Dorilarni birga qo‘llashda kuzatiladigan o‘zgarishlar. Dorilarni metabolizmi, surilishi va organizmdan chiqarilishi. Dorilarning ta’sir turlari



Download 323,84 Kb.
bet1/3
Sana30.12.2021
Hajmi323,84 Kb.
#97600
  1   2   3
Bog'liq
Dorilarni birga qo‘llashda kuzatiladigan o‘zgarishlar

Dorilarni birga qo‘llashda kuzatiladigan o‘zgarishlar. Dorilarni metabolizmi, surilishi va organizmdan chiqarilishi. Dorilarning ta’sir turlari

Xalikova Madina

401B K/T


Reja:
  • Dorilarni birga qo‘llashda kuzatiladigan o‘zgarishlar
  • Dorilarni metabolizmi, surilishi va organizmdan chiqarilishi.
  • Dorilarning ta’sir turlari

Dorilarni birga qo‘llashda kuzatiladigan o‘zgarishlar

Bemorlarga davo ko`rsatishda bir necha turli doriilarni qo`shib ishlatishga to`g`ri keladi. Bundan ko`zlangan maqsad tezroq farmakologik ta'sirga erishish, bir vaqtni o`zida baravar bir necha a'zo va tizimlarga kor etish yoki dorilarni nojo`ya ta'sirini oldini olishdir. Dorilarni bunday qo`shib yoki ketma-ket yuborishda ularning ta'siri turli o`zgarishlarga uchrashi mumkin. Bu o`zgarishlar asosan ikki ko`rinishda: sinergizm va antagonizm shaklida namoyon bo`ladi.

Sinergizm-ikki dori preparatini birga berilganda ularning bir xil yo`nalishdagi ta'sirini kuchliroq namoyon bo`lishi. Bunda ta'sirlarning yig`indisi (summatsiyalanishi va potentsiyalanishi) kuzatiladi. Birinchisida olingan umumiy ta'sir samarasi ayrim dorilar ta'sir yig`indisiga teng bo`ladi (narkoz moddalari). Ikkinchisida esa umumiy samara ta'sirlarning yig`indisidan kuchliroq ifodalanadi. Ayrim xollarda yangi farmakologik effekt yuzaga chiqadi (neyroleptiklar bilan analgetiklar). Bunda qo`shib ishlatilayotgan preparatlarning ta'siri bir yo`nalishda, lekin turli xujayra va tizimlarga qaratilgan bo`lishi mumkin. Tibbiyot amaliyotida sinergizm keng ko`lamda ishlatiladi, chunki dorilar kichik dozada yuborilgani uchun nojo`ya xollarni oldi olinadi. Antibiotiklar, sulfanilamidlar, narkoz moddalarini qo`shib ishlatish bunga misol bo`la oladi. Dorilar sinergizmining bevosita (karbaxolin va pilokarpin) va bilvosita (atropin va adrenalin) turlari ma'lum. Bevosita sinergizmda ishlatiladigan dorilarning ta'sir nuqtasi bir, bevositada esa turlicha bo`ladi.

Antagonizm-qo`llanayotgan bir dorining ta'sirini ikkinchi dori bilan bartaraf etilishi demakdir. Antagonizm-bu aks (zid) ta'sirdir. Dorilarning antagonizmi zaharlanishni oldini olish va davo qilishda ishlatiladi. Dorilar antagonizmining quyidagi turlari ma'lum. Fizikaviy antagonizm- bir dori moddasining ikkinchi modda yuzasida so`rib olinishi (faollashtirilgan ko`mir, oqsillar) misol bo`la oladi. Kimyoviy antagonizm-ikki dori moddasini kimyoviy reaktsiyaga kirishishi natijasida zararsiz birikmalar xosil bo`lishi. Masalan, og`ir metall tuzlari bilan zaharlanishda unitiol preparatini ishlatilsa zararsiz birikma xosil bo`ladi. Me'da kislotasi oshgan (giperatsid) xolatlarda ishqoriy xususiyatli preparatlar-antatsidlar (masalan, almagel va b) beriladi. Bariy xlorid bilan zaharlanishda natriy sulfati tavsiya etiladi. Bunda suvda erimaydigan bariy sulfat xosil bo`ladi

Farmakologik yoki funktsional antagonizm. Bunda ishlatilayotgan dori vositalari bir yo`nalishda, bir xujayra, to`qima, a'zo yoki tizimga qarama-qarshi ta'sir etadi. Bu bevosita antagonizmdir. Masalan, karbaxolin yoki pilokarpin bilan zaharlanishda atropin ishlatiladi, chunki karbaxolin M-xolinoretseptorlarni qo`zg`atsa, atropin esa uni bloklaydi. Bilvosita farmakologik antagonizmda bir-biriga zid dorilarning ta'sir joyi har xil bo`ladi. Masalan, atseklidin ta'sirida yurak ishini sekinlashishi (M-xolinoretseptorlarni qo`zg`alishi natijasida), adrenalin ta'sirida (β-adrenoretseptorlarni qo`zg`alishi natijasida) bartaraf etiladi


Download 323,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish