Kalkulyatsiya qilishning oddiy usuli. Bu usul tugallanmagan ishlab chiqarish bo’lmagan yoki oz miqdorda bo’lgan, oddiy ishlab chiqarishga mansub bo’lgan korxonalarda qo’llaniladi. Ushbu usulda hisobot davrida ishlab chiqarishga taalluqli barcha xarajatlarning umumiy qiymati aniqlanib, bu xarajatlar mahsulot turlari o’rtasida ma’lum ko’rsatkichlarga (o’rtacha reja tannarxi, asosiy ishchilarning ish haqi, materiallar xarajati va boshqalar) mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Misol. «Bobur» kompaniyasida uch turdagi - A, B, S mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ularning reja tannarxi A - 160 so’m, B - 45 so’m, S - 226 so’m. Joriy davrda bu mahsulotlardan - 100, 300, 800 dona ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqarish xarajatlari 260370 so’m. Bu xarajatlar mahsulot turlari o’rtasida quyidagicha taqsimlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |