilgan tekshiruvlar, laboratoriya tahlil natijalari, profilaktika tadbirlarining hammasi — xodimning shaxsiy tibbiy daftarchasiga yoziladi. SHaxsiy tibbiy daftarcha har bir xodimda bo‘lishi, unda ismi, familiyasi, lavozimi, ish joyi yozilishi lozim. Daftarchada rasm va idora muhri bo‘ladi.

Ishchi xodimlarning shaxsiy tibbiy daftarida tibbiy bilimlarni oshirganligi, emlanganligi, sanitariya sohasidagi bilimlari bo‘yicha sinovlardan o‘tganliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etiladi. Bu daftarchalar korxona rahbarida saqlanadi va navbatdagi ko‘rikdan o‘tish muddati kelganda egalariga beriladi.

Korxona xodimlarining salomatligini nazorat qilish va korxo­na sanitariya postlari, SES vrachlari bilan shu sohaning sanitariya xizmati xodimlari tomonidan nazorat qilinadi.

Sanitariya xodimlari to‘g‘risida aniq ma’lumotni qo‘ldan (kaft, barmoq, tirnoq osti bo‘shliqlaridan), sanitariya kiyimlari va ofitsiantlar, qandolatchilar hamda oshpazlarning sochiqlarini yuvib olingan namunalardan olish mumkin. Namuna qo‘lning ma’lum yuzasidan, sanitariya kiyimlaridan 0,1% li pepton yoki natriy xloridning suvli eritmasi bilan ho‘llangan seril paxta tamponi bilan surib olinadi. Bakteriologik tadqiqot natijalari haqidagi ma’lumot umumiy ovqatlanish korxonasi rahbariga beriladi. Ichak tayoqchasining topilishi qo‘lni, sanitariya kiyimlarini inson axlati bilan ifloslanganligini bildiradi. Boshqa infeksiya qo‘zg‘atuvchilarining aniqlanishi — ichak infeksiyalari va ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqaruvchilar bilan ifloslanganligini, xodimlarning shaxsiy gigienasi buzilganligini bildiradi va tegishli chora-tadbirlarni ko‘rishni taqazo qiladi. Zarur bo‘lganda, muddatidan oldin bakteriya tashuvchanlikni aniqlash uchun tekshirishlar olib boriladi.


Download 465,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish