Toshkent tibbiyot akademiyasi ergashev u. Y. Xirurgik kasalliklar



Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/202
Sana16.06.2022
Hajmi7,8 Mb.
#677996
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   202
Bog'liq
fayl 2066 20211105

ANAEROB INFEKSIYa
 
Anaerob infeksiya – jarohatlarning og‘ir toksik asorati bo‘lib, asosan 
biriktiruvchi va mushak to‘qimalarini zararlanishi bilan kechadi. N.I.Pirogov 
anaerob infeksiyani ifodali qilib «mefitik» yoki «shayton» infeksiyasi va u 


247 
urushlarning doimiy yo‘ldoshi deb nomlagan. Birinchi jahon urishi davrida (1914-
1918 y) 5 dan 15% gacha yaradorlar gazli gangrena bilan og‘rib 60-80% gacha 
holatlarda o‘lim bilan tugagan. Urushning ayrim davrlarida bu ko‘rsatkichlar 
balandroq ham bo‘lgan. Nemis armiyasida amputatsiyalar va o‘lim ko‘rsatkichi 
shu darajada yuqori bo‘lganki, harbiy senzura anaerob infeksiya haqidagi 
ma’lumotlarni nashr qilishni taqiqlab ko‘yishgacha etgan.
Anaerob infeksiyani chaqiruvchi sabablariga ko‘ra har-xil mualliflar uni 
turlicha nomlashgan. Anaerob infeksiyani qadimda Antonov olovi deb ham 
nomlashgan. Ambruaz Pare esa uni gospital gangrenasi travmatik gangrena, yashin 
tezligidagi gangrena, mahalliy stupor, travmatik epidemiya, o‘tkir yiringli shish 
deb nomlagan; N.I.Pirogov «mifitik gangrena», yashin tezligidagi gangrena, gazli 
gangrena deb atagan. Ko‘pchilik shifokorlar «gazli gangrena» yoki jarohatlarning 
anaerob infeksiyasi terminidan foydalanishadi.
Anaerob infeksiyaning ko‘zg‘atuvchisi quyidagi to‘rtta maxsus mikroblardir, 
klostridiylar: Cl. perfringens (44-90%), Cl. Oedematiens (15-50%), Cl. histoluticus 
(2-6%), Vibrion septicus (10-30%). Bu bakteriyalar juda ko‘p tarqalgan bo‘lib, 
barcha joylarda: go‘ng aralashgan tuproqda, odam va hayvonlar chiqindilari bilan 
ifloslangan tuproqda uchraydi. Chang bilan odamlar terisi, shilliq qavatlari, 
kiyimlariga o‘tirib qoladi va shikastlanishlarda yumshoq to‘qimalar defektlari 
orqali organizmga tushadi. Qulay sharoitlarga tushganida mikroblar biriktiruvchi 
va mushak to‘qimalarni nekrozini chaqiruvchi gemotoksin ajratadi (Kuzin M.I. 
2006). Toksinlar eritrotsitlar gemolizi, tomirlar trombozi, miokard, jigar va buyrak 
zararlanishini chaqiradi. Barcha anaerob mikroblar uchun ozmi ko‘pmi gaz hosil 
qilish va to‘qimalar shishi xos. Urush davrlarida kiyim kechaklarning anaerob 
mikroblar bilan ifloslanishi 83-90%, jarohatlarning ifloslanishi esa – 80-90% gacha 
etishiga qaramay anaerob infeksiya bilan asoratlanish nisbatan kam uchraydi. Bu 
holat kiyimlarning anaerob infeksiya bilan ifloslanish darajasiga, ob-havoga, ko‘p 
miqdordagi 
to‘qimalarning 
ayniqsa 
mushaklarning 
shikastlanishiga, 
(mushaklarning imbibitsiyalanishi, yirik qon tomirlarining shikastlanishi, o‘lik 
bo‘shliqlar bor yoki yo‘qligi); kislorod kirishi chegaralanganligiga; yaradorlarning 


248 
ko‘p qon yo‘qotganligi sababli aylanayotgan qonda erkin kislorod yo‘qligiga; 
yaradorlarni suyaklar singan, to‘qimalarning ko‘p miqdorda shikastlanishi 
holatlarda yaxshi immobilizatsiya qilmasdan uzoq muddat transportirovka qilish; 
bemorlarning ruhiy va asabiy holatlariga bog‘liq. 
Anaerob yoki klostridial mikroblar organizmga kontakt, limfo- va 
gematogen yo‘llar bilan tushib qulay sharoitlar bo‘lganda ko‘paya boshlaydi va 
toksinlar ajratadi (103-rasm). Ular esa hujayralar membranasi orqali o‘tib, 
to‘qimalarni nekrozga uchratadi.
103-rasm. Anaerob infeksiyada mushaklarning mikroskopik o‘zgarishi. 1-
anaerob shikastlanish chegarasidagi mushaklar o‘zgarishi, 2-mushak tolalari 
nekrozi, 
3-mushaklarning 
total 
shikastlanishi, 
4-to‘qimalararo 
sohada 
shikastlangan to‘qimalarda klostridiyalar.
Nekroz o‘choqlarida esa bakteriyalar tez ko‘payadi va shu bilan “aylanma holat” 
rivojlanadi, yani toksinlar hujayralar nekrozi bilan mikroblarga yo‘l ochsa, 
mikroblar toksin ishlab chiqarib to‘qimalar nekroziga sabab bo‘ladi. Buning 
oqibatida mushak to‘qimasi nekrozga uchraydi (104-rasm) va nervlarda 
degenerativ o‘zgarishlar rivojlanadi. Toksinlarning proteolitik va glikogenolitik 
ta’siri natijasida oqsillar, aminokislotalar parchalanib ammiak, karbonat angidrid, 
vodorod sulfidlar hosil bo‘ladi va jarayon chirituvchi tus oladi.
 


249 
 
104-rasm. Boldir va panja sohasi anaerob infeksiyasi. 
Boshlang‘ich bosqichlarida patologoanatomik o‘zgarishlar jarohat atrofida 
shish paydo bo‘lishi bilan kechadi, keyinchalik esa gaz hosil bo‘la boshlaydi. 
Terida dastlab oqishlik, yaltiroqlik bo‘lib, keyin esa u ko‘kimtir qizg‘ish, qoramtir, 
yashil, jigarrang tus olib, har -xil o‘lchamli dog‘lar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi 
va marmarga o‘xshab qoladi. Teri osti kletchatkasida ko‘p miqdorda shish 
suyuqligi bo‘lishi yoki quruq bo‘lishi mumkin, lekin gaz pufakchalari bilan 
burkalgan bo‘ladi. Gaz pufakchalari esa tovush chiqarish bilan tashqariga ajraladi, 
shu sababli Pavlovskiy ifodali qilib “to‘qimalar pichoq ostida girdobga o‘xshab 
kaynaydi” deb ta’rif bergan. Mushaklar o‘zining odatiy tusini yo‘qotib xira, oqish 
kul rang ko‘rinishga kiradi va qaynatilgan go‘shtni eslatadi. Biriktiruvchi 
to‘qimada shish, qon quyilishi, tomirlar trombozi rivojlanib, nervlar nekrozga 
uchraydi, bosh miyaga qon quyiladi va miya shishi rivojlanadi. Jigar bo‘kkan, 
buyraklar parenximasi shishgan, siydik kanalchalari kengaygan va ularning 
bo‘shlig‘i oqsil moddalari bilan to‘lgan bo‘ladi.

Download 7,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish