dahosida tarbiyalanib, uni o‘z piri - murabbiysi sifatida e’tirof etishi
Abdurahim turk she’riyatida ham Hofiz Sheroziydek zabardast san’atkor
bo‘lishni orzu qilgan. 0 ‘zbek xalqi o‘z ona tilida yaratilgan ishqiy,
falsafiy she’riyatdan, keng ko‘lamda bahramand bo‘lmog‘i lozim, degan
ezgu-tilaklari uning dunyoqarashidagi xalqchillik g‘oyalari bilan bog‘liq
ko‘rinadi. Ana shundan keyin Abdurahim Hofiz taxallusini qabul qilgan.
Bu haqda shoir o‘zining bir g‘azalida shunday yozadi:
Hofizni ko‘ring ushbu zamon turk tilinda,
Garchi kechdi esa forsda ul Hofiz-i Sheroz.
Bu misralami shu qadar baralla yozishga Hofiz Sheroziydek shoir
bilan ijodiy bellashishga qodir, yetuk san’atkorgina jur’at qilishi
mumkin edi. Turkiy she’riyatning Hofizi da’vosini qilgan xorazmlik
Abdurahimning bizgacha yetib kelgan ulkan badiiy merosi uning shu
darajadagi iste’dodidan dalolat beradi. Hofiz taxallusi uning devonidagi
g‘azallar maqtaida mingdan ortiq o‘rinda uchrasa-da, shoiming to‘liq
nomi Hofiz Xorazmiy ekani esa faqat ikki o‘rindagina ko‘rsatib o‘tilgan.
Viloyotu karomotu karam o‘zindin izdayu,
Bo‘lubdur Hofiz-i Xorazmiy joni birla Kirmoniy.
Inoyat birla so‘z bobinda yori ko‘,rguzur bo‘lsa,
Oshurgay Hofiz Xorazmiy she’rin farqi shuarodin.
Mazkur ikki baytdagi dalillarga suyangan holda, shoir nomini Hofiz
Xorazmiy deb yuritish maqsadga muvofiqdir.
Hofiz Xorazmiyning asarlarida odob-axloq masalalariga alohida
o‘rin berilgan. U yosh avlodni har tomonlama barkamol yetuk inson
bo‘lishga chaqiradi, hatto bu fikmi shahzodalar, zamon hukmdorlariga
ham dadillik bilan uqtiradi:
Ahli ma’ni hazratinda shoh ermas ul kishi,
Kim, erur bandi taalluq birla doim mubtalo.
Orzu bandida bo‘lg‘an bandaedur nomurod,
H ar kim ozoda yurur olamda, uldur podsho.
Hofiz Xorazmiy yoshlami barkamollikka, to‘g‘rilikka, halollikka va
rostgo‘ylikka undar ekan, hayotda va o‘zaro munosabatda doimo to‘g‘ri,
rostgo‘y va kamtarin bo‘lishni, hecham egri kishiga ergashmaslikni
maslahat beradi:
Rost tutub e’tiqod, pesha tavozuni qil,
Chunki eronlar qilur saydni o‘q yo bilan.
U to‘g‘riso‘z va rostgo‘y odamni ipakka, egri va tovlamachini esa
ipak chiqindisi - losga o‘xshatadi, tovlamachi va egri qo‘lli odamlar
jamiyatning komil insonlari bo‘lolmasligini alohida ta’kidlaydi:
Rost bila egri qachon teng bo‘lur,
396
Boimadi tang hech yipak birla los.
Shuning uchun u odamlami har qanday sharoitda ham rostgo‘y va
haqiqatgo‘y boiishga chaqiradi:
Tilar boisang, haqiqat mulki sardor boimaqlik,
Alif yanglig4 b o ia ko‘rgil muhabbat lavhida yakto.
Insonning eng olijanob fazilatlaridan biri saxiylikdir, o‘zining
saxiyligi bilan mashhur boigan afsonaviy Hotam Toy hikoyatiga ishora
qilar ekan, u odamlami baxil boimaslikka chaqiradi. Aksincha,
juvonmard (saxiy) boiishni ma’qullaydi. Saxiy boiganligi uchun
Hotam Toy ismi tirik - zindadur, deydi:
Baxil boimayu olamda, bas juvonmard o‘l,
Kim o‘ldiyu taqi zindadur ismi Hotami-i Toy.
Hofiz Xorazmiy o‘zaro ahillik va inoqlik boisa, har kimning ishida
qut-baraka boiishini ta’kidlab birovning aybini kecha bilish yoki uni avf
etish esa haqiqiy insoniylikdir, deydi:
Qat’i nazar aylasa kimi yaxshi-yomondir,
Olamda bori yaxshi-yomondin kecha bilgay.
Obi hayot avf bila yuvmasang mudom,
. . . .
Hargiz oqarmagay edi ro‘yi siyohimiz,
Gar yaxshi, gar sanga jon bandamiz,
Do'stlaringiz bilan baham: