O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
TOSHKENT O’RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI BOSHQARMASI
TOSHKENT MOLIYA VA IQTISODIYOT KOLLEJI
“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT”
fanidan
MA’RUZA MATNI
Toshkent 2015y
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan bozor munosabatlariga o'tishning 5 tamoyili va uni hayotga tatbiq qilinishi natijasida Respublikamizda sanoat, qishloq xo'jaligi, iqtisodiyotning boshqa sohalari jadal rivojlanmoqda.
I.A. Karimov O'zR Konstitutsiyasi qabul qilingan- ligining 18 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida: „Biz tanlagan taraqqiyot modeli mamlakatni isloh etish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangi- lash, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan puxta o'ylangan siyosat bugungi kunda o'z samarasini bermoqda", — deb ko'rsatib o'tdi. O'tgan qisqa vaqt davomida respublika iqtisodiyotida sezilarli yutuqlarga erishildi.
Prezidentimiz qayerda xalq bilan uchrashmasin, ma'- ruza qilmasin, asosiy e'tiborni aholining turmush mada- niyatiga, uning muntazam yaxshilanib borishiga, ish ha- qining ortib borishiga alohida e'tibor bergan holda gapirib, mazkur hududning iqtisodiyotiga alohida to'xtaladi. „2008- yil yakunlari va 2009- yilga mo'ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar"ga bag'ishlangan ma'ruzasida, „... shuni aytish kerakki, joriy yilda o'z oldimizga qo'ygan yangi vazifalarni murakkab bir vaziyatda, ya'ni dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarning iqtisodiyotiga o'ta keskin ta'sir ko'rsatayotgan jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi bilan bog'liq bir sharoitda amalga oshirishga to'g'ri keldi", deb ko'rsatib o'tdi.
Respublikamizdagi iqtisodiy o'sish, barcha sohalardagi rivojlanishda buxgalteriya hisobi va hisobotining alohida o'rni, ahamiyati bor. Har bir korxona faoliyatida erishilgan yutuq va kamchiliklar bevosita mablag'lar holatidan,
ulardan samarali foydalanishdan, tejamkorlik va raqobatbardoshlik muhitidan shakllanadi.
Iqtisodiyotdagi o'zgarishlar o'z navbatida, iqtisodiy madaniyatni to'g'ri shakllantirish, iqtisodiy tejamkorlikka rioya qilish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish kabi omillardan samarali foydalanishni talab qiladi. Yuqoridagi omillarning samarasi bevosita hisob-kitob ishlarining to'g'ri tashkil qilinishiga bog'liq bo'lib, pirovard natija, foydaning ko'payishiga, rentabellikning oshirilishiga olib keladi. Demak, birinchi xulosa shuki, korxona va tashkilotning faoliyati bevosita buxgalteriya hisobi ko'rsatkichlari asosida tashkil topadi. Shu o'rinda aytish kerakki, bugungi buxgalteriya hisobining holati bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera oladimi, degan savolning yechimi qanday? Aytish kerakki, respublikamizda „Buxgalteriya hisobi to'g'risida" Qonun qabul qilindi. Qonunning 5- moddasida „Buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash" O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
Buxgalteriya hisobini yuritish, tashkil qilish va soddalashtirish bo'yicha respublika miqyosida olib borilgan ishlarning hozirgi holatini ijobiy baholash mumkin, bu borada bir talay ishlar qilindi. Lekin bu yetarli emas, hisobni xalqaro standartlar talabiga moslashtirish ko'p mehnatni talab qilmoqda. Mualliflar tomonidan tayyorlangan ushbu darslik „Buxgalteriya hisobi" bo'yicha ta'lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan bo'lib, uni tayyorlashda davlat o'quv rejasiga amal qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |