1-Mavzu: Pedagogika tarixi fan sifatida. Ibtidoiy jamoada tarbiya
Reja:
1.
Pedagogika tarixi fan sifatida
2.
Eng qadimgi yodgorliklarda tarbiyaga oid fikrlar
3.
Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o’rganish
manbalari
Pedagogika tarixi jamiyat taraqqiyoti qonunlariga suyangan holda turli pedagogik
nazariyalarni, ta’lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini o’rgatadi. O’tmishning
pedagogik sistemalarida bo’lgan ilg’or va progressiv fikrlarning hammasidan ijodiy
foydalanadi. Demak, pedagogika tarixi ijtimoiy fandir. U tarixiy pedagogika xodisalariga
davr talabi asosida yondoshadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini
turli bosqichlarda
xilma-xil bo’lganligini ochib beradi, ilg’or qarashlarning taraqqiyot yo’lini ko’rsatib
beradi.
Pedagogika tarixi fani quyidagi fanlar, ya’ni, pedagogika,
psixologiya, madaniyat
tarixi, O’zbekiston tarixi, jahon xalqlari tarixi, falsafa, etnografiya,
arxeologiya,
ahloqshunoslik va boshqa bir qator fanlar bilan uzviy aloqadadir.
Biz pedagogika tarixi fanini o’rganish va tahlil qilishda: qadimgi yozuvlar, bitiklar,
qo’lyozma yodgorliklari, sharq mutafakkirlarining ilmiy – ma’naviy me’rosi, xalq
og’zaki ijodi,
muqaddas kitoblar, pandnomalar, dasturlar, o’quv qullanmalari va
darsliklar, xalq maorifi
masalalariga oid materiallar, matbuot materiallari, prezident
Islom Karimovning ta’lim-tarbiyaga, oir asarlariga asoslanamiz.
Pedagogika tarixi fanining metadologiyasi esa milliy va umumbashariy qadriyatlar,
xalq
pedagogikasi, Markaziy Osiyo va SHarq mutafakkirlarining ilmiy va ma’naviy
merosi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimovning ta’lim – tarbiyaga oid asarlari va milliy istiqlol g’oyasi haqidagi
nazariyalari hisoblanadi.
Pedagogika tarixini o’rganish o’qituvchilarining faqat
pedagoglik madaniyatini
oshiribgina qolmay, balki, shu bilan birga, unga pedagogik mahoratni egallashga yordam
beradi. SHuningdek, o’tmishning ta’lim – tarbiya sohasidagi eng yaxshi tajribalarini
o’rganadi, bu esa uning kundalik pedagoglik faoliyatida yordam beradi,
uni bevosita
amaliy faoliyatga tayyorlaydi. Bu borada yaratilgan tarixiy, falsafiy, adabiyotshunoslikka
oid asarlardan ham ijodiy foydalanishga harakat qildik. Xullas, ushbu qo’llanmaning
yaratilishida faylasuf, sharqshunos, tarixchi, filolog olimlardan B.Ahmedov, A.Ahmedov,
A.Abdullayev,
V.V.Bartold,
YE.E.Bertels,
A.Bahoutdinov,
I.S.Braginskiy,
B.G’.G’afurov,
V.Zoxidov,
I.Mo’minov,
O.Fayzullayev,
SH.SHomuxammedov,
A.Qayumov, Y.Jumaboyev, A.Irisov, M.Orifiy, M.Hayrullayev, S.Rajabov va
boshqalarning ishlari qo’llanma va yo’llanma vazifasini o’tadi.