Haydar, agar ber desa so‘z dodini,
Jumla jahon aylar oning yodini.
«Mahzani asrora» ayitdi javob,
Sochti ma’noniy durrini chu sahob.
Manda dag‘i bor edi ushbu havas,
Shukri xudo toptim anga dastras.
Nazm etay necha hikoyatini,
Jam’ qilib naqlu rivoyotini.
Qilmayin anda so‘zumi bob-bob,
0 ‘zga yo‘sun birla tuzub bu kitob,
«Majma’ ul-axbor» qilay otin,
«Mahzani asror» deyin zotini...
4.10. HOFIZ XORAZMIYNING MA’RIFIY-AXLOQIY
QARASHLARI
Mavlono Hofiz Xorazmiy (XIV asr oxiri XV asr boshlarida
yashab ijod etgan) ilmiy jamoatchilikka buyuk o‘zbek olimi Hamid
Sulaymon sa’y-harakati sharofati bilan yirik ma’rifatparvar, xushta’b
shoir sifatida ma’lum boidi. Shoiming tug‘ilgan va vafot etgan yili,
qayerda va qanday taiim olgani, ijodi qachon boshlanganligi haqida
toiiq maiumotga ega emasmiz.
Maiumki, o‘sha davr ijodkorlari ko‘pincha fors tilida ijod qilganlar,
Hofiz Xorazmiy esa turkiy tilda ijod etgan:
Do'stlaringiz bilan baham: