SHifokor so‘zining "SH" - xarfi shirin suxanlikni, shijoatkorlikni, shafkatlilikni bildiradi,
Bir fozildan: "Kaysi fazilat- eng yaxshi fazilat sanaladi?", deb surasalar, u. "Kular yuzli, shirin so‘zli, xushmuomlali bulish", deb javob bergan ekan. SHifokorda shu fazilatlar bulmogi juda zarur. Bemorga eng birinchi -davo, bu - shirin so‘z.Uning o‘rnini bexisob dori-darmonlar xam bosa olmaydi. Deylik, unchalik og‘ir bulmagan bemorga turli noyob dorilarni berib, shirin so‘zimizni aytmadik. SHunda bemor, shifokor yaxshi so‘z aytmayapti, demak kasalim og‘irrok ekan shekilli, degan xayolga borish mumkin. SHu bois unda ruxiy bezovtalanshp boshlanib, axvolini yomonlashishi extimoli paydo bo‘ladi. Aksincha, og‘ir bemorga dorilarni berish bilan birga, shirin va muloyim so‘zlab, ko‘nglini ko‘tarsa, unda xatto tibbiyotga ma’lum bulmagan ximoya kuchlari xam ishga tushib, uni to‘zalib ketishi tezlashadi.
Mutafakkir shoir Alisher Navoiy: "SHifokor, muloyim so‘zli va bemor ko‘nglini ko‘taruvchi, andishali, xushfe’l bulmog‘i kerak", degan. U shijoatli, shafkatli tabibni Iso payg‘ambarga o‘xshatadi."Isoning ishi jonni davo bilan tanga kiritish bulsa, tabibning ishi tandan chikmokchi bo‘lgan jonni davo bilan chikarmaslikdir. Bunda shifokorning yuzi xasta kungilda sevimlidir, so‘zi esa, xastalarga shifodir", deydi.
So‘z bilan chindan xam jonga oro kirishi, lekin beixtiyor ogizdan chikkan ko‘pol, bema’ni so‘z to‘zatib bulmaydigan darajada insonga ziyon keltirishi mumkin.
YUrak xastaligadan o‘lib qolaman shekilli, deb qo‘rqayotgan, juda serxadik odamni bir tasavvur kiling. Agar shifokor shu bemorning yuragini eshitib, bor yo‘g‘i bir xursinib kuysa, bas, shundan keyin o‘sha bemorga xech kanday dori darmon naf bermasligi mumkin.
YAna- bu to‘g‘rida, A. S. Pushkinning shaxsiy shifokori bir bemorni so‘z bilan o‘ldirib kuyganini eslash kifoyadir. SHifokor jon berayotgan A.S. Pushkin yonidan endigina uyiga kelgan ekan. SHu payt uni boshka bir bemorni ko‘rib qo‘yishga chakirshibdi. U bemorni ko‘rib bulgach, bemor arang boshini kutarib; "Aytingchi doktor, menda to‘zalishga umid bormi, to‘zalib ketarmikinman?", deb surabdi. "Xech umid yo‘q, deb javob beribdi doktor. Nima bupti xammamiz xam bir kuni o‘lamiz, otaxon. Ana, Pushkinday ulug‘ shoir xam ko‘z yumib ketayaptiku, eshitayapsizmi? Pushkin-a! Siz bilan biz xam endi o‘lib ketaversak bo‘laveradi. SHu so‘zdan sung bemor ingrab, boshini yostikka tashlabdi va A.S.Pushkin bilan bir kunda, deyarli bir soatda vafot etgan ekan. Mazkur xolda shifokor o‘zini yo‘qotib, shijoatli, shafkatli bo‘lish o‘rniga o‘z burchini buzgan. Kurayapsizmi, xalkimizning: "So‘z kuldiradi, so‘z o‘ldiradi", degan nakli bejiz emas ekan.
Alloma Abu Ali ibn Ssho "SHoir tilni amiri bo‘lganidek, tabib badanning shoxidir. Tabibning vazifasi xastani davolash, u kim bulishidan, kanday masxabga, dinga mansubligidan kat’iy nazar, yoshmi-kari, erkakmi-ayol, o‘g‘ilmi- qiz, baribir kasal- uni oyokka turgazishi, dardiga ishfo berishi, o‘zgalarga begona yoki xirs ko‘zi bilan karamasliga, xasta kiz bulsa, o‘z kizini, o‘g‘il bulsa, o‘z o‘g‘lini, ayol bulsa o‘z onasini, erkak bulsa o‘z otasi, inisi, akasini kurayotgandek bulishi shart. Xastaga shirin so‘z, xushxulk, xushmuomala bilan yondoshmogi, uning dardli o‘zining dardi deb bilmogi, ogrisa ogrib, yiglasa yilgasa yiglab, ingrasa ingrab davolapsh kerak. Ammo, so‘kinsa so‘kinmasliga, dodlasa dodlamasligi, yomon ko‘ngilga bormasligi kerak", degan ekan.
SHuni unutmaslik kerakki, shifokor o‘zining shirin kalomi bidan bemor bilan birinchi mulokotdan sung, unda sogayib ketishiga ishonch, umid alangalarini yoka olsagina u yaxshi shifokor bula oladi. SHu bois xam XVIII asr olimi F. Volter: "Soishishga yarim sogayshp demakdir", degan bulsa, V,M. Bexterev "Vrach suxbatidan sung, bemor o‘zini engal xis kilmasa u vrach emas", deb uktiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |