Toshkent moliya va iqtisodiyot kolleji


- Mavzu: Xo’jalik mablag’lari va xo’jalik mablag’larining tashkil topish manbalari



Download 0,67 Mb.
bet14/164
Sana01.01.2022
Hajmi0,67 Mb.
#297692
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   164
Bog'liq
6. ma'ruza matn Bux. xisobi va audit

3- Mavzu: Xo’jalik mablag’lari va xo’jalik mablag’larining tashkil topish manbalari

Reja:


      1. Kаpitаl vа xo’jаlikdа hisоbgа оlinishi

      2. O’z mаblаg’lаri tаrkibi

      3. Jаlb qilingаn mаblаg’lаr tаrkibi

      4. Xo’jаlik mаblаg’lаrining buхgаltеriyadа hisоbgа оlinishi

Xo'jalik yurituvchi subyektlarda xo'jalik yuritish uchun kerakli xo'jalik mablag'lari bo'lishi zarur. Bu xo'jalik mablag'lari turli manbalardan tashkil topadi. Xalq xo'jaligi tarmoqlarida rejalashtirish va hisob tajribalarini ilmiy asosda umumlashtirish hamda buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini hisobga olgan holda xo'jalik yurituvchi subyekt xo'jalik mablag'larining tashkil topish manbalari quyidagicha turkumlashtirilishi mumkin:

  1. Xo'jalik yurituvchi subyekt o'z mablagiarining manbalari;

  2. Kreditlar va qarzga olingan mablag'larning manbalari;

  3. Ijtimoiy mahsulotni taqsimlashga doir majburiyatlar yoki hisob-kitoblar va har xil passivlar.

Xo'jalik yurituvchi subyektning o'z mablag'larini manbalariga ustav kapitali, qo'shilgan kapital, zaxira kapitali, puli toiab qaytarib olgan o'z aksiyalari, taqsimlanmagan foyda, maqsadli tushumlar, kelgusida qilinadigan xarajatlar va toiovlarning zaxiralari, hisobot yilining foydasini ishlatilmagan qismi va boshqalar kiradi.

Xo'jalik yurituvchi subyektning o'z mablag'larini asosiy manbai ustav kapitalidir. Bu kapitalning bunday deb nom olishiga sabab shuki, uning miqdori xo'jalik yurituvchi subyektning ustavida ko'rsatilgan bo'ladi. Aksiyali jamiyatlar, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar va qo'shma xo'jalik yurituvchi subyektlarning ustav kapitalini hajmi ularning ustavida qancha summaga aksiya chiqarilishi va sotilishi ko'zda tutilganligi bilan aniqlaniladi.

Agar davlat xo'jalik yurituvchi subyekti aksiyali jamiyatga

aylantirilayotgan bo'lsa, u holda davlat xo'jalik yurituvchi subyekt mulkining qiymatiga teng aksiya chiqarib sotiladi va bu summa aksiyali jamiyatning ustav kapitali hajmi bo'lib hisoblanadi. Shuni aytish kerakki, aksiyaning o'z qiymati bilan uni sotish qiymati o'rtasida farq bo'lishi mumkin. Bu farq summalar emissiya daromadi sifatida alohida hisobga olinadi va u ustav kapitalining hajmini o'zgartirmaydi.

Aksiyali jamiyat tuzish uchun uning ustav kapitali jamiyatni Ta'sischilari chiqargan aksiyalarning umumiy qiymatining eng kam miqdori hamda chiqariladigan har bir aksiyaning eng kam qiymati O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi yoki boshqa hukumat organining tegishli qarori bilan aniqlab qo'yiladi.

Aksiyali jamiyat tuzish niyatidagi huquqiy shaxs va fuqarolar awalo ustav kapitalining hajmini aniqlaydi va shu summaga teng bo'lgan aksiyalami chiqaradi.

Aksiyali jamiyat o'zining ustaviga ko'ra chiqargan aksiyalarining umumiy summasining ma'lum foizini (bu foiz tegishli idoralar tomonidan • belgilangan tartibda o'rnatiladi) imtiyozli aksiya sifatida chiqarib sotishi mumkin. Demak, aksiyali jamiyat o'zining aksiyalarini oddiy va imtiyozli aksiyalar qilib chiqarishi mumkin.

Aksiyalar obuna e'lon qilib sotilishi yoki muayyan aksiyali jamiyatni ta'sis etuvchilar o'rtasida tarqatilishi mumkin.

Xo'jalik yurituvchi subyektlarda qonunchilikka hamda ta'sis hujjatlariga binoan zaxira kapitali tashkil qilinadi. Zaxira kapitali xo'jalik yurituvchi subyekt foydasi hisobidan tashkil qilinadi. Bundan tashqari aksiyali jamiyat shaklida tashkil qilingan xo'jalik yurituvchi subyektning zaxira kapitaliga mol-mulkni qayta baholash bo'yicha o'zgartirish summalari hamda bepui olingan mol-mulklarning qiymatlari ham qo'shiladi. Agar aksiyali jamiyatning hisobot yilida olgan foydasi ta'sis etuvchilarga (qatnashuvchilarga) daromadlar to'lash uchun yetmasa yoki umuman foyda olinmagan bo'lsa, u holda zaxira kapitali hisobida ta'sis etuvchilar(qatnashuvehilar)ga daromad (dividend) toianadi. Agar xo'jalik yurituvchi subyekt hisobot yilini zarar bilan tugatsa, u holda balansdagi qoplanmagan zarar summasi zaxira kapitali hisobidan qoplanadi. Shuning uchun bu fondni sug'urta fondi deb ham yuritiladi.

Xo'jalik yurituvchi subyektning qo'shilgan kapitaliga emission daromad va ustav kapitalini shakllantirishda kurslarning farqlari kiradi. Emission daromad deganda aksiyani o'z qiymati bilan uni sotish bahosi o'rtasida farq summa tushuniladi.

Bu zaxiralar hisobot yili oxirida xo'jalik yurituvchi subyektning huquqiy shaxslar va fuqarolardagi debitor qarzlari inventarizatsiya qilinishi natijalari asosida yaratiladi. Zaxiraning miqdori har bir dargumon debitor qarz yuzasidan qarzdor huquqiy shaxs yoki fuqaroning moliyaviy holatiga (to'lov qobiliyatiga) qarab hamda debitor qarzni to'liq yoki qisman uzish ehtimolini chamalab alohida-alohida belgilanadi. Dargumon debitor qarz bo'yicha zaxira yaratilgan yildan keyingi yilning oxirigacha bu zaxiraning biron-bir qismidan foydalanilmagan bo'lsa, u holda zaxiraning bu foydalanilmay qolgan qismi tegishli yilning foydasiga qo'shiladi. Ilgari xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan dargumon deb topilgan va undirib olinmagan debitor qarz dargumon qarzlar bo'yicha zaxiralar hisobidan qoplanadi.

Pirovard moliyaviy natija (foyda yoki zarar) ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, bajarib topshirilgan ishlarni va ko'rsatilgan xizmatlarni va boshqa moddiy qiymatliklarni sotishdan hosil bo'ladigan moliyaviy natijadan hamda sotishga aloqador boimagan boshqa muomalalardan olinadigan daromadlardan mazkur muomalalarga qilingan xarajatlar chegirib tashlangandan keyin vujudga keladi. Bunda yangidan yaratilgan qiymatni hisoblab chiqish va uni taqsimlanish tartibini hisobga olish kerak bo'ladi. Yangidan yaratilgan qiymat umumiy daromaddan (asosiy faoliyatning daromadi bilan moliyaviy faoliyatning daromadi) material xarajatlar, amortizatsiya (eskirish) ajratmalari va har xil xarajatlar chegirib tashlangandan keyin topiladi. Yangidan yaratilgan qiymatdan ishchi va xizmatchilarga hisoblangan mehnat haqi, turli soliqlar, kreditlardan foydalanilgani uchun to 'langan foizlar, qimmatli qog'ozlar bilan muomalalar bo'yicha xarajatlar, qonunchilikka va ta'sis hujjatlariga binoan qilingan boshqa xarajatlar va ajratmalar chegirib tashlangandan keyin qolgan summa yangidan yaratilgan qiymatning xo'jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladigan qismini tashkil qiladi. Foydadan soliqlar summasini hisoblab chiqarish va to'lash tartibi qonun va boshqa me'yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Foyda hisobidan xo'jalik yurituvchi subyektning tegishli fondlarini

tashkil qilish hamda foydani boshqa maqsadlarga ishlatish tartibi ta'sis hujjatlari bilan tartibga solinadi. Xo'jalik yurituvchi subyektning o'z ixtiyorida qolgan hisobot yilining foydasi bilan o'tgan yilning taqsimlanmay qolgan foydasi yig'indisi xo'jalik yurituvchi subyektning taqsimlanadigan foyda summasini tashkil qiladi. Xo'jalik yurituvchi subyektning taqsimlanadigan foydasidan dividendlar to'lanadi va aksiyali jamiyat shaklidagi xo'jalik yurituvchi subyektning zaxira kapitalini ko'payishiga o'tkazilishi mumkin, undan keyin qolgan foyda summasi joriy yilning foydasi taqsimlanmay qolgan qismini tashkil qiladi.

Ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarga (yoki muomala sarflariga) ma'lum xarajatlar va to'lovlarni bir tekis qo 'shib borishni ta'minlash uchun qilingan zaxiralar kelgusida qilinadigan xarajatlar va to'lovlar zaxiralari deb ataladi. Bunday zaxiralar quyidagi xarajatlar va to'lovlar uchun tashkil qilinadi:



  1. Xodimlarning ta'til haqlarini kelgusida to'lanadigan summasi;

  2. Ko'p yillar ishlagani uchun xodimlarning har yilgi mukofotlar summasi;

  3. Mavsumli tarmoqlardagi tayyorlov ishlari bo'yicha ishlab chiqarish xarajatlari summasi;

  4. Asosiy vositalarni ta'mirlashga doir kelgusida qilinadigan xarajatlar summasi;

  5. Ijara (prokat) buyumlarini ta'mirlashga doir kelgusida qilinadigan xarajatlar summasi;

  6. Vaqtincha imorat va inshootlarni qurishga doir xarajatlar summasi va boshqalar.

Xo'jalik yurituvchi subyektning banklardan olgan kreditlari va qarzga olingan mablag'larining manbalariga banklarning qisqa muddatli kreditlari, banklarning o'rta muddatli kreditlari, banklarning uzoq muddatli kreditlari, qisqa muddatga qarzga olingan mablag'lar, uzoq muddatga qarzga olingan mablag'lar va boshqalar kiradi. Banklarning qisqa muddatli kreditlari deganda bir yilgacha muddat ichida qaytarib berish sharti bilan banklardan olingan kreditlar, banklarning o'rta muddatli kreditlari deganda bir yildan uch yilgacha muddat ichida qaytarib berish sharti bilan banklardan olingan kreditlar va banklarning uzoq muddatli kreditlari deganda esa uch yildan ortiq muddat ichida qaytarib berish sharti bilan banklardan olingan kreditlar tushuniladi.


Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish