Sinf: 4-“A” Fan: Matematika Sana: Mavzu



Download 62.26 Kb.
Sana10.09.2017
Hajmi62.26 Kb.
Sinf: 4-“A”

Fan: Matematika

Sana:



Mavzu: Sonni ikki xonali va uch xonali songa ko`paytirish.

Maqsad:

  1. talimiy maqsad – o`quvchilarning sonni ikki xonali va uch xonali son-ga ko`paytirish yuzasidan olgan bilimlarini takomillashtirish.

  2. tarbiyaviy maqsad – o`quvchilarda vatanparvarlik, yuksak axloqiy si-fatlarni shakllantirish, iqtisodiy bilim berish, vaqtdan unumli foydala-nishga undash, o`quvchilarda estetik dunyoqarashni shakllantirish.

  3. rivojlantiruvchi maqsad – o`quvchilarning og`zaki va yozma hisob-lash malakalarini shakllantirish, mantiqiy fikrlashga undash, ularning fanga bo`lgan qiziqish va faolliklarini oshirish.

Dars tipi: Takomillashtiruvchi dars.

Dars uslubi: Ko`rsatmali amaliy.

Dars usuli:Noan`anaviy.(aqliy hujum, hamkorlik, guruhlar bilan ishlash.)

Dars jihozi: Mavzuga oid ko`rgazmalar, texnik jihozlar, tarqatma materiallar, rag`batlantiruvchi materiallar.

Dars rejasi:

1.Tashkiliy qism.(3 min)

a) psixologik iqlim yaratish.

b) o`quvchilarni guruhlarga bo`lish va baholash me`zoni bilan tanishtirish.

2.O`tilgan mavzu yuzasidan takrorlash.(5 min)

a)matematik diktant(3 min)

b)tezkor savol-javob(2min)

3.Yangi mavzu bayoni.(15 min)

a) yangi mavzuni tushuntirish

b) darslik bilan ishlash.

4.Dam olish daqiqasi.(2 min)

5.Mustahkamlash.(18 min)

a) iqtisodiy masala

b) amaliy ish

c) sehrli kvadratcha



6.Yakunlash.(2 min)

a) g`olib guruhni aniqlash.

b) uyga vazifa

c) darsni yakunlash.



Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

a) psixologik iqlim yaratish.



O`qituvchi: Bolajonlar hozir sizga ertak aytib beraman.

Bir bor ekan, bir yo`q ekan.O`tgan zamonda emas hozirgi zamonda bir ajoyib maktab bor ekan.Har tong shu maktab tomon bir-biridan aqlli,odobli, bilimdon bolajonlar bilim egallash uchun shoshib kelarkan.14- mart ayni bahor tongida, ha shu bugun tongda 4 o`rtoq maktab tomon kelayotib yo`lda uchrashib qolishibdi. Ularga yana bir bola yetib olibdi.O`rtoqlar bir-birlari bilan qo`l berishib salomlashibdilar. Qani bolalar aytingchi qo`l berib ko`ri-shishlar soni jami nechta bo`ladi? Chizmada ko`rsating.

Javob: 10 ta

Javoblar tinglanadi. To`g`ri javob tanlanib rag`batlantiriladi.

“Salom” she`ri.

O`qituvchi: Qaysi darsni boshlaymiz?

O`quvchi: O`rgangaymiz hisob-kitob ilmini,

Matematika jumboqlarning tilisimi.

b) o`quvchilarni guruhlarga bo`lish va baholash mezoni bilan tanishtirish.

O`qituvchi: Rahmat barakalla, bolajonlar! Bugun biz sizlar bilan sonni ikki xonali va uch xonali sonlarga ko`paytirishning yozma usullarini o`rganamiz.

Sinf o`quvchilari uch guruhga bo`lingan: 1.Bilimdonlar

2.Zukkolar

3.Topqirlar

Demak,har bir guruhda beshtadan o`quvchi bo`lib, har bir topshiriq bajaril-ganda guruh uchun bitta baho qo`yiladi. Baholash mezoni quyidagicha:

Topshiriqlar to`liq va aniq bajarilganda – 5 bahoni bildiruvchi gul bilan;

Topshiriq chala bajarilganda – 4 bahoni bildiruvchi to`rtburchak bilan;

Topshiriq qoniqarsiz bajarilganda – 3 bahoni bildiruvchi uchburchak bilan o`quvchilar baholanadi.



2.O`tilgan mavzu yuzasidan takrorlash.

Bolajonlar, bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.Yangi mavzuni bosh-lashdan oldin o`tilgan mavzularni eslab, takrorlab olamiz.



  • Hozir qaysi fasl?

  • Kimning varragi bo`lsa, qo`lini ko`tarsin.

  • Varrak qachon uchiriladi?

  • Demak varra uchirish bizning qadimiy urf-odatlarimizdan biri ekan.

  • Qanday bolaning varragi baland uchadi? Musobaqa o`ynaymizmi?

Matematik diktant

1)eng kichik to`rt xonali son bilan eng katta uch xonali son ko`paytmasi-ni toping

2)to`liqsizbo`linma 45 , bo`linuvchi 1625, qoldiq 6, bo`luvchini toping.

3)1million 85 ming 3yuzi 4.

4)2 soat 15 min – 1soat 45 min


  • Barakalla, hozirgi tezkor savollarga tez va aniq, chaqqonlik bilan qaysi guruh javob bera olsa,shu guruhning varragi eng balandga uchgan hisoblanadi.

Savollar: Savollar: Savollar:

1.Tenglama 1.Tog`ri to`rt- 1.Diametr

nima? burchak nima? nima?

2.Radius nima? 2.Kvadrat yuzini to- 2.Qoldiq nimadan

3.Masofani qanday topa- pish formulasini ayting. kichik bo`lishi kerak?

miz? 3.Vaqtni qanday topamiz? 3.Tezlikni qanday aniqlaymiz?

4.Sonning kubini qanday topa- 4.11 ning kvadrati nimaga teng? 4.15 000 sm2 necha dm2ga teng?

miz? 5.Yurtboshimizning yozgan 5.Yurtboshimiz ma`naviyatga

5.2011-yil qanday nomlangan eng so`nggi asari? qanday ta`rif berganlar?

edi?

O`quvchilar rag`batlantiriladi.Maxsus idishlar yordamida o`quvchilarning *-baholari to`plab boriladi.



3.Yangi mavzu bayoni.

a) yangi mavzuni tushuntirish.



x375 x 375

59 459


3375 – birlik natijalarni 3375 – birlik natijarni

1875 – o`nlik qo`shamiz 1875 – o`nlik qo`shamiz

22125 1500 – yuzlik

172125


375 sonini avval 9 birlikka ko`paytiramiz natijani birlar xonasidan boshlab o`ngdan chapga qarab yozamiz, shunda birinchi to`liqsiz ko`paytma 3375 birlik hosil bo`ladi. So`ngra 375 sonini 5 o`nlikka ko`paytiramiz, natijani o`nlar xonasidan boshlab yozamiz. Ikkinchi to`liqsiz ko`paytma 1875 o`nlik hosil bo`ladi. To`liqsiz ko`paytmalarni qo`shamiz va natijani o`qiymiz.

375 sonini 459 soniga ko`paytirish ham xuddi shu tartibda amalga oshirila-di.Bunda uchinchi to`liqsiz ko`paytma hosil bo`ladi.1500 yuzlik va 3 ta to`-liqsiz ko`paytma qo`shiladi va natija o`qiladi.

b) darslik bilan ishlash.

Oqituvchi: Bugungi dars davomida kitobdagi 708, 709, 710 misol-masala-larni yechishni belgilab olganmiz. Har bir guruh 1 ta misol yoki masalani to`-liq yechib, tushuntirib berishi lozim. (Har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqib qura tashlash yordamida o`zlari ishlaydigan masala yoki misolni tan-laydilar.)

Masalan: 1-guruhga №708 misol tushdi.

4 ta o`quvchi 4 ta misolni doskaga bajarib, tushuntirib beradi.

392*458 645*384 972*418 727*641

Bitta o`quvchi savollarga javob beradi.

Savollar.



  1. Ko`paytirish nima?

  2. Ko`paytirishning taqsimot va guruhlash qonunlarini ayting.

  3. Ko`paytirishni qanday tekshiramiz?

  4. a sonini 5 ga ko`paytirish nima degani?

Shu kabi savollar beriladi.

2-guruhga №709 masala tushdi.

Bir kunda – 1 soat 50 min

Olti kunda - ?

O`n to`rt kunda - ?

Ye: 1) 1 soat = 60 min

2) 60 min + 50 min = 110 min

3) 110*6=660 min

4) 660: 60 = 11 soat ( 6 kunda )

5)110 * 14 = 1540 min

6) 1540: 60 = 25 soat 40 min

1 ta o`quvchi masalaga qisqa shart tuzadi. 2 ta o`quvchi masalaning ye-chimlarini topadi. Ikkita o`quvchi savollarga birma-bir javob beradi.

Savollar.


  1. Masala nima?

  2. Qanday o`lchov birliklarini bilasiz?

  3. Vaqt o`lchov birliklarini tartib bilan ayting.

  4. Siz vaqtdan qanday foydalanasiz?

  5. O`quvchi qachon dars tayyorlashi kerak?

Shu kabi savollar beriladi.

3-guruhga №710 topshiriq tushdi.



B Shakldagi kesmalarni bir o`quvchi topadi. 2- o`quv-

chi shaklni doskaga chizadi.3- o`quvchi shakldagi uchburchaklarni aniqlaydi. Qolgan 2 ta o`quvchiga



A D E C savollar beriladi.

Savollar.



  1. Kesma nima?

  2. To`g`ri chiziq nima?

  3. Nur nima?

  4. Uchburchak nima?

  5. Qanday uchburchaklarni bilasiz?

  6. Qanday fazoviy shakllarni bilasiz?

Shu kabi savollar beriladi.

Guruhlar rag`batlantiriladi.



4.Dam olish daqiqasi.

Salqin saharlarda bodom gulida,

Binafsha labida yerlarda bahor.

Qushlarning parvozi, yellarning nozi,

Bahmal vodiylarda,qirlarda bahor.


  • O`quvchilar bu she`r sizga tanishmi?

  • Bilasizmi o`quvchilar, har yilgidek 8-mart kuni prezidentimiz tashab-busi bilan tashkil qilingan “Zulfiyaxonim”mukofotiga bir qancha qizlar sazovor bo`ldilar. Ular orasida sportchi va ijodkor qizlar ko`pchilikni tashkil etdi. Ha, bugungi kunda bu kabi iqtidorli yoshlar uchun juda yaxshi imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Xo`sh bizning sinfda ham sportchi qizlarimiz bormi? Shoiralarimiz-chi?

  • Keling ularning ijodidan namunalar eshitamiz.

5.Mustahkamlash.

a) iqtisodiy masala.

- Bolajonlar yurtboshimiz tomonidan 2012-yil qanday nomlandi?

- Kelinglar hozir bir mustahkam katta oilaning bir oylik daromadi, xara-jatlari, foydasini hisoblaymiz. Va ana shu oila yurtimizda ishlab chiqarila-yotgan mashinalardan birini qancha vaqtda sotib olishlari mumkinligini aniqlaymiz.

Oila 6 kishidan iborat:bobo,buvi,ota,ona va ikki nafar bola.Shulardan oilaga daromad keltiradigan kishilarning taxminiy bir oylik maoshlari ko`rib chi-qamiz.

Turli


to`lovlar

80 000 Oziq-ovqat $12000

300 000 1$=2400so`m

Kiyim-kechak Kunlik

250 000 xarajat

150 000


Savollar: Oila qancha vaqtda mashina oladi?

I guruh.


  1. Oilaga eng ko`p mablag`ni kim olib kelarkan?

  2. Bobo va buvi ishlab pul topadimi?

II guruh

1.Talaba aka-chi?

2.Agar oila xarajatlari kamaytirilsa foyda ortadimi?

III guruh

1.Qaysi xarajatlarni qisqartirish mumkin?

2.Ona otadan qancha kam oylik oladi?

Guruhlar rag`batlantiriladi.

b) amaliy ish.

- Biz daromadni 10 ulush deb olsak, xarajatlar ulushni, foyda ulushni tashkil qiladi. Hozir biz siz bilan amaliy ish bajaramiz. Har bir o`quvchining oldida tarqatma materiallar bor. Siz shakllarning ko`rsatilgan qismini bo`ya-shingiz kerak.

Chorak qismini 8 dan 3 qismini Nimchorak qis-

bo`yang. bo`yang. mini bo`yang.

qismi qismi qismi

Yarmini Nimchoragi- Choragini

bo`ya ni bo`ya bo`ya

Nimcho- qismi- qismi-

ragini ni bo`ya ni bo`ya

bo`ya


12 sm 15 sm 7sm

Kesma - ? sm Bo`yalgan qism - ?sm Kesma - ? sm

O`quvchilar ishi tekshirib baholanadi.


  1. sehrli kvadrat

  • Biz qanday shakllarning qismlarini bo`yadik? Hozir sehrli kvadratcha-ga, I guruh, 1 dan 9 gacha , II guruh, 3 dan 11 gacha, III guruh, 2 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni shunday joylashtiringki, natijada har bir to-monlar yig`indisi bir xil bo`lsin.

4

9

2

3

5

7

8

1

6

- Siz bu topshiriqni qanday usullardan foydalanib bajardingiz?

Guruhlar ishi tekshirilib rag`batlantiriladi.



6.Yakunlash.

a) g`olib guruhni aniqlash

- Aziz o`quvchilar shu bilan bugungi darsni yakunlaymiz. Endi g`olib gu-ruhni aniqlab olamiz. Faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiramiz.

b) uyga vazifa



№711- 712 misol-masalalar.

с) bugungi darsdan nimalarni bilib oldingiz va yana nimalarni bilishni xohlaysiz? Rahmat, bolajonlar, shu bilan darsimiz o`z nihoyasiga yetdi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa