Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

Tasnifi: 
Anatomik: e
pifassial va subfassial turlari. 
Patologoanatomik:
emfizematoz, toksik (shish), aralash, nekrotik (chirituvchi), 
flegmonoz, to‘qimalarni parchalovchi turlari.
Klinik kechishiga ko‘ra:
yashin tezligida kechuvchi, o‘tkir kechuvchi, sekin 
kechuvchi turlari. 


250 
Bu holat esa mikroorganizmning holatiga va qo‘zg‘atuvchi anaeroblarning 
turli tumanligiga, ularning aeroblar bilan assotsiatsiyasiga bog‘liq. 
Klinik manzarasi: 
klinik manzarasi 50% bemorlarda 2 kundan 4 kungacha 
bo‘lgan inkubatsion davrdan keyin boshlanadi. Yashin tezligidagi turida esa 24 
soatdan keyin boshlanishi ham mumkin, ba’zan esa 10 kun va undan keyin 
boshlanadi. Inkubatsion davrning bunday o‘zgaruvchanligi bemorlarning umumiy 
ahvoliga va jarohatlarning joylashgan joyiga, yo‘qotilgan qonning miqdoriga, 
o‘tkazilgan birlamchi jarrohlik ishlovining sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Oyoqlar 
shikastlanganida, ayniqsa shikastlanish suyaklar sinishi va ko‘p miqdorda qon 
yuqotish bilan kechadigan bo‘lsa inkubatsion davri qisqa bo‘ladi.
Inkubatsion davrdan keyin klinik manzarasi shakllanadi, bunda patologik 
jarayonning kechishiga qarab to‘rtta bosqich farqlanadi: gazli flegmona bilan 
chegaralanadigan erta bosqich; jarayonning avj olish yoki tarqalgan gazli 
flegmona; gazli gangrena; sepsis bosqichlari.
I bosqichda bemorlar oyoqlaridagi og‘riqqa va bog‘lamning torligiga shikoyat 
qiladi. Bunday holatlarda tezlik bilan bog‘lamni echib tashlash zarur. Bunda quruq, 
hayot belgilarini yo‘qotgan, usti kulrang, iflos karash bilan qoplangan jarohat 
ko‘zga tashlanadi. Bemorlarda engilgina toksemiya begilari paydo bo‘ladi: biroz 
qo‘zg‘alish, tana haroratining puls bilan to‘g‘ri kelmaydigan 37,5-38
o
S gacha 
oshishi kuzatiladi.
II bosqichda anaerob flegmona jarayoni tarqalishga intiladi. Bunda og‘riqlar 
jarohat sohasidan oyoqning yuqori segmentlariga tarqaladi. Agar jarayon boldir 
sohasida bo‘lsa jarohatdagi og‘riqlar kamayadi, lekin nevrotoksinlarning nerv 
oxirlariga ta’siri natijasida son sohasida kuchli og‘riqlar paydo bo‘ladi. Toksemiya 
kuchayadi: uyqusizlik paydo bo‘ladi, teri qoplamlari sarg‘ayib, og‘zi quriy 
boshlaydi va tilida karash paydo bo‘ladi. Tana harorati 38-39
o
S gacha oshib, tomir 
urishi 1 daqiqada 120-130 gacha etadi. Arterial qon bosimi pasayadi. Mahalliy: 
jarohatda hayot belgilari ko‘rinmaydi, uning chekkalari tashqariga buralgan 
bo‘ladi. Jarohat tubidan qonli iflos “go‘sht suvi” ko‘rinishida, sassiq aynigan 
tuxum, ammiak hidli ajralma va gaz pufakchalari ajralishi kuzatiladi.


251 
Agarda oyoqlar muzlab, periferik tomirlarda (a. dorsalis pedis, a. tibialis 
posterior), tomir urishi aniqlanmasa gazli flegmonani III bosqich gazli gangrenaga 
o‘tdi deb hisoblash kerak. Bunda jarohat yaqqol hayot belgilarini yo‘qotgan 
bo‘ladi, shishgan mushaklar yana ham tashqariga buralgan bo‘ladi va kul rang tus 
oladi. Shishlar hisobiga oyoqlar hajmi kattalashib ketadi. Terida gemorragik tusli 
suyuqlik saqlovchi pufakchalar paydo bo‘ladi. Jarohat tubidan o‘tkir hidli gaz 
ajralishi davom etaveradi. Paypaslaganda krepitatsiya aniqlanadi, auskultatsiyada 
gazli pufakchalarning yorilishi eshitiladi. Shishlar kuchayib boraversa ip simptomi 
va Melnikovning ustara simptomi musbat bo‘ladi. Ko‘pincha shishgan teri bronza 
tusiga kiradi (shu sababli kasallikka bronzali shish ham deyiladi). Gaz hosil 
bo‘lishi davom etaveradi va tezda tanaga tarqalishi mumkin (yashin tezlikda 
kechganida). 
Sepsis bosqichida og‘ir toksemiya manzarasi kuzatiladi. Teri qoplamlarining 
rangi er rang tus oladi. Tana harorati – 38-40
o
S gacha etadi. Tomir urishi 1 
daqiqada 140-150 martagacha etadi va haroratga to‘g‘ri kelmaydi, to‘laligi va 
tarangligi susayadi, ko‘pincha ipsimon bo‘ladi. Yurak tonlari bo‘g‘iqlashadi, 
qusish, xiqqichoq tutishi, oliguriya paydo bo‘lib, ko‘p miqdorda ter ajralishi 
kuzatiladi.
Kasallikning boshlang‘ich bosqichlaridagi bemorlarning eyforik holati 
depressiya va uyqusizlik bilan almashinadi. Bemorlar ovqatdan qoladi, suyuqlik 
ichganidan keyin qusadi. Bunday bemorlar odatda kuchayib boruvchi yurak 
etishmovchiligidan nobud bo‘lishadi. Mahalliy o‘zgarishlar deyarli sepsissiz gazli 
gangrenaga o‘xshagan bo‘ladi, lekin jarohatdan o‘ta sassiq chirish hidi chiqadi. 
Ko‘pincha yog‘larning parchalanishi kuzatiladi.
Laborator 
analizlar 
tomonidan 
gemoglobinning 
kamayishi, 
eritrotsitlar 
miqdorining kamayishi (1,5 mln gacha), EChT ning tezlashuvi kuzatiladi. Baland 
leykotsitoz leykotsitar formulaning keskin chapga siljishi va aneozinofiliya 
kuzatiladi. 
Yashin tezligida kechishi ko‘pincha jarayonnning fassiya ostida 
joylashganida kuzatiladi. Fassiya usti shaklida esa nisbatan engilroq kechadi.


252 
Anaerob infeksiyali jarohatlarning joylashuvi va uchrashi quyidagicha: oyoqlar – 
69,90%, qo‘llar – 21,80%, chanoq – 3,50%, ko‘krak – 1,90%, bo‘yin –0,70%, yuz, 
bosh va qorin devori har biri 0,30% dan. 
Bu kasallikda prognoz xaligacha ham og‘ir qolmoqda. U bemorlarning umumiy 
holatiga, yoshiga, jarohatning joylashgan joyi va xarakteriga, o‘tkazilgan birlamchi 
jarrohlik ishlovining 
mukammalligiga, kasallikning turi va bosqichiga, 
qo‘zg‘atuvchining turiga, mikroblarning assotsiatsiyasiga, o‘z vaqtida va tezlikda 
qilingan davoga bog‘liq. Konservativ davolaganda o‘lim darajasi 100% ni tashkil 
qilsa, operativ davolaganda– 5,5% ni tashkil qiladi. Anaerob infeksiyaning 
kechishida har-xil asoratlar kuzatilishi mumkin: ikkilamchi arroziv qon ketishlari
pnevmoniya, nevritlar, organizmning holdan toyishi, ikkilamchi anemiya. Son, 
elka, qo‘ltiq osti, taqim osti va katta boldir arteriyalarining ikkilamchi arroziv qon 
ketishi jarohatning joylashgan joyiga bog‘liq holda, ko‘pincha 2-3 va 4 ta 
mikroblarning assotsiatsiyasi bo‘lgan hollarda kuzatiladi. Kasallikning retsidivi 
erta va kech bo‘lishi mumkin. Erta retsidivlar jarayon tugagandan 10-15 kundan 
keyin keyin rivojlanadi, kechki retsidivlar esa – bir necha oylardan keyin 
rivojlanishi mumkin va u qayta travma yoki operatsiyalar (yot jismlarni olib 
tashlash, reamputatsiya va boshqalar bilan bog‘liq bo‘ladi). 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish