Mustaqil ish mavzu: Xarakat xafsizligini taminlovchi zamonaviy tormoz uskunalari



Download 0,91 Mb.
bet1/4
Sana01.07.2021
Hajmi0,91 Mb.
#106278
  1   2   3   4
Bog'liq
TVE 686 Qurbonboyev B. tormozdan


Toshkent davalat transport unversiteti.
Kafedra:”Vagon va vagon xo’jaligi”
MUSTAQIL ISH

Mavzu: Xarakat xafsizligini taminlovchi zamonaviy tormoz uskunalari.
Bajardi:TVE-686 guruh

Talabasi:Qurbonboyev B.


Tekshirdi: Jumabekov B.SH.

Toshkent-2020

Rejasi:


  1. Kompressorlar haqida umumiy ma’lumotlar.

  2. KT6, KT7 turidagi kompressorlar.

  3. Bosim regulyatorlari.

  4. Bosh rezervuarlar.



5.1 Kompressorlar haqida umumiy ma’mulotlar.
Turli yordamchi pnevmatik mexanizmlar (qum idishi, elektropnevmatik kontaktorlar, signal uskunalari va boshqalar) va tor­moz tarmoqlarini iste’moli siqilgan havo bilan kompressorlar yordamida amalga oshiriladi, ular esa lokomotivlarda, elektro va dizel-poezdlarda o‘rnatiladi. Lokomotivni eng noqulay ish sharoitida, eng ko‘p yo‘qotishida va havo sarflanishida kompressor siqilgan havo zaruratini to‘liq ta’minlashi zarur.

Harakatli tarkibda qo‘llaniladigan kompressorlar nisbatan bo‘sh silindrlar sovutilishiga ega, shuning uchun ularni qizib ketishini oldini olish uchun vaqti-vaqti bilan ish vaqtida tanaffus ko‘zda tutilgan. Har bir kompressor bosim regulyatori bilan jihozlangan bo‘lib, bosh rezervuar ishchi bosimga etkazilganda uni o‘chiradi (elektrovozlarda) yoki uni bekorga ishlash bosqichiga o‘tkazadi (teplovozlarda) va bosh rezervuardagi bosim berilgan kattalikka kamaytirilganda, uni qaytadan ishga tushiradi.

Ishga tushirish usuliga bog‘liq holda kompressorlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: motor-kompressor elektrodvngateldan ishga tushiriladigan va dizkl-kompressor dizeldan ishga tushiriladigan. Bnrinchilari elektrovoz va elektropoezdlarda, ikkinchilari teplovoz va dizel-poezdlarda o‘rnatiladi. Siqish bosqichi soniga ko‘ra kompressorlar bir va ikki bosqichli bo‘ladi.

Silindrlarni joylashishiga ko‘ra kompressorlar gorizontal, vertikal, V-va W - ko‘rinishli, shuningdek bir silindri vertikal, boshqasi esa gorizontal yuzada joylashgan kompressor bo‘lishi mumkin.

Temir yul harakatdagi tarkibida eng keng tarqalgani porshenli bir, ikki va uch silindrli kompressorlardir.

Siqilishi bir bosqichli porshenli kompressordagi atmosfera havosining siqilishi va berilgan bosimgacha uni siqilishi bir silindrda porshenni ikki yurishi davomida sodir bo‘ladi.

Bir bosqichli sщilish jarayonini ko‘rib chiqamiz, bunda koordinatalar R bosimda - V hajmda nazariy indikatorli diagrammada to‘rt bo‘lakka bo‘linishi mumkin (rasm - 5.1 a, b).

Rasm - 5.1. Bir bosqichli kompressorning sxemasi (a) va uning ishini nazariy indikatorli diagrammasi (b).Porshen 4 o‘ngga harakatlanganda (diagrammadagi V nuqta) so‘ruvchi klapan 2 ochiladi va atmosfera havosi filtr 5 orqali silindrning 3 doimiy r1. bosimida AVS chiziq bo‘ylab ishchi bo‘shliqqa suriladi. V1 va V nuqtalardagi r0-r1 bosimlar farqi so‘ruvchi klapan qarshiligidan kelib chiqadi (bunda r0-atmosferali barometrik bosim).

Porshen 4 chapga harakatlangan vaqtda so‘ruvchi klapan 2 bekiladi va S nuqtada SD chiziq bo‘ylab havoni siqilish jarayoni boshlanadi. D nuqtada dam berib siqish klapani I ochiladi va havo doimiy rk bosimda BR bosh rezervuarga DG‘ chiziq bo‘ylab itarib chiqariladi. Porshenni orqaga harakatlanishida V0 hajmli zararli bo‘shliqda qavo G‘V chiziq bo‘ylab kengayadi. V nuktada kaytadan so‘rish klapani 2 ochiladi va havo r1 bosimda kompressor silindriga 3 VS chiziq bo‘ylab suriladi. SHundan so‘ng siqish jarayoni yana boshlanadi va sikl takrorlanadi.

Rasm - 5.2. Ikki bosqichli kompressorning prinsipial sxemasi (a) va uning ishini na zariy digrammasi (b).


Ikki bosqichli kompressordagi havoni siqish ikki silindrda ketma-ket bosqichlar orasida oraliq sovutish bilan amalga oshiriladi. SHunday kompressor ishini ko‘rib chiqamiz (rasm-5.2).

Porshenii 1 pastga birinchi yurishida klapan 3 ochiladi va birinchi bosqichli silindrga 2 doimiy bosimda atmosfera havosi so‘riladi. AVS so‘rilish chizig‘i, huddi bir bosqichda siqiluvchi kom­pressordagi kabi atmosfera barometrik bosimi chizig‘i pastrog‘iga, so‘rish klapani qarishligini engishdagi yo‘qotish kattaligiga teng bo‘lgan miqdorda joylashgan bo‘ladi.

Porshen yuqoriga yurishida klapan 3 yopiladi, ishchi bo‘shliq hajmn kamayadi va havo SD chiziq bo‘ylab sovitgichdagi 5 bosimgacha siqiladi, shundan so‘ng klapan 4 ochiladi va siqilgan havo DG‘ dam berib siqish chizig‘i bo‘ylab doimiy qarama-qarshi bosim bilan sovitgichga itarilishi sodir bo‘ladi.

Porshenni 1 keyingi pastga yurishi jarayonida zararli bo‘shliqda qolgan V0 hajmi siqilgan havoni G‘V chizig‘i bo‘ylab kengayishi sodir bo‘ladi, bu ishchi bo‘shliqdagi bosim kamayib va atmo­sfera bosimidii so‘rish klapani ochilgunga qadar davom etadi. So‘ng jarayon takrorlanadi.

Xuddi shunday kompressorning ikkinchn bosqichi havoni G‘E chi­zig‘i bo‘ylab sovutgichdan 5 so‘rish bilan, ES chiziq bo‘ylab siqish bilan, SN chizig‘i bo‘ylab BR bosh rezervuarga dam berib siqish bilan, NG‘ chizig‘i bo‘ylab ikkinchi bosqichdagi zararli bo‘shliqda kengaytirishi bilan ishlaydi. SHtrixlangan yuza havoni oraliq (bosqichlararo) sovitilishi evaziga ishni kamayganligini harakterlaydi.

Havoni siqilish jarayonini ikki bosqichga bo‘lingani sababi, havo siqilishida 0,5 MPa bosimdan oshsa, uni temperaturasi sezilarli darajada ko‘tariladi, bu esa silindrlarning normal moylanishini qiyinlashtiradi. Havo isishi bilan kompressor ishiga energiyani sarflanishi oshadi. SHuning uchun birinchi bosqich silindrlarini bo‘shlig‘ida havoni siqilishi 0,2-0,4 MPa bosimgacha bajariladi. So‘ngra shu bosimgacha siqilgan havo sovitgichga uzati-ladi, undan esa ikkinchi bosqich silindri bo‘shlig‘iga so‘riladi, bunda u so‘nggi 0,75-0,9 MPa bosimgacha siqiladi.

Lokomotivlarda, elektropoezdlarda va dizel-poezdlarda qo‘llaniladigan kompressorlar ba’zi qism va detallarining qurilmali bajarilishi bilan farqlanadi (rasm - 5.3). Harakatdagi tarkibda qo‘llaniladigan asosiy kompressor turlarining prinsipial sxemalari: a - uch silindrli, silindrlarini joylashuvi W- ko‘rinishli, ikki bosqichli KT6, K-2 turdagi; b - ikki silindrli gorizontal E-500 turdagi; v - ikki silindrli gorizontal bir bosqichli EK-7 turdagi; g - ikki silindrli silindri joylashuvi V-ko‘rinishli, ikki bosqichli PK-35 turidagi; d -ikki silindrli ikki bosqichli differensial porshenli K-1 tu­ridagi; e - ikki silindrli silindrlarini joylashuvi 90° ostida VPZ-4/9 turidagi; j - bir silindrli vertikal ikki bosqichli VV-1,5/9 turidagi; z - uch silindrli vertikal M-135 turidagi; 1 - so‘rish filtri; 2, 3 - past siqish bosqichi silindrlarning so‘rish va dam berib siqish klapanlari; 4 - past siqish bosqichini silindr va porsheni; 5 - sovitgich; 6,7 - yuqori siqish bosqichi silindriniig so‘ruvchi va dam berib siquvchi klapanlari; 8 - yuqori siqish bosqichining silindr va porsheni; BR - bosh rezer-vuarlar; At - atmosfera havosi.

Kompressorlarning texnik harakteristikalari ularni tuzilma­li hususiyati, kompressiya jarayonida havoni sovutish sharoiti va iste’molchiga chiqishi, shuningdek qism va detallari - so‘rish klapani, porshenlari, filtrlari va boshqalarni tayyorlanish sifatiga bog‘liqdir.



Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish