Kechasi ushbu foniy duuyo uchun,
Tutma o‘zungni bir zamon g*amnok.
Pok tutg‘il ko‘ngulni dunyodin,
Oyna uzra xush emas xashok.
Poklik yonina bo‘lur moyil,
Asli javharda harqi tushdi pok.
U inson, din va shariat qoidalariga to‘liq amal qilgan holda o‘z
majburiyatlarini bajarishi shart ekanligini alohida ta’kidlaydi:
Qiyomatga tekin o‘ltur tesalar,
Ijozatsiz muroding birla qolma.
Tilar bo‘lsang murodi dini dunyo,
Bu kunnnng ishini tongdag‘a solma.
Uning fikricha, inson o‘zining musulmonlik burchlarini faqat poklik
ila darsi ilohiydan ato etilgan shariat ilmini egallash orqaligina bajo
keltirishi mumkin:
Agar darsi ilohiydan bu so‘zlar kelmasa har dam,
Qachon bilgay eding, Hofiz mudarrisidin saboq birla.
Hofiz Xorazmiy mardlikni insonning eng yuksak fazilatlaridan biri
deb hisoblaydi. Mard odam barchaga tavozeda — hurmatda bo‘ladi, deb
u kishilardagi mardlik fazilatini xuddi mevali daraxtning egilib turgan
shoxiga o‘xshatadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |