Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

xurujlar
– surunkali 
tonzillit, gaymorit, karies tishlar, o‘t va nafas yo‘llari surunkali yallig‘lanish 


239 
kasalliklar, kriptogen sepsisda esa infeksiyaning kirish darvozalari noma’lum 
bo‘ladi.
Sepsisda 
birlamchi o‘choqning yallig‘lanish jarayoniga ta’siri.
Yuz sohasidagi, 
ichki a’zolar va bo‘shliqlardagi jarayonlar ayniqsa xavfli hisoblanadi. Yiringli 
o‘choqning drenajlanish darajasi va bo‘shliq atrofidagi barer to‘qimalarning 
himoya darajasi hal qiluvchi omillardandir. Infeksiya gematogen yo‘l bilan 
tarqalgan holatlarda yiringli tromboflebitlar yoki periflebitlar rivojlanadi, 
infitsirlangan embollar esa ikkilamchi yiringli metastazlarga sabab bo‘ladi 
(stafilokokkli infeksiyada ular asosan o‘pkalarda, suyak ko‘migida, buyraklarda; 
streptokokkli infeksiyada bo‘g‘imlarda va o‘pkalarda; pnevmokokkli infeksiyada 
esa bosh miya pardalarida joylashadi).
Limfogen yo‘l bilan tarqalishida esa infeksiya limfatik to‘siqni engib o‘tishi 
zarurligi sababli sepsis sekin kechadi. Sepsis rivojlanish jarayonida birlamchi 
jarayon ba’zan kamayishi, ba’zan esa yo‘qolishi ham mumkin. Lekin bu holat 
jarayonning keyingi rivojlanishiga umuman ta’sir qilmaydi degan gap emas. 
Bunday holatlarda klinik jihatdan yiringli metastatik o‘choqlar asosiy o‘rinni 
egallaydi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan birlamchi yallig‘lanish o‘chog‘iga 
ikkilamchi nazar bilan qarash noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki organizmni sensibillovchi 
patologik impulslarning sababi birlamchi yallig‘lanish o‘chog‘i bo‘ladi. 
Organizm reaktivligiga ta’sir qiluvchi omillar: markaziy nerv tizimining holati, 
endokrin 
tizimi, 
bemorlarning 
yoshi, 
qon 
aylanishining 
buzilishlari, 
retikuloendotelial tizimning fagotsitar faoliyati. 
Oxirgi yillardagi izlanishlarning ko‘rsatishicha qonda bakteriyalarni topilishi 
hali bu sepsis degani emas. Qon bir pasda mikroblardan tozalanishi mumkin 
(fagotsitoz, jigar va buyraklarning zararsizlantirish faoliyati), ammo sepsisning 
klinik manzarasi yo‘qolmaydi. Keskin ifodalangan sepsis holatlarida har doim ham 
qonda mikroblar topilavermaydi. Ba’zi bir yuqumli kasalliklarda (qorin tifi, 
qaytalama tif, gripp) yoki mahalliy yallig‘lanish kasalliklarida qonda mikroblar 
topilishi mumkin, ammo sepsisning klinik manzarasi yo‘q bo‘ladi. Bu holda qonda 
mikroblar ko‘paymaydi, lekin butun organizm bo‘ylab aylanib yuradi.


240 
Mikroblar yallig‘lanish o‘choqlarida ko‘payadi. Vaqti kelib esa ular qon 
oqimiga tushib, septik embollar holida limfatik to‘siqlardan o‘tadi. Yallig‘lanish 
o‘chog‘idagi mikroblarning endo- va ekzotoksinlari organizmga to‘xtovsiz ta’sir 
qilib turadi. Toksinlar o‘z navbatida a’zo va to‘qimalarda o‘zgarishlarga sabab 
bo‘ladi, ular esa jigar, o‘pka, taloq, bosh miya, buyraklar, teri osti va suyaklarda 
ikkilamchi yallig‘lanish o‘choqlarini rivojlanishiga olib keladi.
Bakteriologik jihatdan sepsisni, jarayonni tarqalish vaqtida, tana haroratining 
baland ko‘tarilib, titroq tutgan paytda tasdiqlash mumkin. To‘qimalarning 
parchalanish mahsulotlari jarayonning tarqalish jarayonida biologik faol moddalar 
(gistamin, serotonin) miqdorining qonda baland bo‘lishini ta’minlaydi va 
sepsisning avj olishiga olib keladi. To‘qimalarda gipoksiya va anoksiya holati 
rivojlanadi, natijada esa septik shok holati rivojlanishi mumkin. Shokning 
rivojlanishida buyrak usti beziga ta’sir etib, katexolaminlarning ko‘p miqdorda 
ajralishiga, keskin kapillyarospazmga va mikrotsirkulyasiyaning buzilib to‘qimalar 
gipoksiyasi va qonning depolanishiga olib keluvchi endotoksinlar katta ahamiyatga 
ega. 
Sepsisda organizmning sensibilizatsiyaga reaksiyasi uch xil bo‘ladi: 
1) Normergik reaksiya uchun yallig‘lanishning yaqqol ifodalangan manzarasi xos 
bo‘lib, sepsis odatda yiringli metastazlar bilan kechadi; 
2) Giperergik reaksiya uchun tez, keskin avj olish xos bo‘lib, destruktiv va 
degenerativ o‘zgarishlar, yiringli metastazlar odatda bo‘lmaydi; 
3) Anergik reaksiya uchun sust ifodalangan yallig‘lanish jarayonlari xos, 
immunitet kuchli bo‘lgan holatlarda kuzatiladi. Bunda sepsis yiringli 
metastazlarsiz kechadi.
Patologoanatomik manzarasi.
 
Sepsisning spetsifik morfologik o‘zgarishlari 
bo‘lmasdan, ikkilamchi nospetsifik o‘zgarishlar kuzatiladi; Autopsiya paytida 
olingan bakteriologik ekmalarda doim ham sepsis tasdiqlanavermaydi. Odatda 
yiringli tromboflebitlar va periflebitlar, to‘qimalarning yiringli emirilishi, a’zo va 
to‘qimalarga qon quyilishlar, ichki a’zolarda degenerativ o‘zgarishlar, sepsis 
ikkilamchi metastazlar bilan kechgan hollarda esa teri osti kletchatkasida, a’zo va 


241 
bo‘shliqlarda ko‘p sonli abssesslar aniqlanadi. Taloq qonga to‘lishgan, 
kattalashgan, kesib ko‘rganda septik qirindi aniqlanadi. Mikroskopik tekshiruvda 
taloq pulpasining proliferatsiyasi, gemolizga uchragan eritrotsitlarning qobiqlari, 
va hujayralar nekrozi ko‘rinadi. Limfa tugunlarining kattalashuvi, nekrotik yiringli 
o‘zak saqlovchi tanglay murtaklarining shishganligi xarakterli. Jigarda stromaning 
yallig‘lanishi ko‘rinishida septik gepatit manzarasi, buyraklarda nekrotik nefroz va 
septik nefrit aniqlanadi. Miyada shish, miya pardalariga qon quyilishi, ikkilamchi 
meningit va ensefalit topiladi. O‘pkalarda gemorragik yallig‘lanish belgilari, ichki 
a’zolarda esa ko‘p sonli abssesslar topiladi.

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish