Toshkent tibbiyot akademiyasi. I ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi. Iqtisodiyot nazariyasi fani Mavzu: 3- tovar ishlab chiqarish va pul Mavzu: Tovar ishlab chiqarish va pul



Download 77,5 Kb.
bet3/7
Sana12.01.2017
Hajmi77,5 Kb.
#341
1   2   3   4   5   6   7
II. Tovar va uning xossalari.

Maxsulotni tovar shaklida ishlab chiqarish - bu ijtimoiy ishlab chiqarishning muayyan tuzilishi bo‘lib, bunda kishilar o‘rtasida iqtisodiy munosabatni bozor orqali, ularning mexnat maxsulotlarini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo‘ladi.

Tovar sotishdan maqsad uning o‘rniga boshqa tovarlarni sotib olish extiyojini qondirishdir. Bu shaxsiy extiyoj bo‘ladimi yoki ishlab chiqarish extiyoji bo‘ladimi, farqi yuq.

Ishlab chiqaruvchi ayni bir vakqda iste'molchi xam bo‘ladi. U bir tomondan sotuvchi bo‘lsa, boshka tomondan xaridordir. Kishilarning mexnati bozor orqali jami mexnatning bir qismi ekanini ifodalaydi.

Tovar nima? Tovar eng avvalo o‘z iste'moli uchun emas, balki boshqa maxsulotlarga bozorda pul vositasida ayirboshlash uchun yaratilgan mexnat maxsulidir.

Tovar ishlab chiqaruvchilar esa individual (yakka) ishlab chiqaruvchilar va ishlab chiqaruvchlar jamoasidan (korxona) iboratdir.

Xozirgi sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar: firma, kompaniya, zavod, fabrika, yakka tartibda ishlovchi fermer xo‘jaligi, dala xovli egasi, tomorqa xo‘jaligi egasi, kooperativlar, jamoa va davlat xo‘jaligi, jamoat tashkilotlari...

Ular bir-biri bilan bozor orqali aloqa qilishlari kerak. Ularning tovar ishlab chiqarib, daromad topishdan iborat maqsadlari bor, ular bir-biridan aloxidalashgan, xar birining o‘z manfaati mavjud.

Tovar ikki xossaga ega:

a) iste'mol qiymati

b) qiymat.

Tovarning iste'mol qiymati maxsulotlarning foydali tomonidan kishilarning biron bir iste'molini qondira olish qobiliyatidan iborat va xar qanday jamiyat boyligining moddiy mazmunini tashkil etadi.

Xar bir tovarning nafligi bor. Lekin u o‘zini yaratuvchisining extiyojlarini qondirmaydi, balki boshqa kishilarning extiyojlarini qondiradi. Uning nafligi o‘zgalar uchun, uning iste'mol qiymati ijtimoiy xisoblanadi.

Iste'mol qiymati tovarning boshqa tovarlarga ayirboshlash imkonini bergani uchun u o‘zining yaratuvchisini qiziqtiradi.

Tovarlarning almasha bilish xususiyati ularni almashuv qiymati deb ataladi.

Almashuv qiymati qiymatning namoyon bo‘luvchi shaklidir. Qiymatga asoslanib tovarlar xisoblanadi va bir-biriga ayirboshlanadi.

Tovar ishlab chikaruvchilar qo‘lida qiymat sifatida, sotib oluvchilar qo‘lidaligida esa iste'mol qiymati sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun

xam tovar sotilmasa, u qiymat sifatida xam tan olinmagan bo‘ladi. Ushbu ziddiyat tovarlarning kerakligiga sifatli va arzon ishlab chiqarish orkali yechiladi.

Demak, maxsulot tovar bo‘lishi uchun ikki xususiyatga ega bo‘lishi kerak: iste'mol kiymatiga, ya'ni insonning biron-bir extiyojini qondirishi shart. Almashuv qiymatiga, ya'ni boshqa tovarga ma'lum miqdoriy nisbatda ayirboshlana olishi shart.

Bu tovar xususiyatlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Tovar iste'mol qiymati tariqasida iste'molga, almashuv qiymati tariqasida sotishga ishlab chiqarilgan.

Tovar ijtimoiy xususiyatga ega. Shu sababli kishilar tovarlarni olish-sotish orqali iqtisodiy munosabatlarga kirishadilar, bozor orqali aloqa o‘rnatadilar.

Tovarda gavdalangan mexnat ikki yoqlama xarakterga ega. Birinchisi -aniq mexnat. Ikkinchisi - umuman insonning mexnati va aqliy energiyasining sarfi - abstrakt mexnat.

Aniq mexnat tovarning iste'mol qiymatini, abstrakt mexnat tovarning qiymatini yaratadi.

Tovar qiymat manbai mexnatdir. Qiymat tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni bildiradi. Qiymat iqtisodiy kategoriyadir. Qiymat tarixiy kategoriya bo‘lib, tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi bilan bog‘liq. Tovar qiymatining miqdori individual ish vaqti bilan emas, balki ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan belgilanadi.

Ijtimoiy zaruriy ish vaqti jamiyat extiyojini qondirish uchun kerak bo‘lgan vaqtdir.

Ijtimoiy zarur ish vaqti bu - tovarlar aksariyat qismini yaratishga sarflangan vaqt bo‘lib, o‘rtacha texnika darajasi, mexnat malakasi va maxorati, shuningdek o‘rtacha mexnat intensivligi sharoitidagi sarfni bildiradi.

Qiymatga mexnat unumdorligini ta'siri, ya'ni unumdorlik oshsa qiymat kamayadi va aksincha.


Download 77,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish