Bioetika – tibbiyot va biologiyaning rivojlanishiga qarab yuzaga keladigan axloqiy, huquqiy va ijtimoiy muammolarni o‘rganuvchi bilim sohasi. Boshqacha qilib aytganda, bu borliqqa axloqiy munosabat mezonlari to‘g‘risidagi fan, jamiyat manfaatlarini ilm-fan tajovuzidan himoya qiluvchi institut, shuningdek tibbiyot sohasidagi axloqiy muammolarni hal qilish metodologiyasidir.
Bioetikaning asosiy maqsadi – insonni uning hayoti va sog‘lig‘iga tibbiyot va biologiyaning salbiy ta’siridan himoya qilish. «Bioetika» atamasini amerikalik mashhur onkolog vrach, olim va insonparvar Van Ranseler Potter (1911-2001) ilmiy muomalaga kiritdi.
Bioetika – bu amaliy etikaning yo‘nalishi bo‘lib, uning bosh maqsadi tug‘ilmoq, hayot va o‘lim, insoniyatning kelajagini davom ettirish kabi masalalarga fanning aralashuvini tahlil qilish, oqibatlarini baholash va ushbu jarayonlarning axloqiy qoidalarini ishlab chiqishdan iboratdir. Bioetika hozirgi zamon amaliy etikasining muhim yo‘nalishlaridan biri-inson hayotining eng oliy axloqiy qadriyat sifatida qaraydi. SHu bilan birga, inson hayotini saqlab qolish muammosini yaxshilik va yomonlikni farqlashning muhim mezoni, deb hisoblaydi. Hozirgi zomon fanida bioetika tirik mavjudotlar, shu bilan birga, insonga ham bo‘lgan munosabatlarning axloqiy regulyativi, deb qaraladi.
Bioetika maqsadlaridan biri – shaxsni turli holatlarga solish imkoniyatlarini yaratuvchi, inson xatti-xarakati, ruhiyatini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan, uning ustidan o‘tkazilayotgan xilma-xil tadqiqotlarni cheklash mezonlarini ishlab chiqadi. Bioetika muammolarini ishlab chiqishda faylasuflar, huquqshunoslar sotsiologlar, tibbiyot xodimlari va sotsial axloqshunoslar qatnashmoqda. Bioetika ilgari surayotgan muammolar juda muhim va rang-barang, ularni tahlildan o‘tkazish darajasi juda katta, bioetika ko‘rib chiqib hal qilayotgan masalalar juda muhim va dolzarbdir. Har qanday mamlakatda transplantatsiya, reanimatsiya, sun’iy urug‘lantirish, irsiy davolash zamonaviy vrach amaliyotining muayyan yo‘nalishlari hisoblanadi. Ilmiy bilim, shu jumladan tibbiy-biologik bilimlar ham universaldir.
Bioetika bugungi kunda vrach va patsient munosabatlarining axloqiy jihatlariga, evtanaziya va o‘limni aniqlash, inson a’zolarini transplantatsiya qilish, homila tushirish (abort), klonlash, irsiy injeneriya masalalariga alohida e’tiborni qaratmoqda. Akademik doiralarda «bioetika» tushunchasi aynan shu ma’noda qo‘llaniladi. Bunda tibbiyot etikasi tushunchasi o‘rniga ko‘pincha deontologiya tushunchasi qo‘llaniladi.
Klonlashtirish: Klonlashtirish atamasi ingliz tilidagi “clone”, “cloning” so‘zlaridan kelib chiqqan va hozirgi kunga kelib o‘z yozilishi , o‘qilishini biroz o‘zgartirgan . Ingliz tilida bu so‘z biologik termin sifatida yuz yillar oldin qo‘llana boshlagan . Biroq shu qisqa vaqt ichida o‘z ma’nosini bir necha marta o‘zgartirishga ulgurgan . Dastlab klon so‘zi vegetativ yo‘l bilan , ya’ni bir o‘simlik urug‘idan olingan o‘simliklar guruhiga nisbatan qo‘llangan . Oradan bir muncha vaqt o‘tib , ushbu atama bakteriyalar turkumini etishtirishga nisbatan ishlatilgan .
Transplantatsiya: Transplantatsiya – odam va xayvonlarda potologik jarayon natijasida shikastlangan yoki olib tashlangan to‘qimalar va organlar o‘rniga sog‘lomini ko‘chirib o‘tkazish . Xirurgiya usuli sifatida qadimdan ma’lum . Teri , muskul, nervlar , ko‘zning muguz pardasi , yog‘ , va suyak to‘qimasi , yurak , buyrak va boshqa organlar ko‘chirib o‘tkaziladi . Qon quyish- transplantatsiyaning alohida turidir . Ko‘chirib o‘tkaziladigan to‘qima yoki organ kimdan olinganiga qarab quyidagicha farqlanadi.
Autotransplantant-bemorning o‘zidan , allotransplantat - odamdan odamga , ksenotransplantat-boshqa individdan . Hozir buyrak transplantatsiyasi juda keng yo‘lga qo‘yilgan . Boshqa organlar , yurak , jigar , endokrin bezlar , o‘pka va boshqa organlarni ko‘chirib o‘tkazish maxsus klinikalarda bajariladi .
Ksenotransplantatsiya: Transpantalogiya- yashashga umid qolmagan, dori darmonlar foyda bermagan insonlarning so‘ngi chorasi va yashash uchun so‘nggi umidi bo‘lib qolmoqda. Lekin ushbu muammo bugungi kunda ko‘pgina jinoiy holatlarga ya’ni, inson organlarini sotish jarayonlariga olib kelmoqda. Ushbu muammolarni echimining bugungi kundagi yangi yo‘llardan biri hioblangan, insonga xayvonning organi yoki to‘qimasini ko‘chirib o‘tish – ya’ni ksenotransplantatsiyadir.
Donorlar: Donorlarning himmati tufayli xar yili millionlab insonlarning hayoti saqlab qolinadi.Ayniqa kamqonlik, oqqon,saraton kabi kasalliklarda tug‘ruq paytida va turli favqulotda holatlarda quyiladigan qonning ahamiyati kattadir. Donorlik inson qalbida ezgulik, vatanparvarlik, odamiylik tuyg‘ularini uyg‘otadi. Donorlarning himmati tufayli xar yili millionlab insonlarning hayoti saqlab qolinadi. Ayniqa kamqonlik, oqqon,saraton kabi kasalliklarda tug‘ruq paytida va turli favqulotda holatlarda quyiladigan qonning ahamiyati kattadir. Donorlik inson qalbida ezgulik, vatanparvarlik, odamiylik tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Hozirgi zamon amaliy etikasining muhim yo‘nalishlaridan biri-inson hayotining eng oliy axloqiy qadriyat sifatida qaraydi. SHu bilan birga, inson hayotini saqlab qolish muammosini yaxshilik va yomonlikni farqlashning muhim mezoni, deb hisoblaydi. Hozirgi zamon fanida bioetika tirik mavjudotlar, shu bilan birga, insonga ham bo‘lgan munosabatlarning axloqiy regulyativi, deb qaraladi. Insonning tabiat bilan uzluksiz aloqasini ma’naviy tahlil asosida, tabiatni muhofaza etishda axloqiy javobgarlik Bioetika etikaning madaniy negizini tashkil etadi. Bioetika, sotsial masalalar bilan birgalikda, qadriyatlar muammosini ham qamrab oladi. Bioetika maqsadlaridan biri –shaxsni turli holatlarga solish imkoniyatlarini yaratuvchi, inson xatti-xarakati, ruhiyatini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan, uning ustidan o‘tkazilayotgan xilma-xil tadqiqotlarni cheklash mezonlarini ishlab chiqadi
A bort: amaliy etikaning anchadan buyon ko‘pchilikka ma’lum muammosi , bu – abort. To‘rtinchi haftaning oxirida homilada dastlabki yurak urishi paydo bo‘ladi . Sakkizinchi haftaning oxirida esa miya tanasining elektrofiziologik faolligini kuzatish mumkin .Demak , har qanday abort, xalq ta’biri bilan aytganda , jonsiz qilish , tirik organizmni tiriklikka bo‘lgan huquqdan mahrum etishdir . Xo‘sh , abortni axloqsizlik tarzida baholash kerakmi yo yo‘qmi ?
O‘lim jazosi: O‘lim, ma’lumki, axloqiy nuqtai nazardan eng ulkan yovuzlik hisoblanadi. Ayniqsa majburiy o‘lim. SHunga ko‘ra, o‘lim jazosining huquqiy jihatdan qo‘llanilishi mohiyatan jamiyat tomonidan yovuzlikka qarshi yovuzlik bilan javob berishdir.Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom islom dinining uch asosi borligini aytib, ularning birinchisi odam o‘ldirmaslik ekanini ta’kidlaydilar. Buni imom G‘azzoliy «Mukoshafaat ul – qulub»da shunday keltiradi: «Termiziy va boshqa hadischilar rivoyat qiladilar: Rasulluloh buyurdilarki: … Islomning uch dasturi bor. Dinning tamoyili shular ustiga qurilgan. Kim shu asoslardan tashqari chiqsa, bu bilan u kofirlikka qarab ketgan bo‘ladi: 1 – Qonni (odam o‘ldirishni) halol hisoblasa; 2 – Ollohdan boshqa iloh yo‘qligiga guvohlik (shahodat) bermasa; 3 – Farz bo‘lgan namozni va ro‘zani inkor etsa».
Deontologiya etikaning burch va majburiyat muammolarini o‘rganuvchi bo‘limidir (atamani ingliz faylasufi Ieremiya Bentam XIX asrda muomalaga kiritgan). Bioetika amaliy etikaning eng rivojlangan va ishlab chiqilgan qismiga aylandi. Boz ustiga, bioetika mustaqil fan maqomiga ham da’vogar bo‘lishi mumkin, degan fikr ham ilgari surilmoqda.
1). Gippokrat modeli (460-377 b.e.) bo‘lib, asosiy tamoyili – «ziyon etkazma».
2). Paratsels modeli (1493-1541yy.) – paternalizmni qayd etib, ushbu modelning asosiy tamoyili - «ezgulik qil».
3).I.Bentamning deontologik modeli (1748-1832yy.) utilitarizm konsepsiyasini oldinga suradi. Ushbu modelning asosiy tamoyillari – «foydalilik tamoyili», «burchni bajarish».
4) V.R.Potter bioetikasi (1911-2001yy.) “inson xuquqi va qadr-qimmatini xurmat qilish tamoyili”, “ma’lumotli rozilik tamoyili”.
Robert Vich (1992) modeli
-Paternalistik modeli:
-Injenerlik modeli:
-Kontrakt modeli:
-Kollegial modeli:
Xozirgi zamon biotibbiyot etikasi negizida bemor va tibbiy xodimlar o‘zaro munosabatlarining bir qancha modellari aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |