Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy pedagogika fakulteti



Download 3,99 Mb.
bet16/362
Sana13.01.2022
Hajmi3,99 Mb.
#356625
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   362
Bog'liq
Psixologiya va pedagogika umk tib bio, prof, bio (2)

NEYRONLAR

Tanamizning nerv axborot tizimi – bu juda murakkab tuzilma, biroq sodda bloklardan iborat. Bunday qurilish bloklari neyronlar yoki nerv hujayralaridan iborat. Har bir neyron hujayra tanasi bitta yoki bir nechta nerv tolalaridan iborat. Tolalar ikki xil bo‘ladi:dendrit tolalar axborotlarni qabul qiladi, akson tolalar esa ularni boshqa neyronlarga, muskul va bezlarga uzatadi. Qisqa dendritlardan farqli o‘laroq, aksonlar qisqa bo‘lishi ham yoki tana orqali
bir necha futga cho‘zilishi ham mumkin. Hujayra tanasi va harakat neyroni aksonini 4 milь uzunlikdagi arqonga bog‘langan basketbol to‘pi bilan taqqoslash mumkin. Mielin qobiq deb ataladigan yog‘ hujayralari qatlami ba’zi neyronlarning tolalarini boshqalaridan ajratib qo‘yadi. Qobiq ularning impulьsini tezlashtirishga yordam beradi. Mielin qobig‘ining funksiyasini xafaqon bilan kasallangan kishilar misolida kuzatish mumkin. Bunda qobiq emiriladi va natijada mushaklarga impulьs uzatish sekinlashadi va bu mushaklar ustidan nazoratning yo‘qolishiga olib keladi.


Neyron- bu kichik moslama bo’lib, qaror qabul qiladi,boshqa yuzlab balki minglab neyronlardan o’zining dendritlari va tanalari orqali signallar qabul qiladi.
Tola turiga qarab nerv impulьsi sekinlashganda (soatiga 2 milь) va o‘ta tezlashganda (soatiga 200 va undan ortiq milь )tezlik bilan ko‘chadi. Lekin bu tezlik ham elektr tokining simdan o‘tish tezligidan uch baravar kam. Bu dalil zamonaviy kompьyuterning deyarli lahzalik reaksiyasidan farqli o‘laroq, sizga favqulodda hodisaga - masalan nogahon avtomobilingiz bamferi oldidan yo‘lni kesib o‘tayotgan bolaning paydo bo‘lishiga munosabat bildirishingiz uchun chorak soniya kerak bo‘lishini tushuntirib beradi.

Neyron impulьsni bosim, yorug‘lik, hamda kimyoviy signallar ta’siri ostida boshqa neyronlardan farqlash mumkin. Harakat quvvati deb ataladigan impulьs - bu akson bo‘ylab o‘tadigan qisqa elektr razryadi bo‘lib, uning o‘tishini bir chiziqda to‘plangan, birin ketin qulayotgan domino toshlariga o‘xshatish mumkin. Batareyalar ichida ro‘y berayotgan kimyoviy jarayonlar tufayli elektr ishlab chiqarilishiga o‘xshab, nervning elektr impulьsi ham kimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘ladi. Elektr impulьsining kimyoviy jarayonlar natijasi ishlab chiqarilishi atomlarning ionlar deb ataladigan elektr zaryadlari bilan almashishini nazarda tutadi."Dam olayotgan"aksonning suyuq ichki muhiti asosan manfiy zaryadlangan ionlardan iborat, akson membranasi sirtidagi suyuqlik esa - musbat zaryadlangan ionlardan tashkil tiopgan. Bu - ichki tomondan manfiy va ustki tomondan musbat qutblanishni dam olish quvvati deb atalishiga sabab balki, hujayra membranasi ionlarni selektiv tarzda kiritishidadir: unda kirish joyi bo‘lib, undan musbat zaryadlangan ionlar o‘tib keta olmaydi. Neyron impulьsni otganidan so‘ng aksonning birinchi qismida kanal ochiladi va musbat zaryadlangan ionlar shu kanal orqali o‘tib ketadi. Buning natijasida aksonning keyingi kanalni ochilishga majbur qiladigan qismida depolyarizatsiya (qutblarning buzilishi) ro‘y beradi. So‘ng, keyingi kanal ochiladi, yana keyingisi va hokazo - birin ketin qulayotgan, bir chiziqda yig‘ilgan domino toshlariga o‘xshab. Dam olish pauzasi paytida (refrakter davr) neyron musbat zaryadlangan atomlarni tashqariga haydaydi. So‘ngra u yana impulьsni otishga shay bo‘ladi.Bu elektrokimyoviy jarayon bir soniyada 100 marta takrorlanishini tasavvur qilish juda qiyin. Lekin bu ko‘plab mo‘‘jizalar ichidagi bir mo‘‘jizadir.

Bu signallardan ba’zilari qo‘zg‘atuvchi bo‘lib, go‘yoki neyron tezlatkichini ishga tushirishadi. Qolganlari esa - tormozlovchi, ya’ni go‘yoki tormozni bosishadi. Signallar yig‘indisi impulsni paydo qiladi, qo‘zg‘atuvchi signallar minus tormozlovchilar intensivlikning qandaydir ehtimolga yaqin bo‘lgan,ostona deb ataladigan darajasidan oshadi. Agar qo‘zg‘atuvchi signallar ostonadan oshib ketishsa, neyron akson bo‘ylab elektr impulьsini uzatadi( harakat quvvati). Bu akson o‘zining uchlari bilan boshqa yuzlab, minglab neyronlar, hamda mushak va bezlar bilan o‘zaro ta’sir qiladi.

Biroq rag‘bat bilan mazkur ostonadan oshib ketish impulьs intensivligining o‘sishiga olib kelmaydi.( Neyronlar reaksiyasi – bu quyidagi prinsip bo‘yicha reaksiya:yo hammasi,yoki hech narsa; neyronlar miltiq singari: yo otadi,yoki yo‘q.) Impulьs tezligiga qo‘zg‘atuvchining intensivligi ham ta’sir qilmaydi.Qanday qilib rag‘bat intensivligini aniqlaymiz? Yengilgina tegib ketishni qo‘llarni kuchli siqib ko‘rishishdan qanday farqlash mumkin? Kuchli rag‘bat neyronda juda kuchli yoki juda tez impulsni hosil qilmaydi, ( tepkini kuch bilan bosish o‘qni tezroq uchishga majbur qila olmagandek), u neyronlarning katta miqdorini impulьslar bilan tez- tez "otib" turishga majbur qiladi.



Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish