III. Pulning vujudga kelishi.
Pulni tovar ayirboshlashning o‘zi yaratadi. Pul uzoq tarixiy rivojlanish maxsulidir. Tovar xo‘jaligining rivojlanishi tovar qiymatining ifodasi bo‘lishi pulni keltirib chiqaradi.
Dstlabki tovarlar pulsiz bir-biriga bevosita ayirboshlangan.
Almashuv xozirgi zamon shakliga yetib kelgunga qadar bir qancha bosqichlarni bosib o‘tadi. Qiymatning eng elementar shakli bo‘lib u bir tovar qiymatining boshqa tovarda gavdalanishidir.
Qiymatning oddiy shakli ayirboshlash endi vujudga keladigan vaqtga muvofiq keladi. Bu vaqtda u xali tasodifiy xarakterga ega bo‘lgan.
Misol: 10 metr mato = 2 qop g‘alla (nisbiy,ekvivalent)
Bunda tovar ekvivalent rolini g‘alla o‘ynagan.
Bu ayirboshlash dastlab tasodifiy bo‘lsa, keyinchalik esa mustaqil takrorlanib turgan. Maxsulotni ayirboshlash uchun ishlab chiqarganlar, keyin ortiqcha maxsulot paydo bo‘lgan, ular tasodifiy shaklda ayirboshlangan.
Bunga sabab, ayirboshlash ishlab chiqaruvchilar tasodifiy uchrashib qolgandagina yuz bergan. Ayirboshlash o‘ta sodda tusga ega bo‘lgan, ya'ni maxsulot ayirboshlanadimi yoki yo‘qmi - egasi uchun xech qanday iqtisodiy axamiyatga ega bo‘lmagan. Bunday ayirboshlash munosabatlarida qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli yuz beradi.
Tasodifiy ayirboshlash mexnat maxsulining tovarga aylanganligini ifodalaydi.
Mexnat taqsimoti va tovar ishlab chiqarishning o‘sishi almashinadigan tovarlar sonini ko‘paytiradi, qiymatning to‘la yoki kengaytirilgan shakli kelib chiqadi, almashish jamiyatda doimiy tus oladi.
Endi tovar qiymati bir necha tovarlarning qiymatlari bilan ifodalanishi mumkin bo‘ladi.
2 qo‘y = 2 qop g‘alla ; yoki 25 metr chit; yoki 3 boltaga kabi.
Qiymatning bunday shakli asosida tovar ayirboshlash orqali o‘sayotgan extiyojlarni qondirib bo‘lmaydi, chunki kerakli tovarlar topish uchun kup ovora bo‘linadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan ayirboshlanadigan maxsulotlar soni xam ortib boradi. Binobarin ayirboshlashda qiyinchilik ko‘payadi.
Asta sekin tovar orasidan xamma tovarlarga ayirboshlana oladigan va xamma tovarlar qiymatini o‘zida to‘la ifoda eta oladigan maxsus tovar ajralib chiqadi. Shunday tovar puldir.
Tovarlar dunyosidan chiqqan maxsus tovar qolgan barcha tovarlar uchun umumiy ekvivalentga aylanadi. Qiymatning kengaygan shakli asta sekin qiymatning ekvivalent (umumiy) shakliga aylanadi.
Xamma tovarlar o‘z qiymatlarini bir tovarda aks ettira boshlaydi.
8 qop g‘alla yoki
10 metr chit yoki = 1 qo‘y
-
bolta yoki
-
gr oltin
Bu yerda tovar-ekvivalent rolini bitta faqat bajargan - qo‘y. Endi barcha tovarlarning qiymati bir tovarda ifodalanadi.
Umimiy ekvivalent tovar xamma tovarlarga ayirboshlash xossasiga ega.
Xar xil xalklarda va tarixning turli boskichlarida ekvivalent vazifasini turli tovarlar bajargan.
Ishlab chiqarishning yanada taraqqiy etishi, tovar almashinuvining rivojlanib, savdo-sotiq ishlarining milliy doiradan chiqib ketishi, katta xalkaro bozorlarning paydo bo‘lishi yagona umumiy ekvivalent zaruratini keltirib chikargan.
Shu yo‘sinda qiymatning pul shakli kelib chikadi.
Xayotning o‘zi taqozo qilgan munosabatlar tufayli oddiy tovar ko‘rinishidagi umumiy ekvivalent o‘rniga pul shaklidagi ekvivalent maydonga keladi.
1 qop bug‘doy =
10 ta qo‘y =
10 kg choy = = 2 oltin
40 kg kartoshka =
0,5 tonna mosh =
Bunda oltin oddiy tovar emas, balki pul ko‘rinishini oladi. Pul shaklidagi qiymat quyidagilar bilan farqlanadi:
-
umumiy ekvivalentni faqat bitta tovar (pul) bajaradi.
-
Umumiy ekvivalentlik vazifasini bajaruvchi pul tor ichki
bozordan chiqib, davlatlaraor, xatto xalqlararo miqyosga tarqaladi,
kengrok xudud oladi.
Shunday qilib tovar ishlab chiqarishning uzoq vakt rivojlanishi natijasida pul vujudga keladi.
Pul nima?
Pul bu - shunday maxsus tovarki, u xamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi.
Xamma boshka tovarlar singari pul xam xam qiymat, xam iste'mol qiymatiga ega. Bu ma'noda u boshqa oddiy tovarlardan farq qilmaydi.
Pulga xos muxim belgi uning aloxida tovarligidir. Pul shunday kuchga ega bo‘ladiki, u umumiy ijtimoiy qiymatga ega xamma tovarlarni xarid etish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifoda etadi. Shu sababli, tovar-pul munosabatlari paydo bo‘ladi.
Pul rolini turli xalqlarda turli xil tovarlar o‘ynagan.
Nima uchun oltin pulga aylanadi?
-
Oltinning qiymati yuqori, xajmi kichik.
-
Oltinni bo‘laklarga bo‘linishidan qat'iy nazar sifati
butunligicha qoladi.
-
Savdo soxasidagi mayda muammolarni bajarish uchun oltinning
katta qiymatli bo‘lagi mayda kismlarga - tangalarga bo‘lina oladi.
-
Oltin yaxshi saqlanadi.
-
Oltin olib yurishga qulay.
Ammo oltinning pulga aylanishi tabiiy xossasidan emas, balki tovar bo‘lishidan kelib chiqadi.
Xar bir mamlakatning pul birligi bo‘ladi. Xozir dollar, dinor, rubl, lira, rupiy, funt sterling, marka, so‘m, tanga. Pulning moxiyati: qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, jamg‘arish, to‘lov vositasi, jaxon puli vositasida yaqqol nomoyon bo‘ladi.
"XX-asrning oxirida mamlakatlar birin-ketin oltin valyutaga, ya'ni mone-metal tizimiga o‘ta boshladilar. Bu xam Avstriyada 1893, Yaponiyada 1897, Rossiyada 1898, AQShda esa 1900 yilda sodir bo‘ldi. Angliyada oltin pul birligi XVII asrning oxirida, Germaniyada 1871-yilda, Gollandiyada 1877-yildan joriy etilgan edi.
O‘zbekiston xududida tarixan bundan xam oldinroq kumush va mis
tangalar muomalada bo‘lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507-yilda pul isloxoti o‘tkazgan.
Bizgacha Shayboniyxon (1501-1510) va Abdullaxon zarb etgan tangalar yetib kelgan.
Buxoro markazlashtirilgan — 1695-1709 yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |