Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

 
XIRURGIK SIL 
Xirurgik sil guruhiga suyak-bo‘g‘im sili, limfa tugunlar sili, seroz bo‘shliqlar, 
ichak buyrak, jinsiy a’zolar va o‘pka silining ba’zi turlari kiradi. Silning bunday 
turlarin davolashda xirurgik muolajalar qilinadi. Organizmning qarshiligi yuqori 
bo‘lgan holatlarda ko‘pincha ko‘krak qafasi limfa tugunlarida joylashuvchi 
birlamchi sil o‘chog‘i oxaklanadi va infeksiya virulentligini yo‘qotadi: shuning 
uchun sil taxminan 80-90% odamlarga yuqadi, lekin 1% dan kam odamgina 
kasallanadi. Silning qo‘zg‘atuvchisi sil tayoqchasi, ko‘pincha R.Kox (1882) 
tomonidan topilgan typus humanus hisoblanadi. Tashqi muhitda keng tarqalgan 
bo‘lib, qurishga, fizik va kimyoviy omillarga bardoshlidir. Qoramol sil tayoqchasi 
(typ. bovinus) ham patogen ahamiyatga ega; elimentar yo‘l bilan yuqadi. Umuman 
yuqish yo‘llari quyidagicha: 1) Nafas yo‘llar orqali (barcha holatlarning 85-90% ni 
tashkil qiladi) havo-tomchi yo‘l bilan (ko‘pincha o‘pka sili rivojlanadi); 2) 
Oshqozon ichak trakti orqali – zararlangan go‘sht sut maxsulotlari orqali yuqadi. 
O‘z-o‘ziga yuqtirish yo‘li ham mavjud (infitsirlangan balg‘amni yutganida); 3) 
Shikastlangan teri, shilliq qavatlari, yara va yotoq yaralar orqali; 4) Infitsirlangan 
platsenta orqali (tug‘ma sil). 


266 
To‘qimalarga sil tayoqchasi tushganida mahalliy surunkali yallig‘lanish 
reaksiyasini chaqiradi. Bunda spetsifik granulema rivojlanadi va u sil 
do‘mboqchasi (tuberculum) deb ataladi. Uni mikroskopik tekshirganda orasida sil 
mikobakreriyalari va epitelioid hujayralar tutgan Pirogov-Langxansning gigant 
hujayralari topiladi. Sil do‘mboqchasining atrofida limfotsitlar to‘planadi. 
Keyinchalik esa markazida kazeoz (suzmali) nekroz deb ataluvchi spetsifik nekroz 
sodir bo‘ladi. Bir nechta mikroskopik do‘mboqchalar o‘zaro qo‘shilganida oddiy, 
ko‘zga ko‘rinuvchi tariq urug‘i o‘lchamida tuguncha paydo bo‘ladi. Bir nechta 
shunday tugunlarning o‘zaro qo‘shilishidan esa sil o‘chog‘i shakllanadi. O‘z 
navbatida bunday o‘choqlarda yoki to‘qimalar nekrozi yoki kazeoz parchalanishi 
sodir bo‘ladi, yoki bo‘lmasa unga kalsiy tuzlari o‘tirib biriktiruchi to‘qima o‘sib 
kiradi. (nekrozga proteolitik fermentlar sabab bo‘ladi). Himoya kuchlari etarli 
darajada bo‘lganida sil o‘chog‘ining oxaklanishi va inkapsulyasiyalanishi 
kuzatiladi. Biroq, keyinchalik noqulay hayot sharoitlari (ochlik, gipo- va 
avitaminozlar, yuqumli kasalliklar, surunkali alkogolizm, narkomaniya) natijasida 
sil jarayoni qayta rivojlanishi, sil tayoqchasi keyinchalik kontakt, limfogen va 
gematogen yo‘llar bilan tarqalishi mumkin. Infeksiyaning tarqalish yo‘llaridagi 
asosiy to‘siqlardan bittasi bu limfatik tugunlar bo‘lib, qo‘zg‘atuvchi limfa 
tugunlarda turib qoladi. Natijada sil jarayonining gematogen tarqalishi uchun xos 
bo‘lgan olis a’zo va to‘qimalarda limfa tugunlarning kattagina yig‘indilari – 
ikkilamchi o‘choqlar shakllanadi. Bunday tarqalish usuli suyak-bo‘g‘im sili uchun 
ham xos. 

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish