157
ochish istehkomi yoki boshqa muhim inshootini qo„lga olish va yo„q qilish
ta'minlanishini hisobga olgan holda belgilanadi.
Dushman mudofaasining oldingi chizig„ida
joylashgan inshootlarni
qurshovga olish va yo„q qilish uchun mo„ljallangan hujumchi otryad (guruh)
ularga bevosita yaqin joyda boshlang„ich holatni egallaydi.
Mustahkamlangan hududga hujum qilish hujumchi otryad (guruh), birinchi
eshelondagi tankchi va motoo„qchi bo„linmalar tomonidan bir vaqtda amalga
oshiriladi. Hujumchi otryad (guruh) o„t ochib hujumni tayyorlashdan so„ng omon
qolgan va yangi aniqlangan uzoq muddatli o„t ochish istehkomlarini qurshovga
oladi va yo„q qiladi. Birinchi eshelondagi tankchi va motoo„qchi bo„linmalar
mazkur istehkomlar o„rtasidagi ochiq joylardan dadil yorib o„tadilar hamda to„xtab
qolmasdan dushman mudofaasining ichkarisiga kirib boradi, kuchlarning bir qismi
esa hujumchi guruhlar bilan birgalikda uning
qurshovni olib tashlash
bo„linmalarini yo„q qiladi.
Bo„linmalari motoo‟qchi batalyon taktik guruhlarini shakllantirish uchun
taqsimlanayotgan tankchi (motoo„qchi) batalyon komandiri brigada komandirining
ko„rsatmasiga binoan asosiy zarba yo„nalishida hujum qilayotgan mazkur
motoo‟qchi batalyon taktik guruhlarining qo„mondonlik-kuzatuv punktlaridan
birida yoki brigada qo„mondonlik punktida bo„ladi. U quyidagilarga majbur:
qo„yilgan
vazifani bajarishga motoo‟qchi batalyonning
tayyorgarligini
tashkillashtirish; tankchi (motoo„qchi) bo„linmalarning ularga ko„rsatilgan
shakllantirish hududlariga o„z vaqtida yetib kelishi va ularning hujum qilishga
tayyorlanishini ta'minlash; hujum vaqtida vaziyatni, bo„linmalarning ahvolini
bilish, ularni o„q-dorilar, yonilg„i bilan uzluksiz to„liqlash, shuningdek, ishdan
chiqqan mashinalarni tiklashni tashkillashtirish hamda brigada komandirining
buyrug„iga binoan to„liq tarkibda jangovar vazifani bajarish uchun motoo‟qchi
batalyonni tezlik bilan yig„ishga tayyor turish.
Motoo‟qchi batalyon komandiri minomyot batareyasi va o„t ochib madad
berish vzvodi uning
bevosita boshqaruvida qolganda, brigadaning asosiy zarbasi
yo„nalishida harakat qilayotgan o„z motoo„qchi bo„linmalarini uzluksiz qo„llab-
158
quvvatlash va himoyalashni ta'minlagan holda ularning harakatlarini shaxsan o„zi
boshqaradi.
Motoo‟qchi batalyon taktik guruhining tarkibiga kiruvchi tankchi vzvod
komandiri dushman mudofaasiga yorib kirish vaqtida motoo‟qchi batalyon taktik
guruhi komandiri bilan birga yoki uning yaqinida bo„ladi
hamda kelgusida
bevosita o„z vzvodining jangovar tartibi ortidan harakatlanadi.
Motoo‟qchi batalyon taktik guruhining ixtiyoriga berilgan motoo„qchi vzvod
komandiri, qoidaga ko„ra, motoo‟qchi batalyon taktik guruhining qo„mondonlik-
kuzatuv punktidan bo„ladi yoki o„z vzvodining asosiy kuchlari ortidan
harakatlanadi.
Motoo‟qchi batalyonning texnik kuzatuv punkti, ta'mirlash-evakuatsiya
(ta'mirlash) guruhi, tibbiy punkti hamda vzvodlarning texnik kuzatuv punktlari
birinchi eshelondagi vzvodlarning jangovar tartibi ortida, motoo‟qchi batalyonning
jangovar aslaha ta'minoti punkti, yonilg„i quyish
va oziq-ovqat punktlari esa
motoo‟qchi batalyonning ikkinchi esheloni (rezervi) ortida harakatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: