Tasnifi:
Anatomik: e
pifassial va subfassial turlari.
Patologoanatomik:
emfizematoz, toksik (shish), aralash, nekrotik (chirituvchi),
flegmonoz, to‘qimalarni parchalovchi turlari.
Klinik kechishiga ko‘ra:
yashin tezligida kechuvchi, o‘tkir kechuvchi, sekin
kechuvchi turlari.
250
Bu holat esa mikroorganizmning holatiga va qo‘zg‘atuvchi anaeroblarning
turli tumanligiga, ularning aeroblar bilan assotsiatsiyasiga bog‘liq.
Klinik manzarasi:
klinik manzarasi 50% bemorlarda 2 kundan 4 kun gacha
bo‘lgan inkubatsion davrdan keyin boshlanadi. Yashin tezligidagi turida esa 24
soatdan keyin boshlanishi ham mumkin, ba’zan esa 10 kun va undan keyin
boshlanadi. Inkubatsion davrning bunday o‘zgaruvchanligi bemorlarning umumiy
ahvoliga va jarohatlarning joylashgan joyiga, yo‘qotilgan qonning miqdoriga,
o‘tkazilgan birlamchi jarrohlik ishlovining sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Oyoqlar
shikastlanganida, ayniqsa shikastlanish suyaklar sinishi va ko‘p miqdorda qon
yuqotish bilan kechadigan bo‘lsa inkubatsion davri qisqa bo‘ladi.
Inkubatsion davrdan keyin klinik manzarasi shakllanadi, bunda patologik
jarayonning kechishiga qarab to‘rtta bosqich farqlanadi: gazli flegmona bilan
chegaralanadigan erta bosqich; jarayonning avj olish yoki tarqalgan gazli
flegmona; gazli gangrena; sepsis bosqichlari.
I bosqichda bemorlar oyoqlaridagi og‘riqqa va bog‘lamning torligiga shikoyat
qiladi. Bunday holatlarda tezlik bilan bog‘lamni echib tashlash zarur. Bunda quruq,
hayot belgilarini yo‘qotgan, usti kulrang, iflos karash bilan qoplangan jarohat
ko‘zga tashlanadi. Bemorlarda engilgina toksemiya begilari paydo bo‘ladi: biroz
qo‘zg‘alish, tana haroratining puls bilan to‘g‘ri kelmaydigan 37,5-38
o
S gacha
oshishi kuzatiladi.
II bosqichda anaerob flegmona jarayoni tarqalishga intiladi. Bunda og‘riqlar
jarohat sohasidan oyoqning yuqori segmentlariga tarqaladi. Agar jarayon boldir
sohasida bo‘lsa jarohatdagi og‘riqlar kamayadi, lekin nevrotoksinlarning nerv
oxirlariga ta’siri natijasida son sohasida kuchli og‘riqlar paydo bo‘ladi. Toksemiya
kuchayadi: uyqusizlik paydo bo‘ladi, teri qoplamlari sarg‘ayib, og‘zi quriy
boshlaydi va tilida karash paydo bo‘ladi. Tana harorati 38-39
o
S gacha oshib, tomir
urishi 1 daqiqada 120-130 gacha etadi. Arterial qon bosimi pasayadi. Mahalliy:
jarohatda hayot belgilari ko‘rinmaydi, uning chekkalari tashqariga buralgan
bo‘ladi. Jarohat tubidan qonli iflos “go‘sht suvi” ko‘rinishida, sassiq aynigan
tuxum, ammiak hidli ajralma va gaz pufakchalari ajralishi kuzatiladi.
251
Agarda oyoqlar muzlab, periferik tomirlarda (a. dorsalis pedis, a. tibialis
posterior), tomir urishi aniqlanmasa gazli flegmonani III bosqich gazli gangrenaga
o‘tdi deb hisoblash kerak. Bunda jarohat yaqqol hayot belgilarini yo‘qotgan
bo‘ladi, shishgan mushaklar yana ham tashqariga buralgan bo‘ladi va kul rang tus
oladi. Shishlar hisobiga oyoqlar hajmi kattalashib ketadi. Terida gemorragik tusli
suyuqlik saqlovchi pufakchalar paydo bo‘ladi. Jarohat tubidan o‘tkir hidli gaz
ajralishi davom etaveradi. Paypaslaganda krepitatsiya aniqlanadi, auskultatsiyada
gazli pufakchalarning yorilishi eshitiladi. Shishlar kuchayib boraversa ip simptomi
va Melnikovning ustara simptomi musbat bo‘ladi. Ko‘pincha shishgan teri bronza
tusiga kiradi (shu sababli kasallikka bronzali shish ham deyiladi). Gaz hosil
bo‘lishi davom etaveradi va tezda tanaga tarqalishi mumkin (yashin tezlikda
kechganida).
Sepsis bosqichida og‘ir toksemiya manzarasi kuzatiladi. Teri qoplamlarining
rangi er rang tus oladi. Tana harorati – 38-40
o
S gacha etadi. Tomir urishi 1
daqiqada 140-150 martagacha etadi va haroratga to‘g‘ri kelmaydi, to‘laligi va
tarangligi susayadi, ko‘pincha ipsimon bo‘ladi. Yurak tonlari bo‘g‘iqlashadi,
qusish, xiqqichoq tutishi, oliguriya paydo bo‘lib, ko‘p miqdorda ter ajralishi
kuzatiladi.
Kasallikning boshlang‘ich bosqichlaridagi bemorlarning eyforik holati
depressiya va uyqusizlik bilan almashinadi. Bemorlar ovqatdan qoladi, suyuqlik
ichganidan keyin qusadi. Bunday bemorlar odatda kuchayib boruvchi yurak
etishmovchiligidan nobud bo‘lishadi. Mahalliy o‘zgarishlar deyarli sepsissiz gazli
gangrenaga o‘xshagan bo‘ladi, lekin jarohatdan o‘ta sassiq chirish hidi chiqadi.
Ko‘pincha yog‘larning parchalanishi kuzatiladi.
Laborator
analizlar
tomonidan
gemoglobinning
kamayishi,
eritrotsitlar
miqdorining kamayishi (1,5 mln gacha), EChT ning tezlashuvi kuzatiladi. Baland
leykotsitoz leykotsitar formulaning keskin chapga siljishi va aneozinofiliya
kuzatiladi.
Yashin tezligida kechishi ko‘pincha jarayonnning fassiya ostida
joylashganida kuzatiladi. Fassiya usti shaklida esa nisbatan engilroq kechadi.
252
Anaerob infeksiyali jarohatlarning joylashuvi va uchrashi quyidagicha: oyoqlar –
69,90%, qo‘llar – 21,80%, chanoq – 3,50%, ko‘krak – 1,90%, bo‘yin –0,70%, yuz,
bosh va qorin devori har biri 0,30% dan.
Bu kasallikda prognoz xaligacha ham og‘ir qolmoqda. U bemorlarning umumiy
holatiga, yoshiga, jarohatning joylashgan joyi va xarakteriga, o‘tkazilgan birlamchi
jarrohlik ishlovining
mukammalligiga, kasallikning turi va bosqichiga,
qo‘zg‘atuvchining turiga, mikroblarning assotsiatsiyasiga, o‘z vaqtida va tezlikda
qilingan davoga bog‘liq. Konservativ davolaganda o‘lim darajasi 100% ni tashkil
qilsa, operativ davolaganda– 5,5% ni tashkil qiladi. Anaerob infeksiyaning
kechishida har-xil asoratlar kuzatilishi mumkin: ikkilamchi arroziv qon ketishlari,
pnevmoniya, nevritlar, organizmning holdan toyishi, ikkilamchi anemiya. Son,
elka, qo‘ltiq osti, taqim osti va katta boldir arteriyalarining ikkilamchi arroziv qon
ketishi jarohatning joylashgan joyiga bog‘liq holda, ko‘pincha 2-3 va 4 ta
mikroblarning assotsiatsiyasi bo‘lgan hollarda kuzatiladi. Kasallikning retsidivi
erta va kech bo‘lishi mumkin. Erta retsidivlar jarayon tugagandan 10-15 kundan
keyin keyin rivojlanadi, kechki retsidivlar esa – bir necha oylardan keyin
rivojlanishi mumkin va u qayta travma yoki operatsiyalar (yot jismlarni olib
tashlash, reamputatsiya va boshqalar bilan bog‘liq bo‘ladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |