Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Sepsisning tasnifi: 
Etiologiyasiga ko‘ra:
1.
Aerob: 
a)grammusbat: stafilokokkli, streptokokkli, 
pnevmokokkli; b) grammanfiy: proteyli, ko‘k yiring tayoqchali, salmonellezli,
esherixiyali, klebsiellali; 2. 
Anaerob:
a) spora hosil qilmaydigan mikroorganizmlar (noklostridial), b) spora hosil 
qiluvchi mikroorganizmlar (klostridial), kandidozli, polimikrob. 
Kelib chiqishiga ko‘ra
: jarohatdan keyingi, operatsiyadan keyingi, ichki 
(pnevmoniyadan, anginadan keyin), kriptogen. 
Klinik kechishiga ko‘ra: 
1) Yashin tezligida kechuvchi, keskin infeksion-
toksik shok bilan kechib 1-2 kunni ichida o‘limga olib keluvchi turi; 2) O‘tkir 5-7 
kungacha; 3) O‘tkir osti, kechikuvchi (podostrыy, zatyajnoy) 7-30 kungacha; 4) 
Septik shok 12-24 soatgacha; 5) Surunkali sepsis (xronosepsis) yarim yildan 2 
yilgacha. 
Rivojlanish vaqtiga ko‘ra: 
1)
 
Erta; 2) Kechki asosiy kasallik 
boshlanishidan 3 haftadan keyin rivojlanuvchi turi. 
Birlamchi o‘choq yoki kirish darvozalarining joylashgan joyiga ko‘ra: 
x
irurgik, ginekologik, otogen, odontogen, kindikdan rivojlanuvchi. 
Organizmning reaktivligiga ko‘ra: 
giperergik, normergik, anergik. 
Infeksiya o‘chog‘i bor yoki yo‘qligiga ko‘ra: 
birlamchi yoki kriptogen 
(sepsisning manbai aniq emas), ikkilamchi (aniq yaqqol ifodalangan birlamchi 
o‘choq zaminida kechuvchi). 


242 
Rivojlanish bosqichlariga ko‘ra: 
boshlang‘ich yoki yiringli-rezorbtiv 
isitmali – yiringli o‘choq va intoksikatsiya belgilari xos, septitsemiya 
(metastazlarsiz sepsis), septikopiemiya (metastazlari mavjud sepsis). 
Sepsisning klinik manzarasi.
Sepsisning faqat shu kasallik uchun xos bo‘lgan 
simptomlari yo‘q. Ba’zan bu kasallikni boshqa yiringli kasalliklardagi yoki 
yuqumli kasalliklarning boshlang‘ich bosqichlaridagi intoksikatsiyalardan farqlash 
qiyin bo‘ladi. Sepsisning umumiy va mahalliy simptomlari tafovut qilinadi. 
Umumiy simptomlari har-xil a’zo va ularning tizimlaridagi o‘zgarishlar bilan 
bog‘liq, mahalliy simptomlari esa boshlanishida birlamchi o‘choq, keyinchalik esa 
yiringli metastazlarning klinik ko‘rinishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Sepsisning asosiy simptomlari: birlamchi o‘choq – 100%, 38
o
S dan oshiq bo‘lgan 
isitma – 88%, 100 zarb/min dan yuqori bo‘lgan taxikardiya – 82%, xansirash – 
76%, titroq tutishi – 26%, taloqning kattalashuvi – 15%, periferik shishlar – 23%, 
toksik gepatit – 81%, toksik nefrit – 72%, septik pnevmoniya – 37%, o‘pkalarning 
septik abssesslari – 14,7%. 
Ko‘pincha sepsis asta sekinlik bilan boshlanadi. Lekin yashin tezligida 
kechuvchi shakli bundan mustasno va bunda bemorlar kasallik boshlanganidan 
keyin aytarli kasallikning biron bir mahalliy belgilarisiz halok bo‘lishadi. 
Kasallikning prodromal davrida bemorlar biroz hayajonlangan, ko‘zlari so‘ngan, 
lunjlari pushti rang bo‘ladi. Terisi namlangan, gerpetik toshmalar paydo bo‘lishi 
mumkin. Kasallikning avj olishi bilan bemorlarning tashqi ko‘rinishi o‘zgaradi: 
ko‘zlari xiralashadi, yuzlari oqish kulrang tusga kiradi va sariqlik paydo bo‘ladi. 
Mayda petexial toshmalar bilan qoplangan katta-katta sohalar paydo bo‘ladi. Yangi 
metastazlar paydo bo‘ganida tana harorati keskin oshadi va titroq tutishi bilan 
kechadi; haroratning tushishida esa ko‘p miqdorda ter ajralishi kuzatiladi. 
Bemorlarning tana og‘irligi tezda kamayib, umumiy holsizlik orta boradi va septik 
ich ketishi bilan kechadi. Lunjlari so‘lib, burni o‘tkirlashadi va afoniya rivojlanadi. 
Qon tomir tizimi tana haroratining oshishiga yurak qisqarishlarining tezlashuvi 
bilan javob beradi.


243 
Prognoz yaxshi bo‘lmagan holatlarda harorat va puls chiziqlari orasida 
ajralish («qaychi») kuzatiladi – harorat pasayadi, taxikardiya esa osha boradi. 
Yurak faoliyati yomonalasha boradi, puls to‘laligi susayadi, arterial bosim tusha 
boradi. Ba’zan esa yuqorida aytilganlarga septik miokardit manzarasi ko‘shiladi. 
Tanada shishlar paydo bo‘lib, tromboflebitlar va yotoq yaralar kelib chiqadi. 
Qonda esa zo‘rayib boruvchi anemiya, EChT ning baland (30-60 mm/soat) 
bo‘lishi, leykotsitozning oshib, (15-40*10
9
/l) qon formulasining chapga siljishi va 
toksik donador neytrofillar paydo bo‘lishi kuzatiladi. Har-xil o‘zgarishlar 
parenximatoz azolarda ham kuzatiladi. Jigar o‘lchamlari kattalashadiyu, uning 
funksional imkoniyatlari 15-20% ga kamayadi. Ko‘pincha toksik gepatit rivojlanib, 
sariqlik bilan kechadi. Taloq kattalashadi, buyrak faoliyati buzilib, gipostenuriya 
va oliguriya paydo bo‘ladi. Siydikda oqsil va toksik silindrlar paydo bo‘ladi. 
Qonda qoldiq azot va mochevina miqdori orta boradi. Gipoproteinemiya 
kuchayadi, protrombin indeksi 45-50% gacha pasayadi. Ba’zi hollarda terida 
kapillyarlarning toksik o‘tkazuvchanligi oshishi tufayli skarlatinaga o‘xshash 
eritema paydo bo‘ladi. Ba’zan mahalliy o‘zgarishlar sust ifodalangan bo‘ladi va 
sepsisning klinik manzarasiga to‘g‘ri kelmaydi. Septik jarohat bo‘lgan holatlarda 
bemorlar ko‘rinishi anemik tusga kirib shishlar paydo bo‘ladi. Jarohatlardan 
ajralma ko‘p bo‘lmaydi va uning xarakteri xira, loyqali bo‘ladi. Jarohat atrofida 
qon tomirlar trombozi, limfangit, limfadenitlar kuzatiladi. Metastazlari bo‘lgan 
sepsisga har-xil a’zo va to‘qimalarda yiringli o‘choqlar rivojlanishi xos bo‘lib, 
yiringli bo‘shliqlar ochilganida tana harorati pasayadi, ammo yangi o‘choqlar 
paydo bo‘lib, simptomatika yana takrorlanadi. Septitsemiya uchun remissiyalarsiz, 
og‘ir klinik kechish va organizmning keskin susayib, a’zolar faoliyatining 
dekompensatsiyasi xos bo‘ladi. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish