IV. Qiymat konuni.
Qiymat deb maxsulot ishlab chiqarishga sarf etilgan mexnat miqdoiri tushiniladi. Mexnat sarflari jonli (ish kuchi sarflari) va buyumlashgan (ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va x.k.) turlarga ajratiladi.
Binobarin «tovarning qiymati» deganda uni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlari tushiniladi. Ishlab chiqaruvchining xar doim xarakat qilishiga, yangiliklarga intilishiga, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishga nima undaydi?
Bu savolga qiymat konuni javob beradi.
Qiymat qonuniga binoan tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi.
Bu qiymatning miqdori ijtimoiy zaruriy mexnat sarflari bilan o‘lchanadi.
«Ijtimoiy» degan ibora avvalo shuni bildiradiki, tovar qiymatining miqdori u yoki bu ishlab chiqarishning o‘ziga aloxida qilgan mexnat sarflari bilan emas, ijtimoiy zaruriy mexnat sarflari bilan o‘lchanadi, ya'ni ijtimoiy zaruriy mexnat sarflari ishlab chiqarishning mavjud ijtimoiy normal sharoitda va shu jamiyatda mexnat maxoratining va intensivligining o‘rtacha darajasida, biron iste'mol qiymatini ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan ish vaqti mexnat sarflaridir.
Agarda xususiy mexnat sarflari ijtimoiy mexnat sarflaridan kam bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi qulay iqtisodiy mavqyega ega bo‘ladi va iqtisodiy jixatdan rivojlanib, mustaxkamlanib boradi.
Bozor iqtisodiyotining eng asosiy talabi ishlab chiqaruvchi kam mexnat sarflab, ko‘p va sifatli mol ishlab chiqargandagina, kishilarning talab va extiyojini to‘larok qondirgandagina foyda ko‘rib ishlashi mumkin.
Demak, qiymat qonuni ijtimoiy mexnatni xisobga olish va tartibga solish va vaqtni tejashni rag‘batlantirish vazifalarini bajaradi.
Qiymat qonunining amal qilishi oxir oqibat ishlab chiqaruvchilarning tabaqalashuviga olib keladi. Tabaqalashuvning kechishi faqat sarf-xarajatlardagina emas, shuningdek bozor talabini xisobga olishga, unga moslasha bilishga xam bog‘liqdir.
Shunga ko‘ra qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchining mexnat unumdorligini o‘stirib borishga yoki boshqa bir tovar ishlab chiqarishga o‘tishga rag‘batlantiradi.
Demak, qiymat qonunining yana bir vazifasi - tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtirishidir.
Bozordagi tovar baxosi asosida qiymat yotadi. Shunga ko‘ra qiymat qonuni baxolar qonuni sifatida ko‘rinadi. Lekin qiymat qonunining vazifasi baxo qiymat bilan teng bo‘lganda xam, farq qilganda xam amalga oshaveradi. Chunki, eng yuqori unumdorlikka erishgan tovar ishlab
chiqaruvchilar, bir muncha vaqt yuqori daromad olib turishlari mumkin. Lekin bu bilan ularning axvoli butunlay kafolatlangan deb bo‘lmaydi.
Agar ular texnik va tashkiliy yangiliklarni, ko‘prok samara beradigan ishlab chiqarish yo‘llarini muntazam qidirib topib, ishlab chiqarishga yo‘llab turmasalar, bir muncha vaqtdan keyin o‘z ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin.
Shunga ko‘ra, qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni mexnat sarfini kamaytirish yoki kamaytirmaslikni tanlay olish erkinligidan maxrum qiladi.
Ular doim itisodiy tazyiq ostida bo‘ladilar va doimo ish vaqtini tejash imkoniyatlarini axtarish bilan shug‘ullanishga majburdirlar.
Tarix tajribasi - qiymat qonuni yaratadigan rag‘batlar va tazyiq g‘oyat samarali ekanligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |