Mustaqil ish mavzu: Xarakat xafsizligini taminlovchi zamonaviy tormoz uskunalari



Download 0,91 Mb.
bet2/4
Sana01.07.2021
Hajmi0,91 Mb.
#106278
1   2   3   4
Bog'liq
TVE 686 Qurbonboyev B. tormozdan

5.2. KT6, KT7 turidagi kompressorlar.
KT6, KT7 turidagi kompressorlar TEZ, TE7; 2TEP60, TEM 1 va TEM2 turidagi teplovozlarda qo‘llaniladi.


KT6 turidagi kompressor (rasm-5.4) uch silindrli bo‘lib, ular korpusga (karteriga) 1 shpilkalar bilan biriktirilgan va bir vertikal yuzada joylashgan. Ikkita bir xil silindr 2 past siqish bosqichli bo‘lib, egilibroq o‘rnatilgan, yuqori siqish bosqichli kichikroq diametrli silindr 6 vertikal o‘rnatilgan. Silindrlar 9 va 4 qopqoqlari bilan bekitilgan, ularda esa ikkitadan bir xil turdagi so‘rish klapani 19 va bittadan dam berib siqish klapani 23 bor. So‘rish klapanlari ishlashdan bo‘shatish uskunasi bilan jihozlangan bo‘lib, u kompressorni bo‘sh ishlashida ochiq holatda ushlab turishi uchun hizmat qiladi. Bu uskunalar harakatini bosim to‘g‘irlagichi boshqaradi.

Qopqoq va silindrlar bo‘ylama sovutish qovurg‘alari ko‘rinishida bajarilgan. Har bir 11 va 5 porshenlariga ikkita zichlashtirish cho‘yanli xalqalari va ikkita moy ajratuvchi o‘rnatilgan. Shatunlar 12 bir uchidan barmoqlar 10 yordamida porshenlar bilan, boshqasi esa - uchta shatunlar uchun umumiy bo‘lgan, 14 kalenli valning shatunli bo‘yinchasiga o‘rnatilgan boshchasi 13 orqali birlashgan. Valni o‘zakli bo‘yinchasiga soqqali podshipniklar 15 presslab o‘rnatilgan, ularnn tayanchi bo‘lib kompressorni qopqog‘idagi va korpusidagi ini xizmat kiladi. Qovurg‘asimon quvurchalardan tayyorlangan sovutgich 8, siqishning birinchi va ikkinchi bosqichi orasidagi havoni oraliq sovutilishi uchun mo‘ljallangan. U ikki seksiyaga bo‘lingan bo‘lib, ularnn har biri past siqish bosqichi silindrini biriga birlashtirilgandir. Kompressorni sovutish uchun kalenli valdan keltirilgan 4 lopastli (parrakli) ventilyator ko‘zda tutilgan.

Kompressorning moylanish sistemasi kombinatsiyalangan. Kalenli valni bo‘yinchasi, shatunlar vtulkalari va boshqa detallar moyli nasos 16 tomonidan hosil qilinadigan bosim ostida moylanadi. Nasos valiga kalenli val bilan birlashtirilgan. Aylanish chastotasiga bog‘liq holda shatunlar va kalenli valni kanallariga moyni uzatishni to‘g‘irlash uchun reduktor 17 bor. Moyni bosimi manometr 20 bo‘yicha aniklanadi; kalenli valni eng katta 850 ayl/min aylanish chastotasida bosim 0,25 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak.

Silindrlar, porshenli xalqalar va soqqasimon podshipniklar kompressorning aylanma va keltiriluvchi qismi harakatlarida moyni sachratilishi yo‘li bilan moylanadi.



Rasm -5.4. KT6 turidagi kompressor, a - uchta silindrlari bo‘yicha qirqim; b - vertikal silindr bo‘yicha qirqim.
Karterda sapun bo‘lib, u porshenli xalqalarni zich bo‘lmaganidan kompressor bo‘shlig‘ida bosim oshganda havoni chiqarib yuborish uchun orqaga qaytarish klapani va sochsimon filtrdan tashkil topgan.

Silindrlar yuqorigi flansalarida klapaili qutilar mahkamlangan. Qutilar korpusi 10 (rasm-5.5.) cho‘yandan quyilgan va sovitish qovurg‘alariga ega. Korpus ichida ikkita bo‘shliq bo‘lib, ularga dam berib siqish 9 va so‘rish 7 xalqasi bir xil tuzilmali plastinkasimon klapanlar o‘rnatilgan bo‘lib, montaji va plastinkalarini ochiliishii yo‘nalishi bilan farqlanadi. Har bir klapan plastinkasi egariga uchta prujina bilan siqilgan. Plastinani ko‘tarilish balandligi egarga shpilka va tojsimon gayka orqali birlashgan tayanch bilan chegaralangan. Siqib dam berish klapani qopqoqqa 12 bolt 13 gaykasi bilan buralgan bo‘lib, u ta­yanch 11 bilan ushlab turiladi, ikkinchi bosqich so‘rish klapani stakan bilan mahkamlanadi, u esa quti korpusiga burab kiritilgan uchta bolt bilan siqib qo‘yilgan.



Rasm - 5.5 Birinchi siqish bosqichining klalanli qutisi.


Birinchi bosqich so‘rish klapani qopqoqni I bevosita pastki qismiga siqiladi. Har bir qopqoq to‘rtta gaykali shpilka bilan mahkamlangan.

So‘rish klapanini bo‘shatish uskunasi 2 porshendan tashkil topgan bo‘lib, u rezinali diafragma 14, tortishli bolt 4 va uchta 8 barmoqli 5 tayanch bilan zichlashtirilgan, ular esa klapanli plastina bilan o‘zaro harakatlantiriladi. Prujinalar 3 va 6 tayanchni porshen bilan yuqoriga siqib turadi.

Kompressorni ishlashini ko‘rib chiqamiz (rasm-5.4ga qarang). Porshen II pasla yurganda atmosfera havosi filtr 3 va so‘rish klapanlari 19 orqali past siqish bosqichi splnndrlariga PSBS so‘riladn. Boshqa PSBS porsheni bu vaqtda yuqoriga harakatlanadi, shuning uchun bir vaqtni o‘zida bir PSBS havoni so‘rilishi va boshqasida siqilishi sodnr bo‘ladi. Porshenni orqaga yurishida havo siqiladi (siqilishni birinchi bosqichi) va klapan 23 orqali sovutgichni yuqori kollektoriga 7 quvurlar bo‘ylab dam berib siqiladi, u erdan pastki kollektorga 18 havo oqib o‘tadi va sovutgichni ikki seksiyasi uchun umumiy bo‘lgan kamerasiga 21 ko‘tariladi. Bu kameradan 19 klapanlar orqali yuqori siqish bosqichida (YUSB) uni porsheni pastga yurganda havo so‘riladi. SHu silindr porsheni orqaga yurishida havo siqiladi (siqishin ikknnchi bosqichi) va dam berib siqish klapani va orqaga qaytarish klapanlari orqali sovituvchi ilmoqsimon havo quvuri bo‘yicha regulya­tor orqali aniqlanadigan bosim o‘rnatilguncha bosh rezervuarlarga dam berib siqiladi.

Komnressorning ishchi tartibi yukdan bo‘shatish uskunasi diafragmasi 14 ustida atmosfera bosimida o‘tadi (rasm-5.5ga qaralsin). Bunda tayanch 5 barmoqlari 8 bilan egarga bemalol tayanib turuvchi so‘rshn klapanidan yuqoriga prujina 6 bilan siqilgan.

Bosh rezervuarlardagi bosim belgilangan eng chetki bosimga etsa, regulyator diafragma 11 ustidagi bo‘shliqda iste’mol magistra­li bilan aloqalaydi, porshen 2 pastga tushadi va prujina 6 kuchinn engib, prujina 3 bilan tannchni 5 siqadi, u esa barmoqlari 8 bilan so‘rish klapanini ochnq holatida ushlab turadn. Bunda kompressor havoni siqmaydi, chunkn uni silnndrlarida berk bo‘shliq hosil bo‘lmaydi. Havo barcha uchta so‘rish klapanlarining silindrlari orqali erkin siqiladi, bu esa kompressorpi sovutishga ko‘maklashadi (birinchi bosqich silindrlaridan atmosferaga, ik­knnchn bosqich silindridan sovutgichga).

Kompressor bo‘sh ishlashi bosh rezervuarlardagi bosim belgilangan kattalikkacha kamayguncha ishlaydi. SHundan so‘ng yukdan bo‘shatish uskunasi o‘chnrnladi va kompressor qaytadan bosh rezervuarlarga havoni dam berib siqishni boshlaydi.

Kamera 21 korpusiga (rasm-5.4 ga qarang) saqlash klapani 22 buralgan bo‘lnb, u 0,45 MPa ga to‘g‘irlab qo‘ynlgan va YUSB kla­panlari nosozligida sovutgichdagi bosim o‘ta oshib ketganlignii ogohlantiradi.

KT6 va KT7 kompressorlari taqsimlash reduktori va muftasi orqali dizelni kalenli validan keltirgichga ega; yukdan bo‘shatish uskunasi kalenli val aylanganda foydasiz ish bosqichiga o‘tishini ta’minlaydi.

KT7 kompressorlarining bu ikkn turi kalenli valining aylanishini yo‘nalishi bilan farqlanadi; KT6da vali soat millari bo‘ylab aylanadn, KT7da esa - aksincha, bunga keltnrgich tomonndan qarash kerak. Moyli nasos va ventilyator keltirgichi tegishli ravishda kalenli valni aylanishni yo‘nalishi bo‘yicha o‘rnatilgan.

KT6 - El turidagi kompressor KTb kompressorining tuzilmasini bir muncha o‘zgartirilgan ko‘rinishidir. Kompressor vali elektrodvigatel vali bilan mufta va reduktor (yoki reduktorsiz) orqali keltirgichdan iborat. Kompressor karterida qnshda moylanuvchi moyni muzlab qolishini oldini olish uchun quvursimon elektrodvigatel o‘rnatilgan.

1KT turidagi kompressor KT6 kompressoridan ventilyatorini yo‘qligi bilan farqlanadi, past bosqichli va yuqori bosqichli siquvchi silindrlar bir vertikal yuzada emas, parallel joylashgandir va barcha silindrdagi sovutish qovurg‘alari bo‘ylama emas, xalqasimon qilingan.

Rasim - 5.6 Elektravoz kompressorining AK 11 bosim regulyatori





Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish