Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali fakultet va gospital terapiya kafedrasi tibbiyot kasbiga kirish fanining



Download 10,74 Mb.
bet16/139
Sana20.04.2022
Hajmi10,74 Mb.
#566450
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   139
Bog'liq
Мажмуа ТКК 2020 lat

SHifokor so‘zining “R” xarfi - raxmdillikni, mexr-shafkatli bo‘lishni rostguylikni, reja asosida ish ko‘rishlikni bildiradi, Bu sifatlar shifokorda bo‘lmogi lozim.
SHularga amal kilgan xolda, shifokorlarimizning ko‘pchiligi o‘zlarining chukur bilimlari, xalol mexnatlari bilan el og‘ziga tushib, ularning xurmatlariga sazovor bulayotganliklarini ko‘rib quvonasan kishi. Lekin shu bilan birga ayrim shifokorlarning bemorlar dardini tulaqonli eshitmay, ular bilan yaxshi muomalada bulmay, shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yib, ularni tekshirishga etarli vaqt topmay, ular ishonchini qozona olmayotganliklarini guvoxi xam bo‘lmoqdamiz. Natijada ro‘znoma va oynoma saxifalarida ayrim shifokorlarni ayblovchi maqolalarni o‘qib kolamiz. Biz uo‘laymizki, bu shifokorlarda kasbga sadokat, fidoyilik, sabr-toqatlilik kabi fazilatlar etishmaydi.
Ularda shifokorning xar bir qabulida, xar bir yozuvida, inson xayoti, uning oila a’zolari, karindosh- uruglarining qam-tashvishlari turganligini xissi ko‘rinmaydi.
YUqoridagi shifokorga xos ijobiy fazilatlar o‘rta va kichiki tibbiyot xodimlari (xamshiralar va enagalar) uchun xam tegishlidir, CHunki ular bemorlarni davodashda shifokorning asosiy yordamchilaridir.
Xamshira o‘zining butun ish kunini bemorlar o‘rtasida o‘tkazadi. Eng qiyin va og‘ir sharoitlarda u shifokor bilan yonma-yon turadi, shuning uchun xam bemor xayotini asrab qolishda, davolashda uning xissasi shifokornikidan kam bo‘lmaydi. Xamshira xushmuomala bulishi, shoshmay va xovliqmay ishlashi lozim. Uni bemorlar bilan turli mavzularda suxbatlashishiga to‘g‘ri keladi. SHu bois, xamshiraning madaniy saviyasi, nutki, dunyokarashi, bilimi katta axamiyat kasb etadi. Xamshiralar guyoki osuda va unchalik sezilarsiz kundalik mexnatlari bilan chinakam jasorat kursatadilar.
Bemor shifoxonada davolanibgina kolmay, parvarishga xam muxtoj bo‘ladi, Xuddi shu parvarishda enagalar xizmati bekiyosdir. Ular xam kun davomida bemorlar orasida bo‘ladi. Ularning bajaradigan vazifalari xilma-xil bemorlarga karash, ularni joylashtirish, urin-kurpasini to‘zatish, kiyim-boshini almashtirib turish, tuvak tutish, grelkalarni, mo‘z solingan rezina xaltalarni tayyorlab berish, xonani yigshtirib, uni ozoda saklash, xavosini almashtirish, bemorlarga ovkat tarkatish va xokazo. Enaga tibbiyotning ba’zi bir masalalarida boshlangich ma’lumotga ega bulishi, kezi kelganda, bemor ogir bulib kolganda (baxtsizlik yuz berganda) u birinchi tibbiy yordamni kursata olishi zarur. U bemorning ruxiy xolatini yaxshi tushunishi, bemorga nisbatan mexribon va xayrixox bulishi lozim.
Bizning texnika va avtomatika asrimizda ba’zi bir murakkab bulmagan elektr asboblar, apparatlarni nazarda tutganda enaga texnik jixatdan xam savodli bulishi kerak. Umuman olganda, xozirgi kunda enagalarni kichik tibbiyot xamshirasi deb atash kerak, deganlari mutlako to‘g‘ri.
SHifokor, xamshira, enaganing bemorlarni davolashda axillik, yakdillik bilan kilgan ishpari, bu juda katga kuchdir. SHifokorning xamshira va enagaga beradigan xar kanday tanbexi bemor yoki uning karindoshlari oldida yuz berishiga aslo yo‘l kuimaslik kerak. Kamchiliklarni bartaraf kilish xususida o‘zaro xurmatni saklay bilish lozim, O‘zaro xurmat, bir-birini tushuna bilish, xushmuomuomilalik butun jamoaga singib ketishi zarur. Ana shundagina xar bir shifokor, xamshira yoki enaga o‘z kalbining nakadar boy ekanligani anglab etadi.
SHu o‘rinda shifokor deontologiyasi muammolaridan biri bulgan-
"YAtrogeniya" xakida so‘z yuritmok joizdir. YAtrogeniya - bu vrachning yoki o‘rta va kichik tibbiyot xodimining noshud suxbati, nojo‘ya ko‘rsatmalari, qo‘pol xatti-xarakatlari, bilimsizligi, lokaydligi yoki bir yomon so‘z bilan bemorda paydo bo‘ladigan yangi kasallikdir. Bu xolat tibbiyot xodimlari ichida o‘z deontologik burchlarini tula tushunib etmaydiganlar borligidan dalolat beradi. Bundaylar vrachlik sha’niga dog‘ tushiradilar.iSHunda bemorlarning tibbiyot xodimlaridan ishonchi kochib, dardlariga davoni boshka, tibbiyotdan bexabar insonlardan axtarishga tushadilar.
SHu o‘rinda V.A.Garatskiyning: "Bemor xuzurida gaplar tugatilib, kulgiga chek qo‘yilishi kerak, negaki bu erda xastalik xukmronlik kiladi", degan xikmatni eslab qo‘yish kerak. YUlgichlik, poraxo‘rlik, ta’magirlik kabi xislatlar shifokorlik deontologiyasiga mutlak ziddir.
YAna shuni aytib o‘tish kerakki, tibbiyotga texnika dadil kirib kelayotgan bir paytda yirik olimlarimiz, akademiklar I.A.Kassirskiy, E.I.CHazov, N.N.Bloxin, I.K.SHxvatsabaya kabilar o‘zlarining turli matbuotdagi chikishlarida tibbiyotning insonparvarlik prinsiplarini asrab- avaylab saqlash kerakligi, unda texnikaning ustun kelishiga yo‘l kuymaslik to‘g‘risida ogoxlantiradilar.
Tibbiyotning texnik tarakkiy etishiga xarakat kilish zarur albatta, birok, bunda shifokorning eng kimmatbaxo sifatlari-kishilarga mexribonlik, ochik yuzlilik, odamiylik kabilarni yo‘qka chikarib yubormasligimiz lozim. Nechoglik texnik kurollinganligiga karamay tibbiyot insonlar bilan shug‘ullanishdan qaytmaydi.
Zero ba’zan shifokorlar tekshirishning murakkab diagnostik usullariga berilib ketadilar, unchalik axamiyati bo‘lmagan kasalliklarni xam kengrok tekshirishga kirishib ketadilar va bemor bilan muloqotda bo‘lish san’atidan uzoqlashadilar. Ular tekshiruvlar fakatgina bemorning manfaati uchun xizmat kilishi kerakligini unutib kuyishadi, natijada kerak bo‘lmagan bir vaktda bir qancha taxlil qogozlari va boshqa ko‘plab ma’lumotlar to‘planib koladi.
Bu tekshiruvlarni tavsiya etgan shifokor, ma’lum bir reja asosida ish ko‘rmaganligi va xatto natijalarni o‘rganib chikishga xam xarakat kilmaganliga o‘z-o‘zidan ayon bo‘ladi kuyadi. Tibbiyot amaliyotida laboratoriya, texnika usullarining yagona xukmron bo‘lishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas.
SHifokor eng tarakkiy etgan diagnostika texnikasidan foydalangan takdirda xam, bemorning shaxsini o‘rganishi, uning tashvishlari, xis-xayajoni, ruxiy xususiyatlarini o‘ziga olishi zarur. Bemorga samimiy munosabatda bulish, kungilni kutaruvchi bir ikki ogiz so‘z, sogayishga ishonch uygotish -bular xammasi xozirgi kunda davolash-profilaktik vositalari xazinasidan urin olib kelishi kerak.
Eramizning 5 asrida ijod kilgan yunon xakimi Gippokrat (Suqrot) o‘sha davrlardayok: "Qaerda insonlar sevilsa, o‘sha erda tibbiyot san’ati ardoklanadi" deganligi xam bejiz emasdir.
Gippokrat: "SHifokor tibbiyotga donshmandlikni olib kirishi, faylasuf bo‘lishi lozim. Faylasuf xam, shifokor xam xalollik, nomuslilik, yaxshi nom, kungil xotirjamligi, bama’ni nutk, amaliy xayotda kerakli va foydali narsalarni bilan, ulug kalb egasi bulish kabi xislatlarga ega bulishi kerak", deb ta’kidlaydi.
Ko‘pincha yosh shifokorlar bemorni tarbiyalash o‘z vazifalariga kirishini unutib kuidilar. Bemorni noto‘g‘ri xayot kechirish tarzini o‘zgartirish kerakligiga, zararli odatlardan voz kechishga ishontirish, muttasil ravishda, oxista davolanish mumkinligiga ishontirish, o‘z-o‘zini davolash xarakatlaridan voz kechtirish - bu kasallikka karshi kurashda bemorning o‘zining faol yordamchisi, ittifokchisiga aylantirmok demakdir.
Tibbiyotni o‘qib o‘rganish oson emas. SHuninng uchun xam bu soxani tanlagan xar bir inson tirishkokligi bilan uni muttasil ravishda egallaydi. Aklli, moxir shifokor xech kachon xamkasblariga gayirlik qilmaydi, ularning obrusiga putur etkazmaydi.Boshkalarni mensimay, "o‘zim bilaman" deb davo kilmaydi. Ilmda undan xam yuqori zotlar borligini unutadi. Kasbga sadokatli va bemorlarga mexr-shafkatli, ilmli bulgan shifokor xar kanday dardga davo topa oladi.
SHifokor omma bilan eng yakin va o‘zviy munosabatda bo‘ladigan faol jamoatchi xodimdir. SHunga kura, bu xodim o‘z suxbatdoshidan bilim va madaniyati bilan ajralib turishi kerak.
Bo‘lajak shifokorlarni deontologik jixatdan tarbiyalash borasida tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida olib borilayotgan ayrim tadbirlar dikkatga sazovordir. Bularga kirish imtixonlaridan muvaffakiyatli utgan yoshparni "Talabalikka Qabul kilish", "Sinov daftarchasini topshirish", birinchi bor klinikaga kadam kuigan 3-boskich talabalari uchun "Klinikaga yo‘l" tadbirini, talablar ilmiy jamiyatining yillik anjumanlarini muntazam ugkazib borilishi, O‘zbekiston Respublikasi qasamyodini bitiruvchilar tomonidan yakka-yakka tarzda Qabul kilish, ular bilan xayrlashuv kechalarini o‘tkazish, undan tashkari, turli ommaviy-tarbiyaviy bayramlar:"Xotin kizlar bayrami", "Navro‘z", "Til bayramlari"ni o‘tkazish marosimlarinin kiritish mumkin.
SHifokorlik kasbi xakida donolar aytadi:
SHifokorning avval ko‘zi shifoli,
Qolaversa, ochiq yuzi shifoli.
SHifo uchun dori-darmondan xam,
Ikki ogiz shirin so‘zi shifoli.
Tabibning bag‘rida bir necha xislat,
Bo‘lmog‘i vojibdir, ey oliy ximmat.
Nasixat qilguchi bo‘lsin odamga,
Gunoxin kechirsin, qo‘ymasin g‘amga.
Bachkana xazilu, kulgidan qochsin,
Qadri, e’tibori kam bo‘lmay, oshsin.
Kattayu-kichikka bo‘lsin mexribon,
So‘zi to‘g‘ri bo‘lsin, axloki omon.
Igvogar bo‘lmasin, kibrdan qochsin,
SHirin so‘zlar ila og‘zini ochsin.

  • SHifokordan ming marta yaxshi kayfiyat talab kilinadi, chunki, u injik, kaysar xasta bilan ish kuradi.

  • Moxir jarroxda burgutning ko‘zi, sherning yuragi, ayolning kuli bulishi kerak.

  • Besh narsa shaxarni bezaydi: g‘olib xokim, odil qozi, obod bozor, moxir shifokor va azim daryo.

  • SHifokor doim xizmatga tayyor turishi, tajribali va vijdonan pok bulishi zarur. Ammo u zinxor yalkov va ochko‘z bulmasin.

  • SHifokorning shifo topolmay ojiz kolganini bemor aslo sezmasin.

  • No‘noq yozuvchi, chala rassom, iste’dodli artist bulishi mumkin.Ammo yomon shifokor bulishi aslo mumkin emas. Bu - jinoyat.

  • SHifokorning bemor xuzurida paydo bulishi, uning birgina shirin kalomi bemorni darddan tezrok forig bulishiga yordam beradi.

  • Tabibning yuzi - kasalning ko‘ngliga maxbub, so‘zi - bemorning joniga marg‘ub, nafasi-darmonsiz, nimjonlarga davo, kadami bemorlarga shifodir. Uning kurinishi bemorlarga najot bagishlaydi, bergan sharbati, dori-darmon obi-xayot demakdir.

ETIKA
«Etika» so‘zi yunoncha – «aethos» degan so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, yurish-turish, axloq degan ma’nolarni bildiradi.
Axloq deganda, kishilarning bir-biriga munosabati, shuningdek, jaimiyatga, muayyan sinfga, davlatga, vatanga, oilaga va hokazolarga bo‘lgan munosabatini tartibga solib turadigan va shaxsiy e’tiqodini, an’analari, tarbiyasi, hamda xulq-atvor normalari majmui tushuniladi.
Axloqiy tushunchalarga ming yillik tarixga ega bo‘lgan «burch», «javobgarlik», «qadr-qimmat», «vijdon», «nomus» ,«sharaf» va «baxt» tushunchalari kiradi. Tibbiyot etikasining uzoq asrlardan bizgacha etib kelgan dastlabki konsepsiyalari qadimgi hind kitobi «Ayuveda» («Hayot bilimi», «Hayot ilmi»)da qayd qilingan bo‘lib, unda shifokorga rahmdil, xayrixoh, adolatli, sabr-toqatli, og‘ir-bosiq bo‘lish va har qanday sharoitda ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik tavsiya etilgan. SHifokorning vazifasi kishilarning sihat-salomatligini yaxshilash to‘g‘risida doimo g‘amxo‘rlik qilishdan iborat. Tibbiyot xodimi qanday bo‘lmasin, bemorning hayoti va sog‘lig‘ini saqlab qolishi lozim.
Tibbiy axloq qadimgi YUnonistonda katta taraqqiyotga erishdi va Buqrot qasamyodida namoyon bo‘ldi. Buqrot qasamyodi umuman tibbiy axloqning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Keyinchalik tibbiyot o‘quv yurtlarini bitirib chiqqan o‘quvchilar ham qasamyod qabul qila boshladilar, unga Buqrotning axloqiy nasihatlari asos qilib olingan.
Tibbiy axloqning asosiy vazifalari jamiyat va bemor kishi salomatligi yo‘lida halol mehnat qilish, hamisha va har qanday sharoitda ham tibbiy ynrdam ko‘rsatish, bemorga diqqat-e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lish, o‘zining barcha xatti-harakatlarida yuksak insoniy qoidalarga rioya qtlish, tibbiyot xodimining mas’uliyatini anglash, o‘z Vataniga mexir-muhabbat va sadoqatni, internatsional burchga sodiqlikni tarbiyalash, yuksak insonparvar kasbning oliyjanob an’analarini saqlashdan iboratdir.
«Burch» tushunchasi kasb yoki ijtimoiy munosabatlar asosida qaror topgan o‘z burchlarini bajarish vaqtidagi muayyan kasbiy va ijtimoiy majburiyatlar doirasini anglatadi. Burch to‘g‘ri bajarilmog‘i uchun u oxirigacha anglab etilgan bo‘lishi lozim. Bunday sharoitda kishida o‘z vazifalarini asosli ravishda bajarish ehtiyoji paydo bo‘ladi.
YUksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan va o‘z burchini yaxshi anglab etgan tibbiyot xodimi burchni tegishli talablarga muvofiq aniq va sifatli bajaradi. Tibbiyot xodimining burchi insonparvarlikni namoyish qilish va hamisha bemorga yordam ko‘rsatish, kishilarning jismoniy va ruhiy sog‘ligiga qarshi qaratilgan yoki ularning hayotiga xavf soluvchi xatti-harakatlarda qatnashmaslikdir.
«Javobgarlik» - tibbiyot xodimining o‘z burchini bajarish davomidagi zarur bo‘lgan saranjom-sarishtalik, mas’uliyatlilik, kasbini suiiste’mol qilmaslik va o‘z zimmasidagi vazifalarni to‘la ado etishda ifodalanadi. Har bir tibbiy xodim o‘zining pala-partishligi, engiltakligi, bemorlar ishonchini suiste’mol qilish va barcha xato hamda kamchiliklari uchun javobgarlikka tortiladi.
«Nomus» («sharaf») - tushunchasi, burch tushunchasidan ajralmasdir. «Nomus» tushunchasi umumiy ma’noda kishining ijtimoiy ahamiyatini (shaxs, fuqaro, o‘z ishining ustasi sifatida va hokazo ahamiyatini), ongliligini, ya’ni o‘z obro‘si va shuhratini, o‘z qadr-qimmatini saqlashga intilishini ifodalaydi.
«Qadr-qimmat» va nomus faqatgina shaxsning o‘z kasbining ijtimoiy ahamiyatini anglashi, unga bo‘lgan muhabbati va kasbidan g‘ururlanishigina emas, balki ma’naviy jihatdan takomillashishiga, ish malakasini va ish sifatini oshirishga bo‘lgan doimiy intilishidan ham iboratdir. Tibbiyotning etuk arboblari kasb qadr-qimmati va sharafi tuyg‘usini hamisha baland saqlaganlar. Bu esa xalqning tibbiyot namoyandalariga zo‘r ishonch bilan qarashiga sabab bo‘lgan.
«Vijdon» tushunchasi burch, sharaf va shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usi tushunchalari bilan hamohang. Axloqning boshqa tushunchalaridan farqli o‘laroq, vijdon tushunchasida kishining ichki axloqiy o‘z-o‘zini anglashi, o‘z xulq-atvori uchun javobgarlikni his qilishi, o‘z fikrlariga, his-tuyg‘ulariga va xatti-harakatlariga jamiyatda amal qilayotgan axloq normalariga muvofiq ravishda baho berishi namoyon bo‘ladi.
Vijdon kishining ichki axloqiy tuyg‘usidir. Vijdon axloqiy qadriyatlar, chunonchi, halollik va rostgo‘ylik, adolat va axloqiy soflik, boshqa kishilarning huquqlarini hamda o‘zining vazifalarini hurmat qilish kabilar bilan chambarchas bog‘liq. Keng xalq ommasining tushunchasida tibbiyot xodimi sof vijdonli, nihoyatda halol, adolatli va yuksak axloqli kishidir. SHuning uchun ham bemorning o‘z dilidagini tibbiyot xodimiga aytish istagida bo‘lishi, undan kasalligidan xalos qilishini kutishi tabiiydir. Ko‘p kishilar shifokor bilan dildagi eng noyob kechmmalarmi baham ko‘radilar, maslahat so‘raydilar va faqat uning o‘zigagina ishonadilar.
«Baxt», baxtli hayot tushunchasi sog‘lomlik tushunchasidan ajralmasdir.Sog‘lik yaxshi bo‘lmasa, to‘liq baxtning bo‘lishi mumkin emas.
Tibbiyot xodimlarining xulq-atvori, axloqi muammolarini ko‘rib chiqish vaqtida asosiy va umumiy masalalarni alohida ajratib ko‘rsatish muhim, tibbiyot xodimi qaerda ishlashidan qat’i nazar, bu masalalarga amal qilishi, shuningdek, poliklinika, (dispanser) yoki kasalxonaning o‘ziga xos shart-sharoitlariga muvofiq ravishda xususiy masalalarga ham rioya qilishi zarur. Umumiy masalalardan shartli ravishda ularning ikkitasini ajratib ko‘rsatish mumkin:
“ichki madaniyat qoidalariga"— mehnatga to‘g‘ri munosabat, intizomga, jamoat mulkiga ehtiyotkorlik bilan qarash, bamaslahat ish ko‘rish va hamjihatlik tuyg‘ulari kiradi;
“tashqi xulq-atvor qoidalari” — odob, xushmuomalalik va tegishli lashqi ko‘rinish qoidalariga rioya qilishdan iborat (tozalik, o‘z badani, kiyim-boshlari, poyabzalining tozaligi, ortiqcha bezaklar va pardozning yo‘l qo‘yilmasligi, oq xalat, qalpoq yoki peshonabog‘i va boshqalarning bo‘lishi). lashqi madaniyat qoidalariga, hamkasblar, bemorlar o‘rtasida o‘zini tuta bilishi, vazifaga hamda shart-sharoitga qarab suhbat olib borishni bilish va hokazolar kiradi.
Odob-axloq qoidalari tibbiyotning ko‘p asrlik tarixi davomida ishlab ehiqilgan. Jamiyatimizning asosiy birligi mehnat jamoasidir. Jamoadagi barcha a’zolarning jipsligi, o‘zaro do‘stona munosabatlari, har bir kishining mehnatini hurmat qilish, sof oshkora tanqid muayyan «ruhiy iqlim»ni vujudga keltiradi, ish sifatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Tibbiyot xodimi aholi orasida va DPMlarda ish olib borar ekan, o‘zida axloqiy, estetik va intellektual belgilarni shakllantira olishi va ana shu belgilar egasi sifatida obro‘-e’tibor topishga va xalq olqishiga sazovor bo‘lishga harakat qilishi zarur. Tibbiyot xodimining axloqiy belgilariga bosiqlik, chidamlilik, rostgo‘ylik, notiqlik, xushmuomalalik, ochiq ko‘ngillilik, yoqimtoylik va mehribonlik kabi belgilarni kiritish mumkin. Estetik belgilar esa tibbiyot xodimi dagi oddiylik, kamtarinlik, ochiq chehralik, shifoxonada yaxshi kayfiyat yarata olishlik deb qaraladi.
Albatta aholi bilan ish olib borish va davolash-diagnostika muolajalari hainda parvarish ishlarini bajarish jarayonida tibbiyot xodimining intellektual belgilarining ahamiyati juda katta bo‘lib, bilimdonlik, kuzatuvchanlik, fahm-farosatlilik, o‘z kasbining ustasi (professionali) bo‘lishlik shular jumlasidandir.

Download 10,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish